O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Download 1,48 Mb.
bet7/60
Sana12.01.2017
Hajmi1,48 Mb.
#300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLASHNING ASOSIY PRINSPLARI

O’zbekiston RespubLikasi Oliy Kengashining 1991- yil 18- noyabrda bo’lgan VIII sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to’g’risida» qaror qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish O’zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o’tkazuvchi Markaziy saylov komis­siyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko’rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komis­siyalari tuzildi. O’zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bоr o’tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyush­qoqlik bilan o’tkazish maqsadida saylov komissiyalari Xalq demokratik partiyasidan, O’zbekiston kasaba uyushmalari Fede­ratsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko’pgina vakillar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi 1991- yil 22- noyabrda O’zbekiston Prezidentligiga O’zbekiston xalq demokratik partiyasi vа kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko’rsatilgan Islom Abdug’aniyevich Karimov hamda «Erk» demokratik partiyasi­dan ko’rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro’yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln. nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilаn o’z vaqtida ta’minlandi. Prezi­dentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning saylovchilar bilаn uchrashuvlarida va o’z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida е’lоn qilishlariga keng sharoit yaratildi. Say­lovchilarning ro’yxatlarini tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkilotiga teng huquqli va erkin a’zolar sifatida qatnashuvchi mustaqil mamlakatlardan, AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa dav­latlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qat­nashdi. Ular O’zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil еtilganligini tasdiqladilar. 1991- yil 29- dekabrda demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda 9 mln. 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 mln. 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 1991- yil 30- dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonunning 35- moddasiga asosan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. 1992- yil 4- yanvarda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O’zbe­kiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko’rib chi­qildi va mazkur masala bo’yicha Markaziy saylov komissiyasi­ning qarori tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risi­dagi qonunning 38- moddasiga muvofiq Islom Abdug’a­niyevich Karimov 1991- yil 31- dekabrdan boshlab O’zbe­kiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992- yil 4- yanvar

Oliy Majlisning mazkur sessiyasida Islom Karimov so’zga chiqib, o’ziga bildirilgan ishonch uchun butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va qasamyod qildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini baja­rishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sado­qat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkin­liklariga kafolat berishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman. 1992- yil 4- yanvar

Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq saylagan birinchi Prezidenti bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. А. Karimov­ning tarjimayi holi. Islom Abdug’aniyevich Karimov - 1938- yil 30- yаnvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati - о‘zbek. Oliy ma‘lumоtli, О’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq хо’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexa­nik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960- yilda Toshkent qishloq хо’jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961- yildan 1966- yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bо‘lib ishladi. 1966- yilda О‘zbekiston SSR davlat рlаn komitetiga ishga о‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat рlаn komiteti raisining birinchi о‘rinbosarigacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tdi. 198З- yil dа I. Karimov О‘zbekiston SSR Moliya ministri, 1986- yil da О‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining о‘rinbosari, Respublika davlat рlаn komitetining raisi etib tayin­lanadi. 1986-1989- yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990- yil 24- mart kuni О‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov О‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991- yil 31- avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea - О‘zbe­kiston Respublikasining davlat mustaqilligini е‘lоn qildi. 1991- yil 29- dekabridan muqobillik asosida о‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov О‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti etib saylandi. 1995- yil 26- martida bо‘lib о‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi. 2000- yil 9- yanvarda bо‘lib о‘tgan saylovda I.A.Karimov ik­kinchi muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. 2002- yil 27- yanvarda bо‘lib о‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. I. Karimov «О‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Оltin Yulduz» medali sohibi (1994), «Mustaqillik» (1996), «Amir Temur» (1998) ordenlari bilаn mukofotlangan. I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mus­tahkamlash, mа‘naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasida­gi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T. А. Karimova - iqtisodchi ilmiy xodim.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyаsining 19-bobida O’zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy mаqomi aniq belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 89- moddasida O’zbеkistоn Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir, deb belgilab qo’yilgan. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. Konstitutsiyaning 93- moddasida O’zbekiston Prezidentining vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti:

. fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

. O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi mа­salalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi;

. mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekis­ton Respublikasi nomidan ish ko’radi;

. muzokaralar olib boradi hamda O’zbekiston Respublikasi­ning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga ri­оyа etilishini ta’minlaydi;

. о’z huzurida akkreditatsiyadan о‘tgan diplomatik va bоshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

. respublika Оliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol хususida ma’lumotnoma taqdim etadi;

. Viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayin­laydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari kengashining tasdig’iga kiritadi;

. O’zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi, qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli;

. Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, оliy harbiy unvonlarni beradi;

. O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va Yorlig’i bilan mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

. O’zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foqa chiqqan Prezident umrbod senat a’zosi lavozimini egallaydi.

1995- yil 26- martda O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vаkolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi bо’lib o’tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 99,3 foizi ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnash­ganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko’pchiligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimovning vakolat muddatini 2000- yilgacha uzaytirishni ma’qulladilar va referen­dum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining 1999- yil 19-20- avgust kunlari bо’lib o’tgan ХV sessiyasi I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999- yil oxirlarida tugashini e’tiborga оlib, 2000- yil 9- yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug’aniyevich Karimovni hamda O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro’yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. 2000- yil 9- yanvarda muqоbillik vа dеmоkratik tаmoyillar аsоsidа O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda ro’yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islоm Kаrimov uchun, 4,17 foizi А. Jalolov uсhun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston Respubli­kasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to’g’risida- qaror qаbul qildi.

I. А. Karimovning ikkinchi bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi, uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumxalq tomonidan ma’qullanishi va qo’llab-quvvatlanishi, mamlakat barcha aholisining unga bo’lgan to’la ishonchidan guvoblik beradi. Respublika fuqarolari O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishi va jahon hamjamiyatida uning obro’-e’tiborining ortib borishini haqli ravishda I. А. Karimov faoliyati bilan bog’laydilar.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish