2. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Antropogenez jarayoni. Paleolit davri. miloddan avvalgi ХП-IV ming yilliklarda 0‘rta Osiyo.
Hozirgi davrda olimlaming katta guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dastawal Osiyoning Janubida paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradilar. Insoniyatning kehb chiqisbi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotehilar tomonidan o'rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki, «antropogenez» eng qadimgi davr tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi , haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlami bayon etishgan. Xitoy, yunon faylasuflari mil, aw. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga urinishgan. Ko'pchilik tadqiqotehilar insonni mehnatga aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay, odamni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor. Fanda insoniyatning paydo bo'lishi juda murakkab masala bo‘lib, bu jarayon asosan arxeologik va antropologik ma’lumotlar bo‘yicha Q‘rganiladi,Ammo., insoniyat paydo bo'Ushining afsonalar, rivoyatlar, ilohiyotva koinotbilanbog‘liq bo‘lgan nazariyalari ham mavjuddir. Misol uchun, yakkaxudolikni targ‘ib etgan barcha diniy ta’limotlarda insonning paydo bo'lishi, yoki yaratilishi ilohiyot bilan bog'lanadi. Xususan, «Bibliya» ta’limotiga ko‘ra, odamzod xudo tomonidan 7 ming yil ilgari «qizil loydan» yaratilgan. Muqaddas Qur’oni karimda esa odamning loydan yaratilib Allohning irodasi bilan unga jon ato etilgani ta’kidlanadi. Zardushtiylik dinida ham shunga o'xshash rivoyatlar mavjud. Insoniyatning ilk vakillari sifatida Bibliyada Adam va Yeva, Qur’oni karimda Odam ato va Momo havo, zardushtiylikda esa Iyim nomlari keltiriladi. Undan tashqari Yevropa olimlarining insoniyat qandaydir kichik mavjudotlar (bakteriyalar)dan paydo bo‘lganligi yoki koinotdan tushgan odam qiyofasidagi jonzotlar haqidagi nazariyalari ham bor. Dunyoviy fanlar, xususan tarix fani yuqoridagi g‘oya va nazariyalami, hatto hozirgi paytdagi gepotezalar - ko'rinmas odam yolda koinotdagi odamlar kabilami inkor etmagan holda antropogenez jarayonini ilm-fan yutuqlarida erishilgan natijalaming dulillarga asoslanib o‘rganadi. Tarix fanida insoniyat tubiatning bir qismi bo'lib, u yyerdagi taraqqiyotning ma’lum bosqichida vujudga kelib,, uzhiksiz izlanish va mehnat tufayli takomillashib borganligi haqidagi xulosalar qolgan barcha nazariyalar hamda rivoyatlardan ustunlik qiladi. Fanda odamning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayoni antropogepez (yunoncha «antropos» - odam, «genezis» - rivojlanish) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda antropogenez jarayonj quyidagi to‘rtta. bosqichga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Odamning ilk ajdodlari.
2. Eng qadimgi odamlar.
3. Qadimgi odamlar.
4. Hozirgi qiyofadagi odamlar.
Odamning hayvonot dunyosidagi ajdodlar bilan bog‘liqligi haqidagi g‘oya ingliz olimi Ch. Darvinga tegishli bo‘lib, uning nazariya-si bo'yicha, insonning hayvonot dunyosida ajralib chiqishidagi asosiy omillar - tabiiy saralanish va jinsiy tanlanishdir. Jamiyatshunos olimlar bu jarayonda mehnatning roli yuksak boMganligini ham ta’kidlashadilar. Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asming 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5 mln. yil ilgari mavjud boTgan degan g‘oyani ilgari surishadi, Fanda eng qadimgi odamlar avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop va sinantroplar deb ataladi. Olimlar ulami Homo habilis – xomoxabilis - «ishbilarmon odamlar» turiga kiritgan. Avstralopitek (lotincha «australis» - Janubiy, «pitiekos» - maymun, Janub maymuni)lar bundan 6-5 mln. yil ilgari shakllangan. Tanzaniyaning Zinj qishlog‘i yaqinidan topilgan eng qadimgi odamlar zinjantrop deb nomlagan, ular Avstralopitek bundan 2-1,5 mln. yil ilgari yashashgan. Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asming oxirlarida topilgan bo‘lib fanda ulami «Pitekantrop» («Maymun - odam») deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln. 700-600 ming yil ilgari (E. Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927-yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D. Blek) qadimgi odam qoldiqlari («Sinantrop» - Sinantrop «Xitoy odami») bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari, eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Bengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. Olimlar pitekantrop ya sinantroplami Homo erectus (xomoerektus), ya’ni tile yuruvchi odam turiga kiritishadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, zinjantrop, pitekantrop, sinantroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurishgan va toshdan turli mehnat qurollari yasab ulardan foydalana bilishgan. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalami iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlami hayvonot olamidan ajratib turgan. Arxantroplar - eng qadimgi odamsimon maymunlaming odamga aylanishi jarayonidagi oraliq mavjudotlar bo‘lib, ularda maymun va odamning belgilari mujassamlashgan. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, «Arxantrop»lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zampnamizdan 100-50 ming yil keyin yashashgan. Qadimgi odamlaming qazilma qoldiqlari dastawal Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ulami «Neandertal odami» deb nomlash qabul qilingan. Neandertal qiyofadagi odamlaming suyak qoldiqlari bugungi kunga qadar Afrika, 0 ‘rta yer dengizi.girg‘oqlari, 0 ‘rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari hu-dudlaridan, Qora dengiz bo‘ylaridan, Shimoliy Yevropa hamda Osiyo
yerlaridan ko'plab topilgan. Bu qiyofadagi odamlar jismoniy jihatdan nisbatan ancha baquwat bo‘lib, 25-26-yil umr ko‘rgan. Ular toshdan xilma-xil qurollar yasashni bilishgan. Neandertallaming tashqi qiyofasi, gavda tutish va fikrlashida hayvonotga xos bo‘lgan bclgilar saqlanib qolgan bo‘lib, ulaming bosh miyasi u qadar rivojlanmagan, Lekin zamonaviy qiyofadagi odamga ancha yaqinlashib qolishgandi. Tkdqiqotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bu yyerda baland bo‘y!i (180 sm), tashqi ko‘rinishi va qiyofasi, miya hajmi zamonaviy odamlarga о'xshash odamlar dafii etilgan. Olimlar g‘ordan topilgan odamlar qoldiqlarini g‘or nomi bilan «kromanyon odam», ya’ni Homo sapiens (Xomosapiens - aql-idrokli odam) deb atashadi. Zamonaviy odam qoldiqlari bugungi kunda yer yuzining yuzdan ziyod makonlaridan ochib o‘rganilgan. Ta’kidlash lozimki, kromanyon odami zamonasiga kelib dastlabki ajdodlarimizning biologik va jismoniy qiyofasi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan darajada edi. Kromanyonlar davri urug‘chilik jamoasi davri edi. Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borishgan. NatiJada ulaming turmush-tarzida, jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib
borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib borgan. 0 ‘rta tosh asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda, tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana borishadi. Ular jismoniy va uqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihbyasiga yetdi. Odamning paydo bo'lishi yyerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. Antropogenez jarayonida mehnatning o‘zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalaming tashqi ko‘rinishidan ham aniqlanadi. Ko‘p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar - odam va jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi. Ilmiy tadqiqotlarda tariximizning eng qadimgi davri tarixiy jihatdan ikkita yirik davrga: ibtidoiy to‘da va urug‘chilik jamoasi davriga bo‘linadi. Urug‘chilik jamoasi 0‘z navbatida ikki bosqichga: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i)ga ajratiladi. Arxeologik jihatdan esa eng qadimgi davr mehnat qurollarining tayyorlanishi va takomillashuviga qarab paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davrlariga bo'linadi. Paleolit (yunoncha, «palayos» - qadimgi, «litos» - tosh) - insoniyat tarixining eng qadimgi davri bo‘lib, uning boshlanish sanasi taxminan
bundan 3 mln. yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Bu davr asosan tosh qurollar davri edi. Insoniyat minglab yillar davomida yashash zaruriyati tufayli toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirib va rivojlantirib borgan, tuimush-tarzi hamda yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arxeologik nuqtai nazaridan ueh bosqichda: ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘lib o'rganiladi. Ushbu bosqichlar arxeologik davrlashtirishga mansub bo‘lib, u faqat ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xomashyosiga, uni ishlash texnikasiga qarab bo‘lingan. Shuning uchun ham bu davrlashtirish ijtimoiy munosabatlar evolyutsiyasini bildirmaydi va belgilamaydi. Ilk paleoliming dastlabki davrida (1,5-2 mln. yil ilgari) Janubiy va 0 ‘rta Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada tropik bo‘lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Misol uchun, Yevropada fillar, begemotlar, yowoyi otlar, Osiyoda ibtidoiy ho‘kizlar, karkidonlar, otlar, zebralar paydo bo‘lgan. Bu hududlarda issiqsevar o'simliklar keng tarqalgan. Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik tadqiqotehilar 0 ‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelishardi. Ammo, so‘nggi yillarda 0‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi. 0 ‘tgan asming 80-yillarida arxeolog 0 ‘. Islomov boshchiligidagi tadqiqotehilar Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur (So‘x tumani) g‘oridan paleolit davri makonini oehishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘nggi tadqiqotlar tmtijalariga qaraganda Selung‘ur ilk paleolit davriga oid bo‘lib, qalinligi 30 sm dan 1 metrgacha bo‘lgan 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan tabiiy jins parchalari va siniqlaridan tayyorlangan qo‘l ehopqisi, lo'mtoq boltalar, pichoqsimon va tishli hamda qush tumshug‘iga o‘xshash qurollar topilgan. Shuningdek, madaniy qatlamlardan 32 turdagi sut emizuvchi hayvonlarga tegishli bo‘lgan S tingdan ortiq suyak qoldiqlari tadqiq etilib, Selung‘ur hayvonot dunyosi majmuasi qayta tiklangan. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab ketadi. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, Selung‘ur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir, Selung‘ur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg‘ona odami» - «Fyergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasawurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga 0 ‘rta Osiyo, xususan 0 ‘zbekistonning insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o'choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi. Undan tashqari Ko‘lbuloq makonidan (Shimoli-Sharqiy 0 ‘zbekiston, Toshkent vil.) ham ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yyerdan 100 dan ziyod chopper, nukleus, qirg‘ich va tarashlagich tosh qurollar topilgan. Ko‘lbuloqda 1993-1998-yillaida o‘zbekistonlik arxeologlaming chet ellik hamkasblari bilan qo‘shma ishlari natijasida paleolitning barcha bosqichlariga oid ko‘plab madaniy qatlamlar, xususan, ilk paleolitga oid 22 ta, o‘rta paleolitga oid 24 ta, so‘nggi paleolitga oid 3 ta madaniy qatlam aniqlandi. 2007-yilda qazishmalar qayta boshlanib Qizilolmasoyda tadqiqotlar davom ettirildU Yangi tadqiqotlar natijasida topilgan moddiy madaniyat buyumlari qadimgi tosh davri industriyasining shakllanish va rivojlanish bosqiclilariga yanada aniqlik kiriti&h imkoniyatini berdi. Tadqiqotehilar Tyan-Shan etaklaridagi Onarcha (Qirg‘iziston) makonidan hamda Poroir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk paleolit davri qatlamlarini aniqlab, bu qatlamlardan juda ko‘plab tosh qurollar topishgan. rile paleolit davri odamlari toshdan qurol yasash jarayonida, bu qurollami takomillashtirib, o‘zlari ham rivojlanib borishgan. Bundan 500 ming - 1 mln. yil ilgari o‘ziga xos ibtidoiy madaniyat yaratgan, oddiy tosh qurol-eho‘qmor yasash orqali kishilik madaniyatiga asos solgan odamlar o‘zlari yashash uchun qulay bo‘lgan hududlarga ofanashishadi. Ulaming faoliyati izlari hozirgi kunda noyob moddiy yodgorliklar bisoblangan makonlar va ulardagi madaniy qatlamlarda qoldirilgan. 0‘rta Osiyo, jumladan hozirgi 0 ‘zbekistonning geografik sharoiti ibtidoiy odamlaming yashashi hamda turmush-tarzi uchun qulay bo‘lganligim ham ta’kidlash lozimdir. Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlaming makonlaridagi topilmalarda sodda va qo‘pol tosh qurollar ko‘pehilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o‘zining soddaligi, qo‘polligi, turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular
asosan termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazishgan hamda tabiat oldida juda ojiz bo‘lib, unda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotlami o‘zlashtirib yashashgan. Ular зд diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilishgan. Paleolit davri tosh qurollari. 0 ‘rta paleolit (Muste madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. 0 ‘rta paleolit davriga kelib (bundan 100-40 (Ring yil muqaddam) neandertal qiyofali odamlar keng hududlarga yoyiIin 1 1 hamda aw. davrga nisbatan tabiat bilan faolroq munosabatga kirishndi. Bu davrda tabiiy sharoit o‘zgarib Yevfopa, Osiyo va Amerikaning katta qismini ulkan muzliklar qoplaydi. Natijada mamontlar, Shimol bug'ulari, ayiqlar, umuman, sovuqsevar hayvonlar keng tarqaladi. Muzllkning siljishi oqibatida ob-havoning sovushi neandertal odamlarining tubiiy sharoitga moslashishiga turtki boigan edi. Bunday moslashuv yashash zaruriyatining turli ko‘rinishlari - sovuqdan saqlanish, boshpanalash, kiyim kiyish, olovni kashf etish kabilar bilan izohlanadi. Undan tashqari bu davr odamlari o(z faoliyatlari davomida dunyoni bilish, tabiat to‘g‘risida, undagi o‘zgarishlar va voqealarga munosabat borasida ma’lum dunyoqarashga ega bo'lib, ibtidoiy bilimlar hamda fikrlash ko'nikmalarini egallay boshlaydilar.Bu davrda tosh qurollar turlari va ulaming funksiyasi takomil- lashuvida anchagiha o‘zgarishlar kuzatiladi. Hozirgi kunda o‘rta paleolit davri tosh qurollarining 60 dan ziyod turlari aniqlangan bo‘lib, ular orasida o‘tkir uchli qurollar va tarashlagichlar keng tarqalgan. Bu davrga oid 0 ‘zbekistondagi dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g‘or makoni 1938-yilda A. Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik 0 ‘rta Osiyo hududlarida tadqiqotehilar tomonidan o‘rta paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‘ton (TaXtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Baxsh vohasi), Jarqo‘rg‘on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko'lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg‘iziston), Og'zikichik (Tojikiston), Xo‘jakent (Toshkent viloyati), Qopchig'ay (Qirg‘iziston) kabi ko‘plab makonlar o‘rta paleolit davriga oid bo‘lib, ulaming jami 300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, o‘rta Osiyo hududlarida o‘rta paleolit nisbiy tarzda mil. aw. 100-40 ming yilliklami o‘z ichiga oladi.Surxon vohasidagi (Boysuntog‘) Teshiktosh g‘or makoni topilmalari nafaqat 0‘zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. 0‘rta paleolit davriga mansub bu g‘or makon Shimoli Sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21m. Tadqiqotlar natijasida g‘or makondan beshta madaniy qatlam aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Undan tashqari, turli hayvonlar qoplon, yowoyi ot, eshak, quyon va turli qushlaming suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg‘ich-tarashlag‘ichlar alohida o‘rin egallab, ulaming ba’zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo'lishi ham mumkin. Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‘or makonining yuqori qatlam- laridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafii marosimlariga amal qilinib jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yilgan. Shuningdek, g‘or makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‘mi va atroflaridan tog‘ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan. Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni (1962-yilda ochilgan, g‘or yaqinidagi buloq nomi bilan nomlangan) Tyanshan-Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori oqimidan topilgan. G‘or makon yoysimon shaklda bo‘lib, Janubga qaragan, sahni keng, quruq va yomg‘. G‘orda 10 metr qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan bo‘lib, ushbu qatlamlar qadimgi odamlar bu yyerda uzoq vaqt yashaganlaridan dalolat beradi. Madaniy qatlamlardan ohak toshli chaqmoq toshdan yasalgan xilma-xil mehnat qurollari, jumladan, nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar va kurakchalar, uchrindidan tayyorlangan kesgichlar topilgan bo‘lib, ulaming umumiy soni 30 mingdan oshadi. Shuningdek, Obirahmatdan hayvon suyaklaridan yasalgan bigizlar hamda bug‘u, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, jayron, arxar va boshqa hayvonlaming suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir va boshqa narsalar qoldiqlari ham topilgan. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda Obirahmatda qadimgi odamlar miloddan 120-40 ming yil ilgari yashab, terib-termachilik va yowoyi hayvonlami ovlab tirikchilik qilishgan.Obirahmatda tadqiqotlar yangidan boshlanib, 2003-yilning yozida arxeologlar g‘or makondan zamonamizdan kamida 50 ming yil muqaddam yashagan qadimgi odamlaming suyak qoldiqlarini topishdi. Bu yyerdan topilgan qadimgi odam suyaklari faqat 0 ‘zbekiston emas, balki Markaziy Osiyo qadimgi tosh davri uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, topilgan kalla suyagi va tishlar hozirgi zamon odamining neandertal odami bilan omuxtalashganligini namoyon etadi. Shuning uchun ham, uning ko‘pgina morfologik jihatlari noyob bo‘lib, pileoantropologik jihatdan o‘xshashi deyarli yo‘q. Undan tashqari, bu Inpilnia, yaqin-yaqinlargacha ehtimoldan uzoq deb hisoblab kelingan 1 lutzirgi odamlaming ajdodlari bilan neandertalning chatishganligiga dalllilii. Ushbu qadimgi odam suyak qoldiqlari qadimgi tosh davri 0 ‘rta osiyo aholisi tashqi qiyofasiga yanada aniqliklar kiritish uchun muhim hum hissa bo‘lib qo‘shildi. Topilmalari bilan mashhur bo‘lgan Qo‘tirbuloq makoni Samarqand Viloyati Kattaqo‘rg‘on hududlaridan topilgan. Tadqiqotlar natijasida makondan 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Qatlamlaming qalinligi har xil bo‘lib, ulardagi topilmalar ham bir xilda tarqalmagan. Bu qabilalarda o‘tkir uchli poykonlar, qirg‘ichlar, teshgichlar, ikki tomoniga Ishlov berilgan bargsimon qurollar va boshqa turli-tuman tosh qurollar topilgan. Shuningdek, ko'plab yovvoyi hayvonlar - Щ, bug‘u, yowoyi Ot, quyon kabilaming suyaklari aniqlangan. Qo‘tirbuloqda yashagan qadimgi odamlar mevalar va o‘simlik ildizlari hamda yowoyi hayvonlari ovlab turmush-tarzi yuritgan. Shuningdek, Boysun tog‘idagi Amir Temur g‘ori, Toshkent voh^sjtiing Xo'jakent, Bo‘zsuv, Ko‘lbuloq makonlari, Farg‘ona vodiysidagi Jarqo‘ton, Bo'ribuloq, Tomchisuv yodgorliklari, Zarafshon vohasidagi Omonqo‘ton, To'rdara, Qo‘tirbuloq makonlari ham o‘rta paleolit davriga oiddir. 0‘rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar 0 ‘rta Qsiyoning keng hududlariga tarqala boshlashadi. Bu dqvrda, jjiyniqsa, uning so*nggi bosqichida qadimgi odamlaming turmush-tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘ladi. Qurollaming turlari ko‘payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan nayzasimon o‘tkir paykonlar, turli pichoqlar, qirg‘ichlar, kechgichlar shular jumlasidandir. Bu davming ijtimoiy kromanyon odami hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan iimg‘chilik jamoasiga o‘tila boshlandi. Hozirgi zamon odamlariga o‘xshash odamlar (kromanyon) paydo bo‘lishi uchun zamin hozirlandi. Bu shart-sharoitlarning negizida mehnat qilish bilan bevosita bog‘liq mehnat qurollarining takomillashuvi va shu asosda o‘sha davr kishilarining xo‘jalik hayotidagi ilgari tomon qilingan dastlabki siljishlar yotadi. Demak, bu davr;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qurollar takomillashayotgan, nutq madaniyati о‘sib borib, fikrlash nisbatan ancha oshgan, olov sun’iy tarzda yaratila boshlangani ovchilik ancha rivojlanib, keng hududlarga tarqalgan davr edi. 0‘rta paleolit davri O'rta Osiyo hududlarida tabiiy iqiim o‘ziga xos bo‘lib, yozda ob-havo iliq va quruq, qishda esa sovuq va namgarchi» lik bo‘lgan. Bu davming o‘rtalari va oxirlariga kelib Shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o'zgaradi. Natijada qadimgi odamlar turmush-tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko‘proq g‘orlarga joylasha boshlashadi. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib kyetib, Shimol bug'ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Ulkan hayvonlaming paydo bo‘lishi esa, o‘z navbatida, jamoa bo‘lib ovchilik qilishning paydo bo‘lishiga olib keldi. Undan tashqari, sovuq iqlim tufayli o'rta paleolit davri odamlari olovni kashf etishadi hamda sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o‘zlashtirishdi. G‘or va ungurlarni o‘zlashtirish, o‘choq yasab uning atrofida to‘planish va, nihoyat, jamoa bo#lib ov qilish ushjblarining paydo bo‘lishi mintaqamizdagi qadimgi odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi, So‘nggi paleolit uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi bo‘lib, nisbiy tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklami o‘z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari madaniyati yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kamroq o‘rganilgan. Hozirgi kunga qadar 0 ‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o‘zida), Xo‘jag‘or (Farg'ona vodiysi), Shug‘nov (Pomir etaklari), Ko‘lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog‘iston) yodgorliklari shular jumlasidandir. So‘ngggi paleolit davri qadimgi odamlaming zamonaviy jismoniy qiyofasi shakllanishida, ibtidoiy to‘dadan jamoaga o‘tilishida, tosh qurollar tayyorlashda yangi yutuqlar qo‘lga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etgan davrdir. Chunki, bu davrga kelib mehnat qurollari yasash texnikasida, ibtidoiy xo‘jalik shakllarida, qadimgi odamlaming yashash sharoiti hamda turmush-tarzida, ulaming ijtimoiy munosabatlarida, fikrlash va dunyoqarashida, jismoniy qiyofasida keskin o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi, Bu davrdagi moddiy madaniyat o‘z xususiyatlari hamda tayyorlanish uslublari bilan ilgarigi davr tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashadi. Xususan, bu davrda keng tarqalgan tosh qurollar to‘g‘ri va uzun shaklda bo‘lib, ulardan asosan pichoq sifatida foydalanilgan. Shuning uchun ham, arxeologiya fanida ular pichoqsimon qurollar deb ataladi. Ushbu davming ajralib turadigan"fnuhim' xussiyatlaridan yana biri - suyakdan qurollar yasash edi. Misol Uchun, bu davr lopllmalari orasida suyakdan yasalgan garpunlai- Va ignalar ko‘plab uchraydi.
Bit davr makonlaridan topilgan topihnalair "ijtintoiy havbtdagi o’zgarishlardan ham dalolat beradi. Xo'jalikdagi asosiy mashg‘ulot ovchilik va temirchilik bo‘lib, erkaklar ovchilik bilan, ayollar esa hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Undan tasiiqari, Xo'jdliktf boshqurlari, olovni saqlash ham ayollar zimrmisida bo‘lgan. Shu bois, ttnig'chilik tuzumiga asoslangan ibtidoiy jamoa - matriarxat (umg‘i jitinousi) deb atalgan. So'nggi paleolit davriga kelib hozirgi zamon qiyofasidagi itdamning shakllanishi bir vaqtning o‘zida yyevropiod, negroid va mongoloid irqlarining paydo bo'lishiga olib kelgan edi. Ular bir- birlaridan terisining rangi, soch va ko‘zlarining shakli hamda rangi, muskullar va bo‘ylarining uzun-kaltaligi, bosh suyagining shakli, yuz
tuzilishi va boshqa belgilari bilan farqlangan. Irqlaming shakllanishidan tabiiy sharoit ham muhim ahamiyat kasb etgan. Negroidlar Afriknda, yevropiodlar Yevropada, mongoloidlar Osiyo hududlarida keng tnrqalishgan. Toshkent viloyatida (Ohangaron) joylashgan Ko‘lbuloq makoninlng eng tepadagi uchta qatlami so‘nggi paleolit davriga oiddir. Shuningdek, so'nggi yillarda Toshkentning Bo‘zsuv I makoni ham so‘nggi paleolit davriga oid ekanligi aniqlangan. Samarqand shahrida 1939-yilda ochilgan yodgorlik mintaqadagi so‘nggi paleolit davriga oid dastlabki makon hisoblanadi. Samarqand makoni ko‘p qatlamli bo‘lib bu qatlamlardan ko‘p sonli (7,5 ming) xilma-xil topilmalar topilgan. Ular orasida qirg‘ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, ushatgichlar, boltalar kabilar bor. Shuhingdek, madaniy qatlamlardan gulxan qoldig‘i, ko‘mir parchalari va gulxan atroiidan hayvonlar hamda o‘simliklar qoldiqlari, chayla ustunlari, kromanyon odamning suyak qoldiqlari aniqlangan. Bu topilmalar bu yyerda yashagan kishilaming ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi. Undan tashqari turli yillarda 0 ‘zbekiston hududlarida so‘nggi paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlangan bo‘lib, ulaming nisbatan mashhurlari quyidagilardir:
Bo‘zsuv I makoni - Toshkent shahridagi Qoraqamishsoyning (hozirgi Chilonzor tumani va Erkin mavzusi hududlari) bo‘ylarida joylashgan. Tadqiqotehilar tomonidan turli yillarda bu makondan 100 ga yaqin tosh qurollar (tosh pichoqlar, tosh qirg‘ichlar va boshq.) topib o‘rganilgan. Bo‘zsuv II makoni - Toshkent shahrining Bo‘zsuv sohilidagi Sho‘ralisoy degan joydan topib o'rganilgan. Olimlar tomonidan bu yerdagi madaniy qatlamdan 100 dan ziyod tosh qurollar (ikki tomonlama ishlov berilgan tosh pichoqlar, qirg‘ichlar, nukleuslar va boshq.) topib tadqiq etilgan. Tuyabo‘g‘iz makonlari - Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, unda so‘nggi paleolit davriga oid oltita makon mavjud. Bu makonlar Tuyabo‘g‘iz suv ombori havzasidan topib o‘rganilgan. Makonlardagi madaniy qatlamlardan parrakchalar, teshgichlar, qirg‘ichlar kabi ko‘plab tosh qurollar tadqiq etilgan. Takalisoy g‘ori - Samarqand viloyati hududida joylashgan bo‘lib, olimlar tomonidan bu makondan nukleuslar, qirg‘ichlar, tosh pichoqlar va turli hayvonlaming ko'plab suyaklari topilgan. Bu yerda yashagan
qadimgi odamlaming asosiy mashg‘uloti ovchilikdan iborat bo‘lgan. Xo‘jamazgil makoni - bu makon ham Samarqand viloyatida joylashgan bo‘lib makondan turli rangi chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar, kesgichlar, o ‘roq-randalar, pichoqlar, chopqilar, ugrindilar, nukleuslar kabilar topib o‘rganilgan. Umuman olganda, ko‘pchilik tadqiqotehilar 0 ‘rta Osiyo so‘nggi paleolit davrini asosan uchta - Samarqand, Xo‘jag‘or va Ko‘lbuloq madaniyatlariga ajratishadi. Bu davxga oid madaniyatlardan faqat Samarqand shahridan so‘nggi paleolit davri odamining qoldiqlari, ya’ni yelka suyak qismlari, pastki jag‘ va tishlar topilgan bo‘lib, tadqiqotehilar bu suyaklami 25—30 yoshli kromanyon qiyofali ayolga tegishli bo‘lgan deb hisoblashadi. So‘nggi paleolit davriga kelib odamlaming hayoti va turmush-tarzida ham turli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, odamlar g‘orlardan chiqib yengil turar joylar-chayla va yarim yyerto‘lalarda yashay boshlashadi. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko‘llar bo‘ylarida joylashishadi. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo‘ladi hamda ular ayrim urug‘lami birlashtirib urug’chilikni tashkil etadilar. Urug'chilik (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining aiohida bosqichini tashkil etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o‘zgarishlaming paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Lekin, dastlabki urug‘chilikк tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan lui'lilhiga qaramay, bu davr odamlari ovchilik, termachilik va baliqchillk bilan lean kechirishardi. Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrihi odamning paydo bo‘lishi jarayoni (antropogenez) asosan tugadi. qadimgi odamlar xo‘jalik yuritishning eng oddiy yo‘llaridan murakkabroq ko‘rinishlariga (ovchilik, baliqchilik)ga o’tiladi. Olov kashf etildi. Insoniyat to‘da davridan urug‘chilik tuzumiga o'tdi, Mehnat qurollari takomillashib, ulaming turlari ko‘paydi va Niluli yaxshilanib bordi. Bu davrda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo to'ldi. Teshiktoshda murdani maxsus qabr qazib ko‘milishi, uning yotliga tog‘ echkisining shoxlari va tosh qurollar qo‘yilishi mutlaqo tasodifiy hoi emas edi. Bu jarayon paleolit davri neandertal odamlari gurchi sodda bo‘lsa-da, ko‘mish marosimlariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. Tosh asrining keyingi rivojlanish davri fanda mezolit (o‘rta tosh ) asri 0 ‘rta Osiyoda nisbiy tarzda mil. aw. 12-7 ming yilliklar deb qabul qilingan. Mezolit - odamlaming yer yuzi bo‘ylab keng tarqaiilh davri bo‘lib, ular Shimol tomonga ham, Pomir kabi baland tog‘li hududlarga ham tarqala boshlashadi. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan- Pomirgacha, Markaziy Qozog‘istondan Kopettog4 etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o'rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), Markaziy Farg‘ona, Bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (ustyurt), Oshxona, Chilchorchashma (Tojikiston), Darayi sho‘r (Baxsh vohasi) kabi 0 ‘rta Osiyodagi 50 dan ziyod yodgorliklar, shular jumlaridandir. Mezolit davriga xos bo‘lgan xususiyatlar, chegarasi va nomlanish borasida olimlar orasida ko‘plab bahs-munozaralar mavjud edi. Chunonchi, bir guruh olimlar bu davrga qadimgi tosh asrining alohida bosqichi deb baho berishgan bo‘lsa, ayrimlari tosh asrining so‘nggi bosqichi degan fikrni bildirishgan. Ammo, ko‘plab olib borilgan tadqiqotlar natijasida tosh qurollar shakli, qo‘llash va ishlash texnikasidagi o‘zgarishlar ilmiy o‘rganilib, yangi xususiyatlar aniqlandi hamda bu davr tosh asrining o'rta bosqichi ekanligi e’tirof etildi. 0‘rta tosh asrining quyi va yjiqori chegaralarini belgilashda tadqiqotehilar geografik shart-sharoit, toshni qayta ishlash texnikasi va odamlaming turmush-tarzj hamda mashg‘ulotlariga asbsiy e’tibor qaratishadi. Mezolit davriga kelib yer yuZidagi ulkan muzlikning yana Shimolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o’xshab,qQlgan edi, Bunihg natijasida 0‘rta Osiyo hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo'ldi. Paleolit davrining yirik hayvorilari yo‘qola borib ular o‘miga kichik tuyoqli, tez yuguruvchairi hayvonlar - jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog’ echkisi, arslon, yo'lbars, qoplon, quyon kabilar ko‘paya boradi. Shuningdek, Janubga xos issiqsevar, yowoyi boshoqli o'simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit davri kishilarining hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar. Xususan, Janubiy o‘lkalarda, shuningdek 0 ‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurolchalar-mikrolittar paydo bo‘lib ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama - o‘q-yoyhi kashf etdi. Natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalami ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu davming eng katta yutuqlaridan yana biri yowoyi hajrvonlar - it, qo‘y, echki kabilaming qo‘lga o'rgatila boshlanib, xonakilashtirilishidir. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda mezolit davriga kelib Old, Yaqin va 0 ‘rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan yowoyi o‘simliklami onakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Bu jarayon ilg‘or, unumdor ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog‘liq edi. Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay (Boysun) g‘or makonidir. Daryo sathidan 70 metrcha balandlikilda joylashgan bu makonda qalinligi 40 smdan 1 metr oralig‘ida Im’ll'itn 2 ta madaniy qatlam bo‘lib, ushbu qatlamlardan ko‘plab suyuk vii asosan tosh qurollar topilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, kabilardan iborat bo‘lsa, tosh qurollar - pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari kabi qurollaming o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lsa ham Janubiy . ljn/од' islon va Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh i|lirollarga o‘xshab ketadi. Mac I lay makoni topilmalarining eng ahamiyatli tomoni shundaki, Ini yordan antropologik topilmalar - odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalarni o‘rganish otchilarga 0‘rta Osiyoning Janubidagi mezolit davri kishilarining Wrnpoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi. Odam suyaklaridan tashqari Machayning madaniy qatlamlariInii bo'ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi hiyvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Tadqiqotchilaming flkri, bu yerda 20 turdan ziyod hayvon suyaklari mavjud bo‘lib, ulaming Mkneriyati mayda, sindirilgan va olovda kuydirilgan. Demak, machaylik inr/olit davri odamlari olovdan keng foydalanishgan hamda hayvon va purrunda go‘shtlarini olovda pishirib yeyishgan. 0 ‘zbekistonning Janubidagi yana bir mezolit davri yodgorligi Ayrltom makoni bo‘lib, u Termezdan 18 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu yodgorlikning ko‘p qavatli madaniy qatlamlaridan tosh parmalagich-
lur, nukleuslar, tosh uchrindilar, o‘q uchlari kabilar topib o‘rganilganFarg'ona vodiysidan mezolit davriga oid Qbishir g‘or makonidan topilgan qurollar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari topilgan. Shuningdek, topilmalar orasida yowoyi hayvonlaming maydalangan sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. Topilgan ashyolarga asoslanib obishirliklar baliqchilik, ovchilik va tormachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin. Keyingi 30-35-yil ichidaMarkaziy Farg‘onahududlaridan Sho‘rko‘1, Achchiqko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘l kabi,80 ga yuqin mezolit davri yodgorliklari aniqlandi. Ulaming ko‘pchiligi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib. aftidan bu joylar mezolit davri kishilarining
yashashlari uchun ko‘pgina qulayliklarga ega ho‘lgan. Bu yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbatan nozikligi, ixchamligi bilan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg‘ona tog’lari orasida yashagan mezolit davri qabilalarining turmush-tarzi yowoyi hayvonlami ovlash va termachilik bilan bog‘liq
bo‘lib, Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri qabilalari xo'jalik hayotida ovchilik, termachilik hamda baliqchilik ustunlik qilib, qulay tabiiy- geografik sharoit mazkur hududlarda qadimgi odamlaming keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan. Markaziy Farg‘ona mezolit yodgorliklari ochiq makonlar bo‘lib, ularda madaniy qatlamlar saqlangan. Ushbu makonlarda yashagan mezolit davri qabilalari ovchilik, baliqchilik va termachilik mashg'ulotlari va turmush-tarzi bilan kun kechirishgan. 0‘rta Osiyoning Markaziy Farg‘ona mezolit davri quyidagi ikki bosqichga bo‘lib
o‘rganiladi:
1. Ilk mezolit - Ittak qal’a, Achchiq ko‘l, Yangiqadam, Toypoqko‘l kabilar bo’lib ular mil. aw . IX-VIII ming yilliklar bilan sanaladi.
2. So‘nggi mezolit—Achchiqko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Sho‘rko‘l, Madiyor, Zattibar, Taypoqko‘l makonlari (ко‘planning yuqori qatlamlari) bo “lib, ular mil. aw. VII ming yillik bilan sanaladi. Toshkentning G‘arbida, qadimgi Bo‘zsuv anhori sohilidan Qo‘shilish mezolit makoni topib tadqiq etilgan. Ushbu makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh qurollar topilgan. Qo‘shilish makoni topilmalari mil. aw. XI-X ming yilliklariga oid bo‘lib, bu yerda yashagan qadimgi qabilalar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanishgan. Xullas, mil. aw . X I-X ming yilliklariga kelib Kaspiy bo‘ylaridan Pomir tog‘larigacha, Kopetdog4 etaklaridan Markaziy Qozog‘istongacha bo‘lgan keng hududlarda mezolit davri qabilalari yoyilishadi. Ushbu hududlaming geografik sharoiti xilma-xil bo‘lib, mezolit davri makonlari pasttekisliklar, daryo va soy bo'ylari hamda tog‘ oldi hududlarida joylashgan. Bu davr qabilalari va urug‘lari ovchilik, baliqchilik hamda termachilik bilan kun kechirishgan. Makonlardan topilgan ko‘plab hayvon suyaklari bu davrdagi chorvachilikning ilk bosqichidan dalolat beradi. 0 ‘rta Osiyo tarixida neolit davrining (yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil. aw . Vl-quyi chegarasi IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu davr 0 ‘rta Osiyoda uchta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi bilan izohlanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda baliqchilik va ovchilik yoki tlchqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Neolit davri turli sharoitlarda yashagan odamlaming mehnat qurollari mezolit davridagiga nisbatan takomillasha borgan. Jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining jamoa mulki hisob-
langanligi o‘sha davr turmush-tarzining asosiy mezoni hisoblangan. Ma’lumki, arxeologik davrlashtirish bo‘yicha neolit davri tosh davrining so‘nggi - yakunlovchi taraqqiyot bosqichi hisoblanadi. Bu davrda urug‘chilik tuzumi rivojlangan bo‘lib, jamoada onalar hukmron bo‘lgan. Bu davrda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o ‘zgarishlar ro‘y byergan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarila boshlangan. To‘qimachilik, kemasozlik,
kulolchilik paydo bo‘lgan. Mehnat vositalarida o‘zgarish yuz berib, xususan tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollar yanada takomillashgan. Eng muhimi — bu davrda mahsulot ishlab chiqarishning xo‘jalik asoslari, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo‘ladi. Bu voqeilik, shubhasiz, ibtidoiy odamlaming ijtimoiy tuzumi, kundalik turmush-tarzi, xullas, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida keskin, tub ilg‘or o‘zgarishlarga olib keladi. Aynan shuning uchun ham bu tarixiy jamiyatni ingliz arxeologi B. G. Chayld «neolit inqilobi» atatfiasi bilan fanga kiritgan. Bu davming tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi hozirgi zamonga nisbatan yaqinligi bilan izohlanadi. Jumladan, ilgarigi taraqqiyot bosqichlariga qaraganda yangi, tabiatan ma’qul hududlami o'zlashtirish jarayoni tezlashib, odamlar nisbatan kengroq mintaqalarda yashay boshlashadi. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududlarida mezolitning oxiri va neolit davrda odamlar yashashi uchun qulay ekologik muhit mavjud bo‘lib, bu davrda Janubi-G‘arbiy Ustyurt va Qizilqumning ichki hududlari Zarafshon va Amudaryo etaklari ibtidoiy jamoalar tomonidan deyarli o ‘zlashtirib bo'lingan edi. Soha mutaxassislarining e’tirof etishlaricha, neolit davrida «Lavlakon namgarchiligi» deb ataluvchi tabiiy iqlim sharoitining vujudga kelganligi yangi mintaqalami o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu tariqa, ibtidoiy jamoalar turli tabiiy, ekologik sharoitlarga tushib qolib, bu holat ular turmush-tarzining moslashish zaruratini taqozo etgan va, o ‘z navbatida, bu jarayon turli neolit madaniyatlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi, Joytun madaniyati Janubiy Turkmanistonda, Ashgabat shahridan 25 km Shimoldagi Joytun manzilgohidan topilgan bo‘lib, bu madaniyat qoldiqlari nafaqat Turkmaniston, balki butun 0 ‘rta Osiyoda mashhurdir. Joytun qishlog‘i bir necha uylardan tashkil topgan bo‘lib, uylaming
maydbni 12—14 kv.m dan iborat. Uy devorlari sortton aralashtirilgan paxsadan qurilgan. Uylar to‘g‘ri to‘rtburchak bo'lib, bir xonalik va har bir xonada alohida o'choq izlari topilgan. Uylar yonida esa omborxona, saroy va xo‘jalik o‘ralari ham bor. Tadqiqotehilar fikrlariga qaraganda, Joytunda 30 ga yaqin uy bo‘lib, unda 130-150 kishi yashagan, 5—6 kishilik oila yashagan uylarda ona urug‘i hukmron bo‘lgan. Uylardan ayollaming loy va toshdan yasalgan haykalchalari, shuningdek har xil taqinchoq va bezaklar topilgan. Joytun xarobalaridan bug‘doy, arpa izlari, yorma tosh, tosh boltalar, paixakchalar, qurol sifatida ishlatiladigan o‘tkir uchli toshlar, teshgich parchalar, qirg‘ichlar, kamon o‘qlarining uchlari-poykonlar topilgan. Neolit davri sopol idishlari. Joytun makonidan qo‘lda ishlangan sopol idishlar namunalari ham topilgan bo‘lib, ular 0 ‘rta Osiyodagi dastlabki sopol namunalaridir. Joytun qishlog‘i aholisi mil. aw. VI—V ming yilliklarda yashab asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik bilan $hug‘ullanishgan. Joytunda 0 ‘rta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik madaniyati rivojlanadi va bu makon hozircha mintaqadagi dastlabki dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi; Joytttnliklar tabiiy suvlardan (qor, yomg'tr, toshqin) foydalanib dehqonchilikka asos solishgan. Umuman iilyttnda, Kopetdog4 bilan Qoraqum oralig'idagi hududlardan ko'plab Molit davri makonlari ochilgan. Bu makonlardagi xo‘jalik ishlab chiqHrishi va madaniyati bir-biriga juda o‘xshashligi sababli ulami fanda
Joytun madaniyati (dastlabki topilgan joy nomi bilan) deb atash qabul qllingan. Kaltaminor madaniyatiga oid makonlar dastlab Amudaryo etakIari va Xorazm hududidan topilgan bo'lib bular orasida Xorazmdagi Jonbosqal’a makoni diqqatga sazovordir. Bu yemi qazish paytida chayla vb yarim yyerto‘la shaklidagi makon ochilgan. Bu makon yog‘och ustun, einchlar bilan ko‘tarilgan. Ustiga ko‘ndalang yog‘ochlar tashlanib, ulaming usti qamish bilan berkitilgan. Chayla o'rtasidan katta markaziy o'choq qoldig‘i, atrofida mayda o‘choq qoldiqlari aniqlangan. Makondan imyza poykonlar, kamon o‘qlarining uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan. Shuningdek, madaniy qatlamlardan baliq, yowoyi cho‘chqa, qirg‘ovul suyaklari va jiyda danaklari ham topilgan. Topilmalar orasida sopol idish namunalari ham bo‘lib, tadqiqotchilaming fikrlariga qara
ganda ular mil. aw. V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir makonidan ham topib o‘rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol idish namunalari Jonbosqal’a sopollariga juda o‘xshashdir. Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong‘isho‘r, Poykent makonlaridan topilgan tosh qurollar va sopol buyumlar hamda boshqa ashyolami o‘rganish, tahlil etish, Yaqin Sharq, Qozog‘iston, Ural va boshqa joylardan topilgan neolit davri ashyolari bilan qiyoslash natijasida tadqiqotehilar yuqorida eslatilgan makonlar Kaltaminor madaniyatiga mansub bo‘lib, mil. aw. IV-1II ming yilliklarga oid degan xulosaga kelishdi. Bu makonlarda yashagan neolit davri odamlari termachilik, jayron, yowoyi cho‘chqa, bug‘u va boshqa hayvonlar hamda baliq ovlab kun kechirishgan. So‘nggi yillarda 0 ‘rta Osiyoning Sharqiy hududlaridan, Hisor- Pomir tog'laridan ko‘plab neolit davri yodgorliklari ochildi • va o‘rganildi. Bu o‘ziga xos madaniyat fanda Hisor madaniyati degan nom oldi. Asosan tog'oldi va- tog‘liklarga xos bolgan Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyod bo‘lib Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon, Darayi Sho‘r, Gaziyontepa kabilar shular jumlasidandir. Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar asosan mil. aw. V-III ming yilliklarga oiddir. Hisor madaniyati sohiblari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug‘ullanishgan. Hisor makonlaridan topilgan turli-tuman topilmalar ushbu jarayonlardan dalolat beradi. Demak, 0 ‘rta Osiyoning barcha hududlaridan - Shimoldagi Ustyurtdan, Markaziy va Janubiy Qozog‘istondan, Qizilqum va Qoraqumdan, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Toshkent vohasi va Farg'ona
vodiysidan ko‘plab neolit davri makonlari ochilgan. Xususan, neolit davri Markaziy Farg‘ona madaniyati fanda 0 ‘rta Osiyoda to‘rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan. Neolit davri mehnat qurollari. Ushbu makonlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, neolit davriga kelib, mezolitning so‘ng;gi bosqichlarida
kashf etilgan tosh boltalar ancha keng tarqaladi. Parrakchalar, nayza va kamon o‘qlarining uchlari, pichoqlar, teshgichlar, parmalar, qirg‘ichlar, yorma toshlar, o‘roq va boshqa qurollar takomillashadi. Eng qadimgi davming dastlabki davrida qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlar bu davrga kelib yakunlanadi. Neolit davri odamlari o‘zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvchanlik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarini safarbar qilib, xo‘jalikning ilg‘or, unumdor shaklini - dehqonchilik va chorvachilikni kashf etishdi. Geografik muhit va shart-sharoitaing turli tumanligi bu davr qabilalarida mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turar joylar va xo‘jaliklaming turlicha bo‘lishiga olib keldi. Xususan, 0 ‘rta Osiyoning Janubidagi neolit davri qabilalari xo‘jalikning dehqonchilik, i horvachilik va hunarmandchilik: shakllarini rivojlantirgan bo‘lsa, Shimoldagi qabilalar esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vnql rivojlanishdan orqada qolgan. Bu holat esa hududlardagi xo‘jalik huyotining notekis rivojlanishiga sabab bo‘lgan edi. Ncolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ulami olovda pishirish yo‘li bilan kulolchilikka asos solishdi. Shuningdek, ip yinirish asosida to‘qimachilikni kashf etishdi. Odamlar yog‘och va qa-mishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o‘zlashtirishdi. Xullas, neolit davri yutuqlarga boy bo‘lib, o‘zidan ilgarigi davrlarga nisbatan yuksak rivojlanish davri bo‘ldi. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda tosh va bronza davrlari o‘rtasida niis-tosh (eneolit) davri bo‘lganligi aniqlangan. Bu davr metall qurollaming barchasi bronzadan qilinmay sof misdan yasalganligi nia’lum. 0 ‘rta Osiyoda eneolit davri nisbiy tarzda mil. avv. IV ming yil- likning oxiri - III ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda
mis o‘zining kimyoviy xossalari (tez emvchanlik, egiluvchanlik) tufayli xo'jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda aw.dek tosh qurollar asosiy o‘rinda bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham, bu davr mislosh asri deb yuritiladi. Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termachlab ovqat topishdan yowoyi o‘simliklami ekish va o‘tkazish yo‘li bilan madaniylashtirish orqali vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo‘jalik turiga aylanib bordi. Dehqonchilik bilan uy chorvachiligi ortiqcha mahsulot yetishtirishga va mol ayirboshlashni tartibga solishga asos bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir:
1. Xo‘jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik qila boshlashi.
2. Toshdan ishlangan qurollar ko‘p bo‘lgan holda mis qurollaming paydo bo‘lishi.
3. Katta-katta jamoalaming paxsadan va xom g'ishtdan tiklangan katta-katta uylari.
4. Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i - xumdonlaming ishlatilishi.
5. 0 ‘troqchilik xo'jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida xom g‘ishtning paydo bo‘lishi.
6. Turli hayvonlaming loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga (matriarxatga) xps haykalchalari;
7. Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlaming mavjudligi.
Eneolit davrida 0 ‘rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga ko‘tariladi. Lekin, bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi. .Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o‘tgach, madaniy, xo‘jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi. bosqichi bqshlanadi. Yangi xo‘jalik turlari dehqonchilik va chorvachilik ; aw.dek, Turkmanistonning J^ubi-G‘arbi4agi qulay geografik; shftjoitfla rivojlattadi. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo hayzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy o‘simliklar о‘stirishga о‘tmagan edilar. 0 ‘rta Osiyoning Sharqiy qismidagi tog‘li hududlar aholisi xo‘jaligida esa ovchilik ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh davrida O'rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib qoladi. Dasht va tog‘ hududlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalami o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida qo‘shimcha xo'jaliklar - ovchilik va baliqchilik asosiy manba bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, dasht odamlari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlanadi, deyish mumkin. Lekin, neolit davri an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aholining asosiy qismi daryolaming irmoqlari sohilida va ko‘llar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbai hisoblangan. Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anov va Nomozgohtepa hududlarida aniqlangan. Bu yerdagi uy- joylar xom g‘ishtdan qurilgan. Moddiy topilmalar orasida mis qurollar tosh qurollarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shuningdek, bu makonlardan topilgan gul.dor sopol buyumlar kulolchilikning ham ancha rivojlanganligidan rialolat beradi. Sirti qora bo‘yoqda geometrik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari bilan bezatilgan bu topilmalar mil. aw. IV ming yillikka oiddir. 0‘zbekiston hududlarida eneolit davri yodgorliklari hozircha yaxshi o‘rganilmagan. Mil. aw. IV-III ming yillik boshlarida Amudaryo va Zarafshon quyi oqimlarida Kaltaminor madaniyati tosh qurollari, Niipol idishlari va uy-joylari keng tarqalgan. 0 ‘rta Osiyoning Shimoli- sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va Ш chorvachilik xo‘jaliklari rivojlanadi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Ht'thbuloq makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qattimlari eneolit davriga oiddir. Bu yodgorliklardan so‘nggi Kaltaminor topilmalariga o‘xshash sopol idishlar bo‘laklari va chaqmoqtosh bilan birga misdan yasalgan ignalar va munchoqlar topilgan. Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km G'arbda joylashgan qishlog‘i xarobasi eneolit davri dehqonchilik qabilalarining O'rta Osiyoni Shimoli-Sharqiga yoyilganidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining dehqonchilik chegaralarini ham ko‘rsatadi. Umumiy maydoni 90 gektar bo‘lgan Sarazm qishlog‘i xarobalari 10 ta tepalikda joylashib 4 ta davrga bo‘linadi. Ular topilmalarga qarab bir-biridan farq qiladi. Dastlabki ikki davr eneolit, keyingi ikki davr esa bronza davriga oiddir. Sarazmdan uy-joy va ro‘zg‘or-xo‘jalik inshootlari qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Bu yerlardan sopol idishlar, metalldan va toshdan ishlangan qurollar, (jumladan, tosh ketmonlar) zeb-ziynat buyumlari ko‘plab topilgan. Sarazm moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston, Janubiy Alg'oniston, Eron, Hindiston madaniyatlariga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalari o'rtasidagi keng madaniy va iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |