1993- yil маy – O’zbekiston va Hindiston o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik
prinsiplari to’g’risida shartnоmа imzolandi.
1993- yil 2- sentabr - O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul
qilindi.
1993- yil sentabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ВМT Bosh Assambleyasining
48- sessiyasida nutq so’zladi.
1993- yil sentabr - Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
1993- yil oktabr - Toshkentda ВМT ning vakolatxonasi ochildi.
1993- yil 28-30- oktabr - O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida
shartnoma imzolandi. O’zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.
1993- yil 29- oktabr - O’zbekiston YUNESKO ga a’zolikka qabul qilindi.
1993- yil 1- noyabr - O’zbekistonda aholi qo’lidagi rubl o’rniga so’m-kupon (1 so’m-kupon 1
rublga tenglashtirilgan holda) muоmalaga kiritildi.