O’zbekiston tarixi 8


-QO’QON XONLIGI SHAHARLARI



Download 470 Kb.
bet41/50
Sana27.06.2022
Hajmi470 Kb.
#709322
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

36-QO’QON XONLIGI SHAHARLARI
Xonlikning bosh shahri Qo’qon edi. Tarixiy manbalarda Qo’qonga oid ma’lumotlar X asrdan boshlab uchraydi. Qo’qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda "Havoqand", "Ho’qand" degan nomlar bilan qayd etilgan. "Havoqand" so’zi-"go’zal", "yoqimli", "xushmanzara", "shamol shahri" degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o’z shahrini Ho’qandilatif yoki Qo’qon deb aytganlar. Qo’qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo’qon mustahkam devor bilan o’ralgan. Shaharga 12darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo’lishiga sabab­ uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo’linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. XIX asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 dan 100 tagacha hujrasi bo’lgan. Qo’qon shahri xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi edi. Marg’ilon (Marg’inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. Marg’ilondagi Sulton Murodbek saroyi Toshkent yoki
Samarqandning badavlat xonadonidan uncha farq qilmasdi. Shahar devor bilan o’ralgan edi. Marg’ilon Qo’qon xonligidagi pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko’plab pillakashlik va shoyi to’qish ustaxonalari bor edi. Umuman, Qo’qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo’lib, ular bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mah­sulotining sifati bilangina farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o’g’illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Qolgan shaharlarni o’zbek, tojik, qirg’iz, qipchoq va qozoq zodagonlarining vakillari boshqargan. Andijon "Buyuk ipak yo’li"da tashkil topgan. Ayrim manbalarda shahar nomi "andi", "adoq" kabi urug’ atamalari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar "Andukon" deb atalgan, degan rivoyat ham bar. Andijon XV asrdan boshlab Farg’ona vodiysining markazi bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonda xo’jalik, fan va madaniyat ravnaq topgan. U "Boburnoma"da Andijon haqida bunday deb’yozgan edi: "Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur... Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tarnov suv kirar". Qo’qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon bekligining markazi bo’lib qolgan. Andijon 4 dahaga bo’lingan edi. Har daha­ning qozisi, mingboshisi bo’lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bo’lingan. Namangan shahri ham xonlikning yirik shaharlaridan biri edi. 1620-yilda Farg’o­naning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo’lganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko’chgan. Namangan tuz koni ("namak kon") yaqinida qurilgan edi. Uning nomi manbalarda XVII asrdan boshlab uchraydi. XVIII asrda Qo’qon xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bo’lgan. Namangan aholisi hunarmandchilik bilan shug’ullangan. 1819-1822-yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 1842 ­1845-yillarda shahar baland devor bilan o’ralgan.



Download 470 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish