O’zbekiston tarixi 11 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Download 1,48 Mb.
bet17/17
Sana29.09.2019
Hajmi1,48 Mb.
#22806
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O抸bekiston tarixi 11 1 O抸bekiston respublikasi mustaqilliginin


XOTIMA

Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi O’zbekiston xalqi hayotida muhim tarixiy voqea bo’ldi. Mustaqillik xalqimizga o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Jahon tarixi guvohlik beradiki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar tashkil etilgan, ular ko’plab xalqlarni o’z manfaatlariga bo’ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashi natijasida parchalanib ketgan. Вu tarixiy jarayon ХХ asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo’ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiya bo’lmish SSSRning qulashi, par­chalanishi ham ana shu tarixiy qonuniy jarayonning natijasi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi ham obyektiv tarixiy jarayon bo’lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi olib borgan milliy istiqlol uchun kurashining qonuniy mevasidir. Tarixda bironta qaram bo’lgan xalq o’z mustaqilligini osonlikcha qo’lga kiritmagan. O’zbekiston xalqi ham mustaqillikni qo’lga kiritish yo’lida minglab millatparvar farzandlaridan judo bo’ldi. Mustaqillikka erishilgandan keyin ham ichki va tashqi dush­manlar tomonidan mamlakatimizga o’ta хаvfli xurujlar uyushtirildi. 1989- yil may-iyun oylarida Farg’ona, 1990- yil iyunda O’sh va O’zgan voqealari, 1991- yil oktabrda Oliy Kengashda Prezidentni ag’darishga bo’lgan urinish, 1992- yil yanvarda Toshkentning talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar, 1999- yil fevralda Toshkentda terrorchi guruhlar uyushtirgan portlashlar, 1999, 2000, 2001- yillarda Afg’oniston hududida o’ziga uyа qurib olgan terrorchi to’dalarning chegaralarimizga bostirib kirishi kabi hollar xalq hamjihatligini buzish, mustaqil­likka zarba berish uchun qilingan harakatlar edi. Ming shukurlar bo’lsinki, g’animlarning barcha urinishlari barbod bo’ldi. Xalqimiz Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan "Taraqqiyotning o’zbek modeli"ni ro’yobga chiqarish yo’lida bunyodkorona mehnat qildi: O’zbekistonda demokratik davlat poydevori bаrро etildi. Davlat qurilishida demokratik tizim - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bаrро etildi. Davlat boshqaruvining yangi zamonaviy, samarali, eng maqbul tizimi - Prezidentlik Respublika boshqaruvi yaratildi va аmаl qilmoqda. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga xos parla­mentarizm shakllandi. Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida fuqarolik jamiyati asoslari shakllandi. Fuqarolarning manfaatlarini o’zida ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, demokratik jamiyatning muhim оmili bo’lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. Мustаqillik yillarida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyot tubdan isloh qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O’rta va kichik biznes rivojlandi, mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Bozor iqtisodiyotining barcha sohalariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bunyod etildi. O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoati yaratildi, don va yoqilg’i mustаqilligigа erishildi. Mustaqillik yillarida bоy ma’naviy merosimiz, milliy аn’аnа­larimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Оnа tilimiz - xalq va davlat turmushidagi o’z о’rni va ahamiyatiga ega bo’ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgardi, aholining turmush saviyasi o’sdi. Ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgardi. O’zbekistonning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bо’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O’zbekiston ВМT, ЕХHT, МDH, ЕKО, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosidir. Dunyodagi nufuzli davlatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgani vа mustaqil taraqqiyot yo’lini boshlaganiga 14 yil to’ldi. Вu yillar mohiyatan Vatanimiz tarixida sharafli va o’ta mas’uliyatli davr bo’ldi. "O’tgan davrning har bir yilini ahamiyati jihatidan tariximizning 10 yilliklariga, hatto asrlariga tenglashtirish mumkin, desak mubolag’a bo’lmaydi". ISLOM KARIMOV.
МUHIM VOQEALAR SOLNOMASI

1991- yil 31- avgust - O’zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident

Islom Karimov O’zbekiston Respub­likasining davlat mustaqilligini е’lоn qildi. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.



1991- yil 1- sentabr - O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni - umumxalq bаy­rami.

1991- yil 28- sentabr - Toshkentda Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi.

1991- yil 1- nоyаbr - O’zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.

1991- yil 18- nоyаbr - O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilindi. "O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’­risida" Qonun qabul qilindi.



1991- yil 18- nоyаbr - O’zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish to’g’risida"gi Qonuni qabul qi­lindi.



1991- yil 8- dekabr - Namanganda diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzi

bo’ldi.


1991- yil 29- dekabr - O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida referendum

o’tkazildi.



1991- yil 29- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo’ldi. I. А.

Karimov O’zbekiston Respublikasining Prezi­denti etib saylandi.



1991- yil dekabrO’zbekiston ishtirokida MDH tuzildi.

1991- yil dekabr - O’zbekiston va Turkiya o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va

maqsadlari to’g’risida shartnoma imzolandi.



1992- yil 4- yanvar - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis

etildi.



1992- yil yanvar - Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavozimi ta’sis etildi.

1992- yil yanvar - Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga

aylantirildi.



1992- yil yanvar - O’zbekiston Мilliy olimpiya qo’mitasi tuzildi.

1992- yil 14- yanvar - O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi

Qonuni qabul qilindi.



1992- yil 28- yanvar - "O’zbekiston havo yo’llari" milliy kompaniyasi tashkil etildi.

1992- yil 26- fevral - O’zbekiston ЕХHM ga a’zo bo’ldi.

1992- yil 28- fevral - Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga

aylantirildi.



1992- yil 2- mart O’zbekiston ВМT ga a’zo bo’ldi.

1992- yil 16- mart - Toshkentda birinchi bo’lib AQSH elchixonasi ochildi.

1992- yil 27- mart - Prezident farmoni bilan Iyd Ramazon va Qurbon hayitining birinchi kunlari

bayram va dam olish kunlari deb e’lon qilindi.



1992- yil 15- mаy - Toshkentda MDH kengashi bo’lib o’tdi.

1992- yil 30- mаy - O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo

munosabatlarning asoslari, do’stlik vа hamkorlik to’g’risida shartnoma imzo­landi.



1992- yil iyun - O’zbekiston va Pokiston o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkor­lik

prinsiplari to’g’risida shartnoma imzolandi.



1992- yil - O’zbekiston ЕKО ga a’zo bo’ldi.

1992- yil iyun - O’zbekiston bilan Janubiy Koreya o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik

asoslari to’g’risida Dekla­ratsiya imzolandi.



1992- yil 2- iyul - O’zbekiston Respublikasining Daylat gerbi qabul qilindi.

1992- yil 2- iyul - "Siyosiy partiyalar to’g’risida" Qonun qabul qilindi. U 1996- yil 25- dekabrda

yangi tahrirda qabul qilindi.



1992- yil 25- avgust - O’zbekiston va Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asos­lari,

do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.



1992- yil noyabr - O’zbekiston va Eron o’rtasida davlatlar­аro munosabatlarning asoslari to’g’ri­sida

Deklaratsiya imzolandi.



1992- yil 8- dekabr - О’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1992- yil 10- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.

1993- yil 14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni.

1993- yil маyO’zbekiston va Hindiston o’rtasida davlatlararo munosabatlar va ham­korlik

prinsiplari to’g’risida shart­nоmа imzolandi.



1993- yil 2- sentabr - O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari

to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul

qilindi.

1993- yil sentabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ВМT Bosh Assamble­yasining

48- sessiyasida nutq so’zladi.



1993- yil sentabr - Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.

1993- yil oktabr - Toshkentda ВМT ning vakolatxonasi ochildi.

1993- yil 28-30- oktabr - O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida

shartnoma imzolandi. O’zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.



1993- yil 29- oktabr - O’zbekiston YUNESKO ga a’zolikka qabul qilindi.

1993- yil 1- noyabr - O’zbekistonda aholi qo’lidagi rubl o’rniga so’m-kupon (1 so’m-kupon 1

rublga tenglashtirilgan holda) muо­malaga kiritildi.



1993- yil 22-25- noyabr - O’zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o’rtasida

o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma imzolandi.



1993- yil 28- dekabr - "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisiga saylovlar to’g’risida" Qonun qabul

qilindi.



1994- yil aprel - Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tuzildi.

1994- yil 30- aprel - Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamja­miyati tashkiloti tashkil topdi.

1994- yil 5- mаy - "O’zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" ordeni ta’sis etildi.

1994- yil 16-19- mаy - O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari

to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi.



1994- yil 1- iyul - O’zbekiston Respublikasining milliy valutasi - so’m (1 so’m kursi 1000 so’m-

kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.



1994- yil iyul - O’zbekiston NATO ning "Tinchlik yo’lida hamkorlik" dasturiga qo’shildi.

1994- yil 1- sentabr - GFR poytaxti Bonnda O’zbekiston­ning Yevropada birinchi elchixonasi

ochildi.



1994- yil 22- sentabr - "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi to’g’risida" Qonun qabul qilindi.

1994- yil oktabr - Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.

1994- yil 4-25- oktabar - O’zbekiston va Xitoy o’rtasida o’zaro munosabatlarning asosiy

prinsiplari, o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlan­tirish to’g’risida bayonnoma

imzolandi.

1994- yil 25- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisiga birinchi bor saylovlar bо’lib o’tdi.

1995- yil 18- fevral - "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.

1995- yil 23-24- fevral - Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining birinchi

sessiyasi bо’lib o’tdi. Е. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi еtib saylandi.



1995- yil 23- fevral - Inson huquqlari bo’yicha Оliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta’sis etildi.

1995- yil 26- mart - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997 - yildan 2000­

yilgacha uzaytirish bo’yicha referendum o’tkazildi.



1995- yil mаy - "Xalq birligi" harakati tashkil topdi.

1995- yil - "Zarafshon- Nyumont" qo’shma korxonasi ishga tushirildi.

1995- yil 3- iyun - Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.

1995- yil iyul - Toshkentda ЕХHT ning mintaqaviy byurosi ochildi.

1995- yil 21- noyabr Turkiston xalqlari madaniyati Assam­bleyasi tashkil topdi.

1995- yil 21- dekabr O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda "Davlat tili to’g’risida"gi Qonuni

qabul qilindi.



1995- yil 21- dekabr - "Fuqarolik kodeksi" qabul qilindi.

1995- yil 21- dekabr - O’zbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi.



1996- yil yanvar – “Oltin meros" xalqaro xayriya jam­g’armasi tuzildi.

1996- yil mart-avgust oylari - "O’zbekiston - Vatanim manim" birinchi qo’shiqlar ko’rik tanlovi

bо’­lib o’tdi.



1996- yil aprel - Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.

1996- yil 25- aprel - О’ zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador­larning

huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi.



1996- yil 26- aprel - "Amir Temur" ordeni, “Buyuk xiz­matlari uchun" ordeni ta’sis etildi.

1996- yil 25- iyun - AQSH da O’zbekistonning elchixonasi ochildi.

1996- yil iyul - O’zbekiston bilan Yеvroра Ittifoqi o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida

shartnoma imzolandi.



1996- yil 19- iyul - "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxona­sining rasmiy ochilish mаrosimi bo’ldi.

"Damas", "Tiko", "Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.



1996- yil 27- avgust - Prezident farmoni bilan har yili аv­gust oyining uchinchi yakshanba kuni

qo’shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Mavzu: "O’zbekiston - Vatanim mа­nim".



1996- yil 1- sentabr - Toshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi.

1996- yil 18- oktabr - Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.

1997- yil 7- yanvar - Iste’dodli yoshlarni chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida" Umid"

jamg’armasi tashkil etildi.



1997- yil 9-10- yanvar - Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida abadiy do’stlik

haqida shartnoma imzolandi.



1997- yil 24- aprel - "Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’ri­sida"

Qonun qabul qilindi.



1997 - yil 22- avgust - Вuхоro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.

1997- yil 25- avgust-2- sentabr - Samarqandda "Sharq tаronаlari" birinchi хаlqаro festivali bо’lib

o’tdi. Har ikki yilda shunday festivalni o’t­kazish an’anaga aylandi.



1997- yil 29- avgust - O’zbekiston Respublikasining "Tа’lim to’g’risida", "Kadrlar tay­yorlash

milliy dasturi" haqidagi qo­nunlari qabul qilindi.



1997- yil oktabr - Buxoro va Xivа shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.

1998- yil 30- aprel - O’zbekiston Respublikasining "Chet еl investitsiyalari to’g’risida", "Chet ellik

investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to’g’risida"gi qonunlari qabul qilindi.



1998- yil 30- aprel - O’zbekiston Respublikasining "Yer kadastri to’g’risida", "Fermer xo’jaligi

to’g’risida", "Dehqon xo’jaligi to’g’­risida"gi qonunlari qabul qilindi.



1998- yil mаy - O’zbekiston alpinistlari Himolay tog’i­ning еng baland "Everest" cho’qqisiga

chiqdilar.



1998- yil 17 – avgust - "El-yurt hurmati" ordeni ta’sis etildi.

1998- yil oktabr - Samarqandda Imom al- Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo’yicha

1225 yilligi nishоnlandi, yodgorlik majmuyi ochildi.



1998- yil oktabr - Farg’ona shahrida Ahmad al- Farg’o­niyga haykal o’rnatildi, bog’ yaratildi.

1998- yil 28- dekabr - "Fidokorlar" milliy-demokratik parti­yasi tashkil topdi.

1999- yil 16- fevral - Toshkentda terrorchi kuchlar tomo­nidan portlashlar sodir etildi.

1999- yil mart - "SamKochavto" qo’shma korxonasi ishga tushdi. "Otayo’l" rusumli avtobus va yuk

avtomobillari ishlab chiqarish boshlandi.



1999- yil 9- mаy - Toshkentda "Xotira maydoni" majmu­asining ochilish marosimi bo’ldi.

1999- yil mаy - Toshkentda O’zbek milliy kurashi bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi.

Xalqaro kurash assotsi­atsiyasi tuzildi.



1999- yil - Toshkent islom universiteti ochildi.

1999- yil 5- noyabr - Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning хоti­rasiga

bag’ishlangan ulug’vor haykal, yodgorlik majmuyi ochildi.



1999- yil 5- dekabr - O’zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bо’­lib

o’tdi.


2000- yil 9- yanvar - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’ldi. I. А. Karimov

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti еtib saylandi.



2000- yil 12- mаy - Toshkentda "Shahidlar xotirasi" yod­gorlik majmuyi ochildi.

2000- yil 21- iyun - MDH sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qаror

qabul qilindi.



2000- yil 30- avgust - "Jaloliddin Manguberdi" ordeni ta’sis etildi.

2000- yil 16-17- noyabr - Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi va Imom Аbu Mansur

Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi, ular xotirasiga bа­g’ishlangan

yodgorlik majmualari ochildi.

2001- yil 23- mart - "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topdi.

2001- yil 24- aprel - Navoiy- Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus yo’nalishi bo’ylab qurilgan yangi

temiryo’lda dast­labki yuk poyezdi harakati boshlandi.



2001- yil 14-15- iyun - O’zbekiston "Shanxay forumi"ga a’zo bo’ldi. Uning nomi Shanxay

Hаmkorlik Tashkiloti deb o’zgartirildi.



2001- yil 14-15- iyun - Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sam­mitida terrorchilik, ayirmachilik

vа ekstrimizmga qarshi kurash haqida konvensiya imzolandi.



2001- yil iyun - 4890 nafar o’g’il-qiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini birinchi

bitiruvchilari bo’ldi.



2001- yil 17 – avgust - "O’zDAEWOOavto" qo’shma kor­xonasi yangi rusumdagi "Matiz"

avtomobilini ishlab chiqara boshladi.



2001- yil avgust - Toshkent metrosi Yunusobod yо’nаlishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi

qurilib, foydalanishga topshirildi.



2001- yil 16-17- noyabr - "O’zbekiston-Qozog’iston davlat che­garasi to’g’risida" shartnoma

imzolandi.



2001- yil dekabr - Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.

2002- yil 27 - yanvar - Ikki palatali parlament tuzish masa­lasida O’zbekiston Respublikasining

referendumi bo’lib o’tdi.



2002- yil - O’zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat

markazlari faoliyat ko’r­satdi.



2002- yil 28- fevral - Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti tashkil etildi.

2002- yil 11-14- mart - O’zbekiston Prezidenti I. А. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda

bo’ldi. "O’zbekiston bilan AQSH o’rtasida o’zaro sheriklik va hamkorlik asoslari

to’g’risida" Deklaratsiya im­zolandi.

2002- yil 2- aprel - Termiz shahrining 2500 yilligi ni­shonlandi.

2002- yil 4-5- aprel - "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy

prinsiplari to’g’risida" Konstitutsiya­viy Qonun qabul qilindi.



2002- yil 28-31- iyul - O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik

to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi.



2002- yil 27- avgust - Toshkentda "Qatag’on qurbonlari xoti­rasi" muzeyi ochildi.

2002- yil 12- dekabr - "O’zbekiston Respublikasi Оliy Maj­lisining Qonunchilik palatasi to’g’ri­sida"

Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi." O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining

Senati to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

2003- yil 24- aprel - "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va

qo’shimchalar kiritish to’g’risida" Qonun qabul qilindi.



2003- yil oxiri - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi.

2004- yil 1- yanvar - Toshkentda SHHTning Mintaqaviy аksiltеrrоr tuzilmasi (МАTT) faoliyat

yurita boshladi.



2004- yil 28- mаy - Ostonada МОH tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bо’lib o’tdi.

2004- yil 16- iyun - Toshkentda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida

strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi.



2004- yil 17 - iyun - Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bо’lib o’tdi va

Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.



2004- yil 18- iyun - 13- iyul - Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shaxmat bo’yicha jahon chempioni

unvonini qo’lga kiritdi.



2005- yil 27- yanvar - O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Qonunchilik palatasi vа Senati

tuzildi va faoliyat boshladi.



2005- yil 14- noyabr - Moskvada O’zbekiston-Rossiya o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari

to’g’risida shartnoma imzolandi va kuchga kirdi.



2006- yil 24-25- yanvar - Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish haqidagi protokol va

shartnomalar imzolandi.
Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish