O’zbekiston sanatoriyalari geografiyasi Mundarija kirish I bob. O’zbekiston sanatoriyalari haqida


-jadval O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy (2006y.)



Download 47,66 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2022
Hajmi47,66 Kb.
#471095
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston sanatoriyalari geografiyasi

1-jadval
O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy (2006y.)

Viloyatlar



Aholi soni, mln. kishi

Maydoni ming kv. km.

Shahar-lar soni

Tuman-lar soni

Shahar-chalar soni

Qishloq (ovu)lar soni (QFY)

Qoraqalpog`iston Respublikasi

1571,9


166,6


12


14


16


129


Andijon

2375,9

4,2

11

14

5

95

Buxoro

1525,3

40,3

11

11

2

120

Jizzax

1051,4

21,2

7

12

8

105

Qashqadaryo

2420,4

28,6

12

13

7

148

Navoiy

812,7

111,0

7

8

11

54

Namangan

2103,6

7,4

8

11

12

99

Samarqand

2907,5

16,8

11

14

7

125

Surxondaryo

1925,1

20,1

8

14

75

114

Sirdaryo

676,9

4,3

5

8

18

72

Toshkent

2468,0

15,3

16

15

10

146

Farg`ona

2878,9

6,7

9

15

7

164

Xorazm

1453,9

6,1

3

10

1

101

Toshkent shahri

2140,6

0,3

1

-

1

-

O`zbekiston Respublikasi

26312,7

448,9

120

159

113

1472



II BOB O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK O`RNI VA CHEGARALARI.
2.1. O`zbekiston sanatoriyalarining tashkil topishi
TURON sanatoriyasi Toshkent shahrida joylashgan yurak-qon-tomir a’zolari, asab tizimi, andrologik va ginekologik kasalliklari bo’lgan bemorlarni davolashga va sog’lomlashtirishga ixtisoslashtirilgan maskan. Miokard infarkti bo’lib o’tgan bemorlar uchun salomatlikni tiklash bo’limi ishlab turibdi. Davolash omillariga: iqlim bilan davolash, fizioterapiya, davolash badantarbiyasi, kam minerallashgan xlorid-gidrokarbonat-sulfat-natriyli va radionli ma’danli vannalar, basseyn va dushlar ko’rinishidagi turli suv bilan davolash usullari, balchiq bilan davolash kiradi. Tashxis qo’yishda va davolashda kompyuterli EKG va UZD apparatlari, klinik va bioximik laboratoriyalar, tor mutaxassislar: kardiolog, nevropatolog, urolog-androlog, ginekolog, dermatolog, okulist, psixoterapevt va stomatologlar faoliyat ko’rsatadilar.Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega. Bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Sanatoriya oshxonasida har xil shirin, lazzatli parhez taomlar beriladi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Bu yerda madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.

"CHINOBOD” sanatoriyasi Toshkent shahridagi balneologik balchiqli kurort. Davolanish uchun ko’rsatmalar: ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari remissiya bosqichida, ginekologik kasalliklar, qandli diabet.Asosiy tibbiy davo omillaridan: Toshkent artezian hovuzining termal (+51 C) madanli suvi, xlorid-gidrokarbonatli natriyli suvlari, Baliqli ko’lining balchig’ini ko’rsatib o’tish mumkin.Sanatoriyada zarur diagnostika va davolash xonalari mavjud. Madanli suvidan vannalar uchun, ichakni chayish, me’dani yuvish, duodenal drenajlar, davo ichimligi sifatida foydalaniladi. Suv va balchiq bilan davolash xonasida applikatsiyalar va galvanik loy ko’rinishidagi balchiq bilan davolanadi, parafin-ozokerit bilan muolajalar qilinadi, suv ostida dush-massaj qilinadi. Tabiiy davolash omillaridan tashqari, fizik vositalar bilan davolanadi, massaj davolash jismoniy tarbiyasi qilinadi, parhez ovqatlar beriladi. Yotoq binolari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari bor, ekskursiya tashkil etilgan. Sanatoriya hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.


"UMID GULSHANI” sanatoriyasining qisqa fursatda ona bo’lish tuyg’usini unutgan ayollarga onalik quvonchini baxsh etayotganligi tufayli, nafaqat O’zbekistonimizda, balki qo’shni davlatlarda ham shon shuxrati oshib bormoqda.


Sanatoriya ginekologiya va andrologiya bo’limlaridan iborat. Ularda erkak va ayollar bepushtlik sabablari tashxislanadi hamda bepushtlik, reproduktiv a’zolar kasalliklari muvafqiyatli davolanadilar.Sanatoriyada elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, ignarefleksoterapiya, lazeroterapiya, ozokerit-parafin, shifobaxsh balchiq, parhez ovqatlanish davolash maqsadida qo’llaniladi. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud.Sanatoriya yotoq bo’limi barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat.Dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, tennis, bilyard va diskoteka mavjud. Dam oluvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent shahrining muzeylari, teatrlari va ko’pincha so’lim joylariga sayohatlar tashkil qilinadi. Sanatoriya oshxonasida dam oluvchilarning buyurtmasiga asosan shirin, lazzatli taomlar beriladi,"vitaminli stol” tashkil etilgan. Sanatoriya hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.

"BOTANIKA” sanatoriyasi iqlimli va balneologik kurort kurort, Toshkent shahridan 30 km masofada, Tyan-Shan tog’i etaklarida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Quyoshli kunlarning ko’plig, quruq va musaffo havo iqlim bilan davolash o’tkazishga g’oyat qulay. Iqlim bilan birga, tabiiy davo omillari: termal xlorid-gidrokarbonad natriyli suvlari ichishga, vannalar va dushlar uchun, ichaklarni chayish va me’dani yuvish maqsadida qo’llaniladi. Xlorid-natriyli suvlar yurak-qon tomirlari, asab tizimlari, oshqozon-ichak yo’llari faoliyatini yaxshilashga ko’maklashadi va arterial qon bosimi ko’tarilishini oldini oladi. Ma’danli suvlardan tashqari, Jizzax viloyatining Baliqli ko’lidan keltirilgan shifobaxsh balchiqdan applikatsiya va galvano-balchiq bilan davolashda foydalaniladi.


Serquyosh kunlar, musaffo havo, shifobaxsh suv va davolovchi balchiqlarasab tizimlari hamda oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar sog’liqlarini tiklash uchun qulaydir.
Bundan tashqari, elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, igna-refleksoterapiya, lazeroterapiya, gidroaeroioniatsiya, ozokerit-parafin, parhez ovqatlanish davolash maqsadlarida qo’llaniladi. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud. Zarur klinik va bioximik laboratoriya, shuningdek ultratovush tashxislash usullari va davolash yuqori darajaga yetgan. Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalarga ega. Sanatoriyda bolalar (4-yoshdan boshlab) va ota-onalar, hamda qariyalar bo’limlari mavjud.
Dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, stol tennisi, bilyard va diskoklub mavjud. Shuningdek har turdagi ekskursiyalar uyushtirilib turiladi. Qo’shimcha xizmatlardan: sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo’limi, avtotransport turar joyi va boshqa turdagi xizmatlar faoliyat ko’rsatmoqda.

"BO`STON” sanatoriyasi – Toshkent shahridan 30 km masofada, dengiz sathidan 450 metr balandliklda, "Zax” kanalining bo’yida joylashgan. Serquyosh kunlar, shifobaxsh suv va davolovchi baliqlar asab tizimlari, yurak, qon-tomir, ginekologiya, urologiya kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun ajoyib davolash omillaridan hisoblanadi.


Davolash maqsadida termal sulfat-kaltsiy, ishqorli natriy, azot minerallariga boy bo’lgan madanli suv vannalari beriladi. Shuningdek elektronur, davolash jizmoniy tarbiyasi, psixoterapiya, ignaterapiya, lazeroterapiya, galvanobalchiq, parafin-ozokeritlar qo’llaniladi. Zarur diagnostika uchun ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, roentgen xona, klinik va bioximik laboratoriya mavjud.
Yotoq binolari shinam jihozlangan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Shuningdek oshxona, fitobar, klub, kutubxona, bar va sauna sizning xizmatingizda.
Dam oluvchilar uchun qo’shimcha xizmatlardan sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo’limi va avtotransport turar joyi faoliyat ko’rsatmoqda.

"OQ-TOSH” sanatoriyasi Toshkent shahridan 65 km masofada joylashgan tog’-iqlimiy kurort. Xududi keng bargli o’rmonzorlar bilan o’ralgan bo’lib, undan Oqtosh va Ayubsoy tog’ daryolari oqib o’tadi.


Davolash omili: musaffo tog’ daryolaridan keladigan tabiiy gidroinlanish kelib chiqishi jihatidan nospetsefik nafas a’zolari kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni davolashda ta’sir qiladi.
Davolash uchun ko’rsatmalar: nafas a’zolarining tuberkulyozga aloqador bo’lmagan kasalliklari.
Davolash kompleksi fizioterapiya, sun’iy vannalar (ignabargli, tuzli), sauna, parafin va ozokerit bilan davolash, massaj, davolash badantarbiyasi, terrenkur, parhezli ovqatlanishdan iborat.
Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o’rinli xonalari bor. Kino zali bo’lgan klub, kutubxona, sport maydonchalari bor. Ekskursiyalar tashkil etilgan. Sanatoriy hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.

"CHIMYON” sanatoriyasi Farg’ona shahridan 32 km masofada, Katran-Tau tog’ tizmasi yon bag’rida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan balneologik kurort.


Shifobaxsh omillardan – minerallashganligi turlicha bo’lgan serovodorodli ma’danli suvlardan vannalar, chayishlar maqsadida va dush usulida, shuningdek sulfat-gidrokarbonat-natriyli, kuchsizmineral suvdan ichish uchun foydalaniladi. Baliqli ko’lining shifobaxsh balchig’i esa applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi. Davolash uchun ko’rsatmalar: asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari va ginekologik, urologik kasalliklar.
Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Alohida binoda bolalar ota-onalari bilan birga davolanishlari uchun sharoit yaratilgan.
Sanatoriyada bugungi kunning talablariga javob beradigan davolash-tashxislash xonalari, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, lazeroterapiya, parafin-ozokerit, fitoterapiya va parhez ovqatlanish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida qo’llaniladi.
Sizning xizmatingizda oshxona, madaniyat saroyi, kutubxona, raqs va sport maydonchalari, aloqa bo’limi, sartaroshxona ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.

Download 47,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish