Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qo'shimcha ravishda kelishuvisiz amalga oshiriladigan nazo-rat vazifalari ham mavjud bo'lib ular quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
• alkogolli va tamaki mahsulotlarining tadbirkorlik sub'-ektlari
tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqarilishi va sotilishi,
shuningdek, aktsiz markalari mavjud emasligi yoki qalbakilashtirilishi,
dalillari to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjudligida bunga vakolati
bo'lgan soliq va boshqa organlar tomonidan muomaladan ushbu
mahsulotlar qonun bilan belgi-langan tartibda tezkor olib qo'yilishini
amalga oshirish. Bunda tadbirkorlik sub'ektini keyingi tekshirishlar
belgilangan tar-tibda Kengash yoki uning viloyat komissiyalari
kelishilishi kerak;
• sifatsiz va yoki kontrabanda mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishi
to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lgandagina litsenziya bitimi
talablariga muvofiq bunday mahsulotiga soti-lishiga yo'l qo'ymaslik
maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish bosh
boshqarmasi farmatsevtik inspektsiyasi tomonidan ishlab
chiqarilayotgan hamda sotilayotgan dori mahsulotlari ustidan nazoratni
amalga oshirish. Bunda tad-birkorlik sub'ektini keyingi tekshirishlar
belgilangan tartibda Kengash yoki uning viloyat komissiyalari
kelishilishi kerak;
Kengash bilan kelishilgan ob'ektlarda Tabiatni muhofaza qi-lish
davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligining sanitariya-
epidemiologiya xizmati va ularning hududiy bo'linmalari tomo-nidan
o'tkaziladigan tuproq, oqova va er ustidagi suvlarini if-loslantirish
manbalari monitoringi;
savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlari, shuningdek, bosh-qa
xususiylashtirilgan korxonalar egalarining O'zbekiston Res-publikasi
Davlat mulki qo'mitasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21-noyabrdagi
402-son qarori 3 bandiga muvofiq o'tkazilayot-gan xususiylashtirish
shartnomalarida nazarda tutilgan viloyat yo'nalishini saqlash bo'yicha
shartnomalarga rioya qilishi ustidan monitoring;
Davarxiteko'urilishnazorat organlari bilan qurilish buyurt-machilari
o'rtasida, shuningdek, buyurtmachilar bilan pudrat quri-lish tashkilotlari
o'rtasida shartnomalar mavjud bo'lgan hollarda amalga oshiriladigan
qurilish ishlari sifatining qurilish me'-yorlari va qoidalariga, respublika
standartlariga, davlat stan-dartlari va texnik shartlariga muvofiqligini
nazorat qilish;
O'zdavdonnazorat bo'linmalari tomonidan "O'zdonmahsulot" DAK
ning g'alla qabul qilish punktlarida namuna olish yo'li bilan don qabul
qilish omborlari, tegirmonlar va elevatorlarda mavjud bo'lgan donning
namligi va iflosligini tahlil qilish;
Korxonalar qonun hujjatlaridan belgilangan tartibda te-gishli
ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarning qabul qilgan qarorlari asosida
tugatilganda adliya organlari tomonidan xo'jalik yuri-tuvchi
sub'ektlarga shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyat-larni
tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta'min-lash. Adliya
organlari har chorakda Kengash va uning hududiy komissiyalarga
qilingan ish to'g'risida Kengash ishchi organi bilan kelishilgan shakl va
muddatlarda ma'lumotlar taqdim etadilar.
O'zstandart yoki uning topshirig'iga ko'ra maxsus vakolatli shaxs (ekspert-auditor) tomonidan zarurat tug'ilganda (sinovlar, serti-flkatlar sifatsiz o'tkazilgani, nasos uskunalardan, malakasiz mutaxassislardan foydalanilgani va hokazolar to'g'risida qo'shim-cha ma'lumotlar kelib tushganda) O'zstandartda akkreditatsiyalangan va litsenziya olgan sinov laboratoriyalari markazlari, litsenziya kelishuvlarining shartlariga rioya qilishi ustidan amalga oshiri-ladigan nazorat:
O'zbekiston respublikasining sanoatda, konchilikda va kommu-nal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazo-rat qilish davlat inspektsiyasining kengashi bilan kelishilgan ob'ektlarga, doimiy
ravishda biriktirilgan va ularda joylashgan inspektorlari ob'ektlarda ishlarni yuritish va yuk tashish xavf-sizligi holati yuzasidan amalga oshiradigan nazorat va boshqalardir.
«Soliq nazorati joylarga bormasdan hujjatli tekshirishlar orqali amalga oshirilganda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
hujjatlarni formal, mantiqiy, arifmetik tekshirish;
hujjatlarda aks etgan xo'jalik operatsiyalarini huquqiy ji-hatdan
baholash;
muqobil tekshiruv;
iqtisodiy tahlil» (Porollo E.V. Nalogoviy kontrol: printsipi i metodi
provedeniya)
Do'stlaringiz bilan baham: |