O’zbekiston “sifat” markazining bosib o’tgan yo’LI, tarixi, bugungi kuni va erishgan natijalari



Download 91 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi91 Kb.
#6279
O’ZBEKISTON “SIFAT” MARKAZINING BOSIB O’TGAN YO’LI, TARIXI, BUGUNGI KUNI VA ERISHGAN NATIJALARI
O’zbekiston “Sifat” markazining tashkil etilishi bevosita mustaqillik yillariga to’g’ri kelib, uning faoliyati vatanimiz uchun juda muhim bo’lgan paxta sohasi bilan uzviy bog’liqdir. Eski tuzum davrda paxta xom ashyoni ishlab chiqaruvchilar manfaati kamsitilib, markazda joylashgan to’qimachilik va engil sanoati korxonalari esa manfaatdor bo’lgan. O’sha davrda jahon andozalarga umuman to’g’ri kelmaydigan paxta xom ashyosi va paxta tolasini tola navi, rangi bo’yicha tasniflanmay, umuman navga bog’liq bo’lmagan nisbiy uzilish kuchi ko’rsatkichi bilan me’yorlangan. Jahon bozorlarida qabul qilingan baholash tizimi bilan o’sha vaqtda qo’llanilib kelgan davlat standartlarining mos emasligi o’zbek paxtasining ta’rifiga va targ’ibotiga juda salbiy tarzda ta’sir etishi bilan, ushbu kelib chiqqan tafovutdan xorijiy savdo kompaniyalar juda katta mo’may daromad olishgan.

90-chi yillar nafaqat uyg’onish va tiklanish davri boshlanishi bilan birgalikda eski tuzumdan qolgan iqtisodiy masalalarni yechimini topish, paxta tolasini odilona bahoda sotilishini ta’minlash, o’zbek paxtasini sifatini va raqobatbardoshligini oshirish hukumatimiz tomonidan qo’yilgan eng dolzarb vazifalaridan biri edi, negaki paxta tolasi eksportimizni 40% egallab turardi, erkin muomaladagi valyuta zaxiralarini to’ldirish uchun esa 60%ni ta’minlab berardi.

Ushbu vazifani bosqichma-bosqich yechish uchun 1992 yilda paxta tozalash tizimida faoliyat ko’rsatayotgan “Paxtasanoat ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” qoshida "Sifat" paxta mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashtirish korxonasi tuzildi. O’sha davrda “Sifat” korxonasi paxta tozalash sanoati mahsulotlarini sertifikatlashtirish, standartlashtirish va klassifikatsiyani rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlab yuborildi. Ilk davrlarda “Sifat” korxonasining tashkil etilganligi respublikada umuman sezilmadi, negaki “Paxtasanoat ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ning ichki tuzilmaviy o’zgartirishlar nafaqat paxta tozalash tizimini, tashqi savdo kompaniyalarini va iste’molchilarini qiziqtirmadi. Biroq “Sifat” korxonasiga yosh, iqtidorli va jonkuyar mutaxassislardan jalb etilib, fidoyi, malakali va yaxlit jamoa tashkil bo’ldi. “Sifat” korxonasining faoliyati asosan paxta tolasi, paxta xom ashyosi, texnik chigit va paxta momig’iga yangi respublika standartlarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Shu yangi yaratilayotgan standartlarning respublikaning paxta tozalash korxonalari mahsulotlarini ma’naviy va fizik eskirgan sinov va klassifikatsiya tizimlarining o’rniga joriy etish bilan “Sifat” korxonasining faoliyati boshlandi. Boshqa asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning paxta tolalari bilan o’zbek paxta tolasini taqqoslash ishlari olib borildi. Markaziy Osiyo paxta tolasini asosiy qismini – o’zbek paxtasi tashkil etib, jahondagi paxta tolasining narxlari bilan taqqoslaganda ayrim holatlarda o’zbek paxtasi boshqa ishlab chiqaruvchilarga qaraganda, 1 tonna tola 300 dollar pastroq narxda sotilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, paxta bozorlarida asosiy o’n besh - yigirma paxta yetishtirib, ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan eng quyi narxda sotuvchi beshta mamlakatlar paxtasi tanlab olinib, hisoblangan o’rtacha qiymati A indeksni tashkil etgandi. Aksariyat paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning paxta tolalari A indeksga tayanib sotiladi. A indeksdan kelib chiqib, “Sifat” korxonasi har xil mamlakatlarning paxta tolalalarini o’rganib, o’zbek paxtasini past narxlarda narxlanishi uning sifati va iste’mol xususiyatlarga bog’liq emasligi yaqqol namoyon etildi.

Ko’p mamlakatlar tolalarining sifat ko’rsatkichlari va iste’mol xususiyatlari o’zimiz yetishtirgan paxta tolasi bilan taqqoslanganda, o’zbek paxta tolasi hech qaysi raqobatchi tola ishlab chiqaruvchi davlatlardan kam emas, xattoki sifati yaxshiroq edi. Xalqaro bozorda o’zbek paxtasining o’sha davrda past narxlanishiga boshqa ob’ektiv sabablar jahon bozorida qabul qilingan paxta tolasini baholash mezonlariga to’g’ri kelmaydigan umuman noto’g’ri tasniflash, paxta tozalash korxonalarning yuklab yuborilayotgan tolalarni sifati bo’yicha amaldagi ko’rsatkichlarni tez-tez buzilishi, yuk tashish vagonlarni paxta tolasi uchun o’z vaqtida yetkazib bermasligi, paxta bozorini faoliyat ko’rsatishini mexanizmini yaxshi bilmaslik va respublikada o’zbek paxta tolasini sotish narxlarini nazorat etuvchi yagona savdo tashkiloti mavjud emas edi.

Jahon paxta sohasidagi ilg’or tajribalarni o’rganish maqsadida, “Sifat” korxonasi Amerika Qo’shma Shtatlarining paxta tolasining tashqi ko’rinish etalon namunalarini sotib oldi, dunyo bozorlarida qabul qilingan me’yorlarga tayanib, paxta klassifikatsiyasini o’rganish va rivojlantirish ishlari boshlab yuborildi. Ingliz firmasi "Wakefield Inspection Servises" (WIS) beg’araz taklifi va yordami bilan birinchi klasserlarning xonasi maxsus yoritgichlar bilan to’liq jihozlandi. Shuningdek ko’rgazmali eksperimental paxta tolasini toyma-toy baholash o’tkazildi.

1993 yilda Toshkent va Samarqand viloyatlari paxta tozalash korxonalarida WIS ishtirokida 2000 tonna paxta tolasi Amerika standarti bo’yicha baholandi. Sinov natijalari bo’yicha ushbu to’dalar Liverpul birjasi narxlarini differentsiatsiyasi bo’yicha Amerika standartlari asosida A indeksining o’rta qiymati bo’yicha narxlandi va Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Vazirligi tomonidan erkin savdoga qo’yildi. Ushbu paxta o’rtacha 15%ga qimmat sotildi, uning samarasi 300 ming dollarni tashkil etdi.

Xalqaro bozorda paxta tolasini tan olingan sinov o’tkazish va klasifikatsiyalash uchun paxta tozalash korxonalaridan mustaqil ravishda respublikamizda paxta tolasini sertifikatlashni tizimini yaratish va rivojlantirish lozim edi.

O’sha vaqtlarda paxta tolasining sifati va vazni bo’yicha oxirgi qabul qilinishi temir yo’l stantsiyalari va chet el portlarida amalga oshirilar va sifatiga reklamatsiya berilgan paxta tolasi juda katta miqdorda to’planib qolardi. Ayrim viloyatlarda reklamatsiyali paxtaning ulushi 30% gacha etgan. “O’zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining vakillari portlarda yo’qligi sababli kelishmovchiliklarni hal etish masalalari cho’zilardi va majburiy saqlash hamda narxini arzonlashtirish hisobiga Respublikamiz uchun valyutaning katta yo’qotishlarga olib kelardi. Reklamatsiyalar muammosini pasaytirish va muammoni hal etish uchun “Sifat” korxonasi 17 ta hududiy sertifikatsiyalash laboratoriyalardan iborat yagona tarmoqni tashkil etishni va ularga paxta tolasini sinovni o’tkazish huquqini berish taklifi bilan chiqdi.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli


№11G’110-60 farmoyishiga muvofiq “O’zdavpaxtasanoatsotish” 1993 yil 5 oktyabrdagi 219-sonli buyrug’i bilan “Paxtasanoat ilmiy ishlab chiqarish” birlashmasining tarkibidan chiqarilib, uyushmaning bevosita qaramog’iga o’tkazildi va “Paxta xom ashyosini va kanop tolasini standartlashtirish, sertifikatlash va sifat nazorati bo’yicha respublika birlashmasi”ga aylantirildi. Ushbu tajriba asosida hududiy laboratoriyalar tashkil etish va ular uchun kadrlarni tayyorlash boshlandi. Uyushmaning bevosita yordami bilan Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida uchta hududiy laboratoriyalar uchun valyuta zaxiralari ajratildi. WIS bilan zururiy jihozlarni etkazib berish uchun kontrakt tuzildi va o’qish tashkillashtirildi.

1993 yilda “Paxtasanoat ilmiy ishlab chiqarish” birlashmasining va boshqa manfaatdor tashkilotlarning faol ishtirokida yangi respublika standarti


Uz RST 604-93 “Paxta tolasi. Texnik shartlari” ishlab chiqish ishlari yakunlandi.

Paxta tolasini me’yorlarini belgilaydigan yangi Uz RST 604-93 standartini joriy etilishida hukumatimizning bevosita tasdig’i bilan amalga oshirildi. Ushbu standartni joriy etish bilan paxta tozalash va unga bog’liq bo’lgan sohalarda tubdan bo’lgan islohotlar – asosiy paxta maxsulotlarning turlarini sifatini baholashda va klasifikatsiyalashda yangi davr boshlandi, eskirgan standartlarning o’rniga “Sifat” korxonasida ishlab chiqilgan o’zbek standartlariga almashtirildi. Bu esa narxlar tizimini, ishlab chiqarish texnologiyasini, hisob-kitob tartibini olib borish, sinovlar usullarini tubdan o’zgartirishni talab etdi.

Shuningdek, 1993 yilda Uz RST 596-93 «Texnik chigit. Texnik shartlari” standarti tasdiqlandi. Ushbu standart paxta texnik chigitini sinovlari va klassifikatsiyasining yangi tamoyillarini belgilab berdi. Texnik chigit paxta xom ashyoni qayta ishlab chiqarishdan olingan mustaqil mahsulot va uning iste’mol xususiyati chigitning nuqsondorlik darajasiga tayangan holda yog’ning miqdori bo’yicha belgilanadi. Eskirgan standart bo’yicha texnik chigit qo’shimcha mahsulot deb qaralib, uning navdorligi paxta tolasining navi bilan belgilangan, u esa o’z navbatida tolaning nisbiy uzilish kuchi bilan tasniflangan. Bu esa texnik chigitning narxini asosiz pasayishiga olib kelgan.

1993 yil sentyabr oyidan boshlab yangi standartni joriy etilishi jahon bozorida chet el iste’molchilari o’zbek paxtasining yangi klasifikatsiyasi haqida bexabar bo’lib, shokda edilar. Narxlarning yangi differentsiatsiyasi mavjud emas, etakchi Evropa birjalarida yangi etalonlarni yo’q edi. 1994 yilning boshida yangi klassifakatsiya tizimi va yangi paxta tolasining tashqi ko’rinishi etalonlari Bremen va Liverpul arbitraj qo’mitalariga taqdim etildi. Respublikamizdan «Uzagroimpeks» va “Sifat” birlashmasi vakillari qatnashib, o’zbek paxta tolasining navi va sinfi bo’yicha narxlarning differentsiatsiyasini taqdim etishdi va ushbu differentsiatsiya hozirgi vaqtda ham amal qiladi.

Bremen va Liverpul paxta birjalarida yangi o’zbek klassifikatsiyasi va arbitrajlari uchun paxta tolasi etalonlarini qabul qilingandan keyin chet el iste’molchilari yangi standart bo’yicha paxta tolasini sotib olishni boshladilar.

1993-1994 yil mavsumida paxta tolasini qayta ishlash natijalari bo’yicha yangi standartni joriy etilganligi samarali va aniq bo’ldi, navlar bo’yicha taqsimot quyidagilarni ko’rsatdi: I - 70,6%, II - 15,4%, III - 6,9%, IV - 4,3% i V - 2,8%. Shunda tolaning asosiy qismi (I navda 80%) yuqori sinflari (2,5% gacha iflosligi) olindi. O’sha davrda davlat statistikasi bahosi bo’yicha narxlarning oshishi samarasi 30 mln. dollardan oshdi.

O’zbek paxtasining yangi klassifikatsiyasi bir xil tamoyillarda boshqa mamlakatlar tolalari bilan iste’mol xususiyatlari bo’yicha solishtirish imkoniyatini berdi. Ma’lum bo’ldiki, o’zbek paxtasi yuqori raqobatbardosh xususiyatlarga ega, o’zbek tolasiga o’sha vaqtlardagi past narxlari, eski standartlarning kamchiliklari, paxta tozalash korxonalari laboratoriyalarning tola sifati haqida ma’lumotlarni buzilishlari, yetkazib berish haqidagi kontrakt majburiyatlari bilan izohlasa bo’ladi.

1992-1994 yillar davrida paxta sohasidagi 21 ta respublika standartlari qabul qilinib, shu bo’yicha klassifikatsiya tizimlari, sinovlarning takomillashtirilib, sinov usullarini metrologik qiyoslash kiritildi.

1994 yilda Uz RST 615-94 «Paxta xom ashyosi. Texnik shartlar» davlat standarti tasdiqlandi va uning yordamida paxta tolasi standartining tamoyillariga muvofiq eskirgan paxta xom ashyosi klassifikatsiyasi islohot qilindi. Paxta xom ashyosi bo’yicha yangi standart paxta yetishtirib beruvchilar va paxta qabul qilish maskanlari o’rtasidagi amaldagi paxta xom ashyosi navdorligi bo’yicha kelishmovchiliklarga barham berdi.

Yangi standartni joriy etish natijalari quyidagicha navlari: I - 59,5%, II - 19,2%, III - 9,5%, IV - 8,4% i V - 3,4%. Birinchi sinfning ulushi 51,2%., ikkinchi sinfning ulushi - 29,4%, uchinchi sinfning ulushi - 19,4% tashkil etdi. Yangi standart bo’yicha xom ashyo I navining ulushi anchaga oshdi.

1994 yilda Jahon banki tomonidan respublikamizda paxtachilikning samaradorligini oshirish muammosi va sarmoya kiritish maqsadga muvofiqligi o’rganib chiqildi. Bankning ekspertlari bir necha marotaba “Sifat” korxonasiga tashrif etib va takliflar yig’ishdi. Natijada Jahon bank shunday xulosaga ya’ni “O’zbek paxtasi narxini oshirishning eng muxim shartlaridan biri bu mustaqil, zamonaviy paxta tolasi sinov laboratoriyalar tizimini yaratishdir” degan fikrga keldi.

“Sifat” korxonasining takliflarini hisoblab, o’rgangan holda Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki mutaxassislari O’zbekistonda eng zamonaviy paxta tolasini sinovlarni olib boradigan HVI tizimlariga ega bo’lgan 17 sertifikatlashtirish laboratoriyalar tarmog’ini yaratishga investitsiya ajratish bo’yicha shartnoma uchun texnik asos ishlab chiqdi.

Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 maydagi 160-sonli “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida tuzilgan zayom to’g’risidagi bitim loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston hukumati va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki o’rtasida paxtachilikni modernizatsiyasi uchun kredit ajratish bitimiga qo’l qo’yildi. Bitimni amalga oshirish tafsilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yildagi 31 oktyabrdagi 421-sonli “O’zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki o’rtasida tuzilgan zayom to’g’risidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida”gi qarori bo’yicha urug’chilik, nav sinash va tola sifatini sinov o’tkazish laboratoriyalari bo’yicha mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan. Paxta loyihasi doirasida muvofiq tashkil etiladigan tola sifatini baholash bo’yicha barcha mintaqaviy laboratoriyalar “Sifat” o’zbek markaziga bo’ysundirish ko’zda tutildi.

Zamonaviy sinov laboratoriyalar tizimini yaratish, shuningdek paxta tolasini sertifikatlash, standartlashtirish va marketing bo’yicha o’quv markazi tashkil etilishiga Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki hisobidan 21201,2 ming AQSh dollari va byudjet tomonidan 6689,2 ming AQSh dollari ajratildi.

Ushbu qaror bilan “O’zdavstandart”ga hududiy sertifikatlash laboratoriyalar ishga tushishi bilan paxta tolasini maxsulotlarni majburiy sertifikatlashni ruyxatga kiritish haqida topshiriq berildi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Bankining paxta loyixasini amalga oshirilishi bilan hududiy laboratoriyalarda jamoalar tiklandi. Paxta tolasini tashqi ko’rinish etalonlarini yasash bo’yicha guruh tashkil etildi.

1995 yildan boshlab ustoz-shogird an’anasi bilan “Sifat” markazi paxta tolasi klassifikatorlarini tayyorlashni boshladi. Hozirda O’zbekiston Respublikasida va chet elda o’z o’rniga ega bo’lgan, yaxshi jihozlangan paxta tolasi klassifikatorlarini tayyorlaydigan o’quv markazi hisoblanadi.

1995 yilda “Paxtasanoat ilmiy ishlab chiqarish markazi” bilan birgalikda yangi Uz RST 645-95 «Paxta momig’i. Texnik shartlar» standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu standart paxta momig’ini mustaqil mahsulot sifatida yangi klassifikatsiyasini belgilab berdi, eski standart bo’yicha esa u qo’shimcha mahsulot sifatida qaralgan.

1996 yilda paxta momig’ining sinov usullariga yangi respublika standartlari ishlab chiqildi va «O’zstandart» tomonidan tasdiqlandi.

1996 yildan boshlab faol tarzda paxta loyixasi amalga oshirilishi boshlanib, shu yilning o’rtalarida O’zbekiston Respublikasida paxta tolasini sertifikatlash laboratoriyalarini tarmog’ini yaratish bo’yicha tender e’lon qilindi.

Jahon tajribasi asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 20 martdagi ““Sifat” O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish to’g’risida»gi 122-sonli qarori bilan “Sifat” O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tashkil qilindi hamda “Sifat” markazi yagona tashkilotga aylandi. Shu vaqtga kelib, hududiy laboratoriyalar paxta tolasining standart etalonlar, klassyorlik lampalari va transport bilan jihozlangan edi.

1998 yildan O’zbekiston “Sifat” markazi paxta tolasini sertifikatlash bo’yicha organ sifatida akkreditatsiyadan o’tdi. O’zbekiston “Sifat” markazi Liverpul va Gdinya paxta assotsiatsiyalarning a’zosi bo’ldi.

Hududiy laboratoriyalar jihozlanishi lozim bo’lgan HVI tizimlari O’zbekiston “Sifat” markazi taqdimoti bo’yicha “O’zstandart” tomonidan paxta tolasini sifat ko’rsatkichlarini o’lchash vositalari ro’yxatiga kiritildi.

2000 yil mavsumidan boshlab O’zbekiston “Sifat” markazi bosqichma-bosqich toyma-toy sertifikatlashga va shu bilan bir vaqtning o’zida toylarning vaznini nazorati ham amalga oshirildi. Klasserlik usuli bilan toyma-toy sertifikatlash amalga oshirilishi bilan reklamatsiyalarga amalda barxam berildi. Biroq toylarning vazni bo’yicha da’volar davom etdi.

2001 yilda Uz RST 604-93 o’rniga yangi O`z DSt 604:2001 «Paxta tolasi. Texnik shartlari» davlat standarti tasdiqlandi. Ushbu standartning joriy etilishi HVI tizimlarini qo’llanilgan holda paxta tolasini sinovlarining xalqaro usullariga to’liq o’tganligini dalolat berdi. Shu bilan birga oldingi standart Uz RST 604-93 reglamentda o’zini to’liq oqlagan uzunlik tipi, navlari va sinflari bo’yicha klassifikatsiya saqlanib qoldi. Yangi standartni joriy etilganligi bilan O’zbekiston jahonda ikkinchi davlat AQShdan keyin barcha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini HVI tizimida yagona “Davlat sinov tizimi” o’rnatgan davlatdir. 2005 yildan boshlab “Sifat” markazining hududiy laboratoriyalari to’liq ravishda ishlashni boshladi. Har kuni hududiy laboratoriyalardan “Sifat” markaziga paxta tolaning har bir toyning kesimda HVI ko’rsatkichlari elektron ma’lumot yig’ildi va jamlandi.

Paxta tolasining hajmni nazorat qilish va vazn bo’yicha reklamatsiyalarni bartaraf etish maqsadida “Sifat” markazi tomonidan tayyorlangan O`z DSt 841:1997 standart loyihasi “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlandi va u ushbu standartda tarozilarni xatoligi 0.5 kg dan oshmasligi va toylarni qayta vaznini tortishda ruxsat etilgan farq 1 oshmasligi ko’zda tutilgan.

2003 yildan boshlab paxta terminallari faoliyat ko’rsatgandan keyin, “Sifat” markazi iste’molchilar bilan paxta tolasining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha bo’lgan savollarini ko’rib chiqish uchun klasserlik xonalarni tegishli ravishda jihozlashni boshladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Paxta tolasini sertfikatlash va vazning tortish bo’yicha tartib” qayta ko’rib chiqildi 2003 yil 30 sentyabrda tasdiqlandi. Paxta tolasining vazni nazorati to’liq “Sifat” markazi xodimlariga yuklatildi va vazn bo’yicha reklamatsiyalarga barham berildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil


31 martdagi 93-sonli “Paxta chigitidan foydalanish samaradorligini oshirish va uni nazorat qilish choralari to’g’risida” qaroriga ko’ra O’zbekiston “Sifat” markazi paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish va texnik chigitlarni majburiy sertifakatsiyalashni tashkil qilish Inspektsiyasi tuzildi. Shu sababli Respublikadagi “O’zdavstandart” tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan har bir yuklab jo’natilayotgan paxta chigiti partiyasini sinash maqsadida “Paxta texnik chigitlarini sertifakatsiyalash tartibi”ga ko’ra barcha 132ta paxta tozalash korxonalarida 132 urug’lik chigit sinash laboratoriyalari zarur uskunalar bilan jihozlandi va mutaxasis kadrlar bilan ta’minlandi. 2005 yil O’zbekiston “Sifat” markazi “O’zstandart” agentligiga tegishli hujjatlar jamlanmasini tayyorlagan holda murojaat qilib, agentlikning akkreditatsiyalar Kengashining Qarori bilan o’zining akkreditatsiyalash sohasini Paxta chigit sinov markazi (PChSM) va uning tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari qoshidagi paxta chigit sinov laboratoriyalari hisobiga yanada kengaytirdi.

Bo’lib o’tgan qayta tuzilishdan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 10 maydagi 117-sonli “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi paxta tolasini sertifikatsiyalash O’zbekiston “Sifat” markazining Nizomini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga asosan paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish Inspektsiyasining tashkiliy tuzilishi va faoliyati qayta ko’rib chiqildi.

Ushbu Inspektsiya faoliyatiga 2005 yil 25 martdagi 93-sonli qarorga ko’ra paxta texnik chigiti va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifatini nazorat qilish vazifasi ham kiritilganini hisobiga olgan holda O’zbekiston “Sifat” markazi qoshida paxta chigiti sifatini nazorat qilish Markaziy laboratoriyasi tashkil etilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil


4 sentyabrdagi 200-sonli “Ishlab chiqarilayotgan paxta yog’ining sifatini oshirishni yanada rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi qarori bilan PChSM faoliyatiga urug’lar yog’liligini ekspress usulda aniqlash qismiga hamda paxta chigitining yog’liligini me’yorlarini ishlab chiqish bo’yicha statistik materiallar to’plash qo’shimcha vazifalari kiritildi. Shu sababli, 2009 yildan 2010 yilgacha Respublikamizning yog’-moy korxonalarida bosqichma-bosqich 20 ta paxta chigit sinov laboratoriyalari tashkil etildi va akkreditatsiyalandi.

Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 sentyabrdagi 200-sonli qaroriga va 2009 yil 12 iyundagi 03-40-66-sonli topshirig’iga ko’ra paxta chigiti sifatini yaxshilash, hamda momiq ishlab chiqarishdagi yo’qotishlarni qisqartirish maqsadida 2009 yilda “Bektemir chigitni linterlash” MChJ jinlashdan keyingi chigitlarni linterlash korxonasi ishga tushirildi. Yuqoridagilarga asosan korxonada O’zbekiston “Sifat” markazining “Bektemir chigitni linterlash” MchJ qoshida “Paxta chigit sinov laboratoriyasi” paxtaning texnik chigitining zaruriy sifatlarini va yog’liligini aniqlash maqsadida tashkil etildi va jihozlandi. Ushbu laboratoriya “O’zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalash Kengashining 2009 yil 12 oktyabrdagi qarori bilan akkreditatsiyalandi.

Tola va chigitlarni sertifikatsiyalash Organi va sinov markazlarining akkreditatsiyalash muddati tugab bo’lganligi sababli 2009 yil dekabr oyida “O’zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalash Kengashi qarori bilan yangi, muddati cheklanmagan, hujjatlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi 456-sonli “Paxta tolasini sotish va to’lovlar mexanizmni tartibga solish to’g’risida”gi qarorining 4-ilovasiga ko’ra yangi “Paxta tolasini sertifikatsiyalash va vaznini o’lchash tartibi to’g’risida Nizom” tasdiqlandi.

Ushbu qarorga muvofiq paxta tolasini sifati va vazni bo’yicha tugal qabul qilib olish iste’molchilar tomonidan faqatgina hududiy paxta terminallarida amalga oshirilishi zarur deb hisoblandi hamda hozirgacha barcha ishlar shu qaror asosida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda, O’zbekiston “Sifat” markazining hududiy laboratoriyalari viloyat paxta tozalash korxonalarida toylardan paxta tolasi va momig’i namunalarini tanlab oladi, ularni identifikatsiyalaydi, ularga shtrix-kodlari bo’lgan birkalarni solib qo’yadi, paxta tolasi va paxta momig’ini tarozida tortish jarayonini nazorat qiladi, namunalar laboratoriyalarga kelib tushgandan so’ng ularni HVI tizimlarida sinovdan o’tkazib, paxta tolasining sifat parametrlarini aniqlaydi.

Paxta tolasi va paxta momig’ining namunalari sinovdan o’tkazish uchun klassifikatorlarga beriladi, ular namunalarda nuqsonlar, chigit, chiqindilar, yog’li dog’lar, suv bilan shikastlanishi mavjudligini va boshqalarni tekshiradilar. Klassifikator paxta tolasi va paxta momig’ini etalon namunalari bilan solishtirib, ularni navi, sinfi va tipi bo’yicha yakuniy bahosini beradi. Har bir namunani sinov natijalari laboratoriya ma’lumotlari bazasiga kelib tushadi. HVI operatorlari va klassifikatorlari tomonidan o’lchash protseduralari to’g’ri bajarilganligi liniyadagi supervayzer tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng, bu ma’lumotlar Milliy ma’lumotlar bazasiga uzatiladi hamda bu erda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining miqdori va sifati haqida barcha ma’lumotlar jamlanadi.

Laboratoriyalar paxta texnik chigitini sertifikatlashni uchinchi sxemasi bo’yicha amalga oshiradi. Buning uchun paxta tozalash korxonalarida texnik chigit laboratoriyalari tashkil etilgan. Texnik chigit laboratoriyalari “Sifat” modelidagi termonam o’lchagichlar va elektron tarozilar bilan jihozlangan. Laboratoriyada paxta tozalash korxonasida ishlab chiqariladigan texnik chigitdagi nuqsondor chigitning namligi, tukdorligi, mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushlari aniqlanadi hamda ushbu laboratoriya tahlillari asosida yog’-moy korxonalariga jo’natiladigan texnik chigit to’dalari uchun “Sinov bayonnomalari” rasmiylashtiriladi.

Laboratoriya tahlillari jarayonida ishlab chiqaruvchi vakillari va yog’–moy kombinatlarining vakillari qatnashadilar. Jo’natilgan texnik chigitning laboratoriya va miqdoriy ma’lumotlari Ma’lumotlar bazasida jamlanadi hamda har kuni O’zbekiston “Sifat” markazining Milliy ma’lumotlar bazasiga uzatiladi.

O’zbekiston “Sifat” markazi mebelbop va to’shakbop momig’ paxtani sifat ko’rsatkichlarini inspektsiya qiladi va ularga muvofiqlik sertifikati beradi.

Respublikada jami 98 ta paxta tozalash korxonasi bo’lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan tola paxta terminallarida saqlanadi va keyinchalik terminallar orqali xaridorlarga jo’natiladi.

Respublika bo’yicha jami 21 ta paxta terminallari mavjud. Paxta terminalida paxta tolasini ortib jo’natish uchun barcha texnik sharoitlar yaratilgan. Terminallar temir yo’l va avtomobil yo’llari bilan ta’minlangan. Har bir terminalda O’zbekiston “Sifat” markazining o’z laboratoriyasi mavjud bo’lib, u erda doimiy vakili biriktirilgan.

Yevropa va Amerikadagi etakchi paxta uyushmalari a’zosi, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan mustaqil, paxta tolasini eng ilg’or xalqaro standartlar asosida sertifikatlash bilan – O’zbekiston “Sifat” markazi shug’ullanadi. Har bir viloyatda uning bo’linmalari mavjud. 1200 dan ziyod mutaxassis faoliyat yuritayotgan, yuqori likvidligi bilan ajralib turuvchi o’zbek tola sifatini kafolatlovchi mazkur markazning Milliy ma’lumotlar bazasida yurtimizda yetishtiriladigan barcha paxta navlari, paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tola va momiqqa oid sifat ko’rsatkichlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar jamlangan. Har bir hududda yetishtirilgan paxta tolasi sifat ko’rsatkichlari va og’irligi bo’yicha O’zbekiston “Sifat” markazining hududiy laboratoriyalarida sinovdan o’tkazilib, nazorat qilib boriladi.

Sinov natijalariga asosan tola to’dalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilib, u ishlab chiqaruvchi korxonaga taqdim qilinadi. Respublikada jahon talablariga javob beradigan HVI tizimlarida paxtaning sifatini aniqlash usuli qo’llaniladi. Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 yanvardagi 6-sonli “2013-2017 yillarda “Sifat” O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risida» gi qaroriga asosan O’zbekiston “Sifat” markazini 2013-2017 yillar davomida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash ko’zda tutilgan. Unga ko’ra, 35 ta yarim avtomatli Uster HVI 900 SA tizimi o’rniga texnik tasniflari takomillashtirilgan, unumdorligi yuqori bo’lgan 18 ta avtomatlashtirilgan Uster HVI 1000 tizimi o’rnatilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda “Sifat” markazida g’o’za navlari va yetishtirilgan paxta tolasining sifat ko’rsatkichlari chuqur tahlil qilinayotgani va shu asosda agrotexnik tadbirlarni yaxshilash, yangi navlarni rayonlashtirish va HVI tizimlarini qo’llash bo’yicha amaliy choralar ko’rilayotgani natijasida to’qimachilik sanoati uchun maqbul bo’lgan 4 tipdagi tolaning miqdori oshib bormoqda.

Tolaning uzunligi bo’yicha 4 tipga mansub tolalarning umumiy hajmi 2014-2015 yillar hosili bo’yicha 80,8% dan 88,76% gacha ortdi. Toyma-toy sertifikatlashni qo’llanilishi eski tuzumdan qolgan selektsion navlarni 4 va 5 tipga bo’yicha tasniflashdan umuman voz kechildi.

O’zbek paxta tolasining jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha izchil olib borilayotgan islohotlar doirasida g’o’zaning nav tarkibini yaxshilash, tezpishar, hosildorligi yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan yangi navlarni yaratish, paxtani qayta ishlash korxonalarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish bo’yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Buning natijasida tolaning sifati tobora yaxshilanib, unga bo’lgan talab oshmoqda.

Hozirda fermer xo’jaliklari va seleksionerlar taklif etayotgan paxta selektsiyasi navlari orasidan bozorda talab yuqori bo’lganlarini tanlab olish imkoniyatiga ega. Jahon andozalariga javob beradigan “Buxoro-6”, “Buxoro-8”, “S-6524”, “Porloq”, “Mehnat”, “Namangan-77”, “Omad”, “Xorazm-127” kabi respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos selektsiya navlari dunyo miqyosida juda xaridorgir. Selektsionerlar iste’molchilarga ma’qul keladigan navlarni yaratishi, hududlarga mos navlar ekishni qat’iy nazorat qilishi, fermerlarga amaliy yordam ko’rsatish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish, tolani tasniflashning zamonaviy tizimi uning yuqori sifatini kafolatlab, yuksak darajada raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Genomika markazining “Porlok” tipidagi seleksion liniyalarni yaratilishida xam “Sifat” markazi tolasi jahon bozori ta’lablariga javob beradigan genotiplarni topishda o’zining amaliy yordamini ko’rsatgan.

Xalqaro paxta uyushmasi (Buyuk Britaniya), Bremen paxta uyushmasi (Germaniya), Gdinya paxta uyushmasi (Polsha), Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (Amerika) kabi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib, Germaniyaning Bremen paxta uyushmasi hamda Amerikadagi Xalqaro paxta bo’yicha maslaxat qo’mitasi (ICAC) bilan yuzdan ortiq mamlakat ishtirokidagi Xalqaro instrumental solishtiruv raund-test sinovlarida muntazam ishtirok etib keladi.

Ushbu nufuzli tashkilotlar tomonidan O’zbekiston “Sifat” markazi o’tkazayotgan sinovlariga hamda berilgan sertifikatlariga to’liq ishonchlilik bildirilgan.

Respublikaning hududiy laboratoriyalardagi HVI tizimlarini unumdorligi ustidan nazorat olib boradi. Bu jarayon orqali o’zbek paxtasi sifatini baholashda jahon bozorida qabul qilingan standartlariga to’liq rioya qilinishi ta’minlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Xalqaro o’zbek paxta yarmarkasi jahon paxta sanoati yetakchilari, to’qimachilik korxonalari vakillari va savdo agentlariga mamlakatda paxta yetishtirish va uni qayta ishlash hamda xaridorlarga yetkazib berish tizimini rivojlantirish strategiyasi bilan yaqindan tanishish, shu bilan birga, savdolarda qatnashish, shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatli.

Ayni shu yarmarka o’tgan qisqa davr ichida o’zbek paxtasining tashqi bozordagi nufuzini oshirib, uni dunyoga kengroq tanitmoqda. Bu mustaqillik yillarida respublikada paxta yetishtirish va qayta ishlash tizimini tubdan takomillashtirilgani, tola sifatining yanada yaxshilanganligidan dalolat beradi.

Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishicha, o’zbek paxta tolasi sanoatbopligi va boshqa sifat ko’rsatkichlari yuqoriligi, rangining nihoyatda oqligi, pishiqligi, tola uzunligining bir xilligi, kalta tolalar miqdori kamligi bilan alohida ajralib turadi.

Har qanday xaridorni birinchi galda mahsulot sifati qiziqtiradi. Shu maqsadda respublika paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining har bir toyi sifat ko’rsatkichlari va og’irligi bo’yicha O’zbekiston “Sifat” markazining hududiy laboratoriyalarida sinovdan o’tkazilib, nazorat qilib bormoqda.

Bundan tashqari, O’zbekistonda ekilayotgan g’o’za navlari, paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tola va momiqqa oid toyma-toy sifat ko’rsatkichlari bo’yicha so’nggi tavsiflar “Sifat” markazining milliy ma’lumotlar bazasida tahlil qilinib, saqlanadi va undan xaridorlar to’liq foydalanish huquqiga egadir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, O’zbekiston tuprog’ining unumdorligi Respublikamizni qudratli agrosanoat saloxiyatiga ega mamlakatga aylantirish imkonini beradi. Bugungi kunda O’zbekiston tashqi bozorida talab katta bo’lgan mahsulot - paxta tolasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va etkazib beruvchisidir. Respublikada paxtani asosli qayta ishlash yo’li izchillik bilan olib borilmoqda. Bu yo’l qo’shimcha qiymat hosil qilish uchun maksimal imkoniyat yaratadi. Sanoatning paxtani qayta ishlash, to’qimachilik, tikuvchilik tarmoqlariga mablag’ sarflash eng samarali, foydali bo’lib, o’zini tez oqlaydi.





Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish