O’zbekiston shaharlarining asl memoriy-badiiy korinishini asrash va rivojlantirish. Mavzu: O’zbekiston shaharlarining asl memoriy-badiiy korinishini asrash va rivojlantirish. Reja: 1. Shahar hududini rivojlantirish. 2. Qadimiy me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va restaviratsiya qilish. 3. Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar. Shahar hududini rivojlantirish tushunchasi, moxiyati va vazifalari. Aholi yashash punktlarini rivojlantirish – bu aholini normal turmush kechirish, ishlash va dam olish sharoitlari bilan mumkin qadar to‘laroq ta’minlanish maqsadlarida yer uchastkasidan mumkin qadar samarali foydalanishni kenglik – hududiy jihatdan rejalashtirish hamda uni hayotga tadbiq qilishdir. Yerdan foydalanishning kelgusidagi xarakterini aniqlash, Shuningdek kelgusida ushbu hududni rivojlanishiga erishish hududiy – kenglik jihatidan rejalashtirishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Xususiy mulkchilik hamda bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lgan sharoitda Shaharsozlikni sotsialistik hududni rejalashtirishga xos bo‘lmagan bir qator o‘ziga xos bo‘lgan qirralari mavjud. Shahar yerdan foydalanishi yaxlit bir birlik sifatida bu yerda qaraladi va uni rejalashtirishda yerga bo‘lgan huquqlar manfaatlari, yerdan foydalanishdagi ijtimoiy ustuvorliklar, yer munosabatlarini boshqarish va tartibga solish uslublari bir birlari bilan qo‘shilib ketishi zarur. Yerdan foydalanish o‘z ichiga yerlardan foydalanish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlarni oladi. Yerdan foydalanish bir qator qonunlar bilan tartibga solinadi. Yerdan foydalanish va atrof muxit to‘g‘risidagi qonunlar yer va ko‘chmas mulklar bozoridagi nomutanosibliklarni hal qilishda davlat qo‘lidagi kuchli quroldir, ba’zi birlari kishilar hayotiga va jamiyatning xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi sababdir hamda ular jamiyat farovonligiga to‘sqinlik qiladilar. Bu qonunlar insonlar turmush tarzi muxitining sifati va xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Shaharlar va boshqa aholi punktlari hududlarini rivojlantirish Shaharsozlik faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Shaharsozlik faoliyati bu inson yashash muxitini va turmush faoliyatini yaratish va o‘zgartirish bo‘yicha Shaharsozlik faoliyati sub’ektlarining barcha turlardagi harakatlaridir. Respublikaning barcha hududlari, jumladan viloyatlar, shaharlar, posyolkalar, qishloq aholi punktlari, alohida yer uchastkalari, bino va inshootlar, muxandisli–transport inshootlari, muxandisli infratizimlar, parklar, ko‘chmas mulklar, tarixiy va madaniy yodgorliklar, hayot muxitining boshqa kenglik komponentlari, Shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqiy tartibga solish ob’ektlari hisoblanadilar. 2017 yili Buxoroda madaniy qatlamlarni birmuncha pasaytirishga qaror qilindi. Ammo bunda ishlatilajak og‘ir texnika vibratsiyasi tarixiy binolarni yemirilishiga olib kelishi hisobga olinmagani sezilib qoldi. Eng achinarlisi, ayni ishlar odatdagiday ilmiy asoslangan loyihalarsiz, mutaxassislarning dastlabki tadqiqotisiz amalga oshirildi. Aslini olganda, madaniy qatlamni kamaytirishga juda katta zarurat ham yo‘q edi. Chunki o‘tgan asrning 80-yillarida mazkur shahardagi madaniy qatlam XVI-XVII asrlar darajasiga keltirilgan edi. Bugungi kunda saqlanib qolgan mahobatli tarixiy obidalarning aksariyati, poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilganidan so‘ng, aynan o‘sha — XVI-XVII asrlarda bunyod etilgan. Buxorodagi o‘tgan yilgi urinishlar oqibatida XVII asrning betakror va go‘zal obidalaridan biri — Abdulazizxon madrasasi yon tarafining markaziy qismi qulab tushdi. Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan madrasalarning eng qadimiysi – Mirzo Ulug‘bek madrasasi (XV asr) ham nurash arafasida. Bu ikki obida “Qo‘sh madrasa” nomli Buxoro tarixiy qismining markaziy ansamblini tashkil etgan. Ayni paytda Masjidi Kalon va Mir Arab madrasalarida restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Ularning yonida joylashgan “Qo‘sh madrasa” esa yanada ko‘proq ta’mir talab. Zudlik bilan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa, ulardan ajralib qolishimiz mumkin. Shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi; Hududlar va aholi punktlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan himoya qilish; Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong‘inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etish; Madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish; Aholi punktlarini aholi punktlarining tegishli turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat ko‘rsatish darajasidan kam bo‘lmagan muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish obyektlari bilan ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan (turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlari va inshootlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport obyektlari va boshqa obyektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |