68
chidamli, kam yeyiladigan qiladi. Odatda, tarkibida 0,08 – 0,3% C bo‟lgan uglerodli yoki legirlangan
po‟latlar sementitlanadi.
Sementitlash Ac
3
krirtik nuqtasidan yuqoriroq haroratgacha (930-950
0
C) qizdidirilib, uglerodga
boy bo‟lgan to‟yintiruvchi muhitda amalga oshiriladi. Bunda po‟lat sirtining qattiqligi ortadi (58 – 60
HRC), o‟zagi esa qovushoqligicha qoladi.
Tishli gildiraklar, porshen barmoqlari, vallar, о‟qlar, richaglar, chervyaklar, podshipnik qismlari kabi
detallar sementitlanadi.
Pо‟latni sementitlash uchun uglerodga boy muhitdan foydalaniladi. Bu muhit
karbyurizator
deb ataladi.
Sementitlash jarayoni qattiq, suyuq va gazsimon karbyurizatorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Qattiq karbyurizatorda sementitlash uchun tarkibi 70 % pista kо‟mir, 20-25% bariy karbonati,
2,5…3,5 % kalsiy karbonatidan iborat aralashma bilan yashikka joylashtirilgan detallar kо‟miladi-da,
yashikning qopqog‟i yaxshilab, havo kirmaydigan qilib berkitiladi va harorati 930…950
0
C bо‟lgan
pechda 5…10 soat davomida qizdiriladi. Odatda, har bir soatda buyumning 0,1 mm qalinligi
sementitlanadi; tо‟yintirilgan qatlamda uglerod miqdori 0,95…1,1% ga yetadi.
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash usulida kо‟p uglerodli gazlardan, masalan, uglerod (II) -
oksid, tо‟yingan uglevodorodlar (С
n
H
2n+2
) va tо‟yinmagan uglevodorodlar (С
n
H
2n
) dan foydalaniladi.
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash uchun detallar pechning germetik berkitiladigan
kamerasiga joylashtiriladi va 920…950
0
C gacha qizdirilib, ularning ustidan gaz о‟tkaziladi. Bu jarayon
6…9 soat davom ettirilsa, detallarning 1,2…1,6 mm qalinlikdagi sirtqi qatlami uglerodga tо‟yinadi.
Bu usulning qattiq karbyurizatorda sementitlashga nisbatan kо‟pgina afzalliklari bor. Bunda kerakli
qatlam qalinligini ta„minlash oson, jarayonni bajarish vaqti kam, uni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish imkoniyati mavjud, ish joyi toza saqlanadi, sementitlash uchun maxsus uskunalar
qо‟llanilmaydi, shu pechdan foydalanib sementitlangan detalni tо‟g‟ridan-tо‟g‟ri toblash mumkin va
hokazo.
Suyuq muhitda sementitlash detallarning sirtqi qatlamlarini uglerodga tо‟yintirib, yupqa - 0,5 mm
gacha qatlam olishda foydalaniladi. 75…85% Na
2
CO
3
, 10…15% NaCl va 5…10%SiC tarkibli
aralashmani 820…850
0
C haroratgacha qizdirib, suyultirib, sementitlanadigan buyumni shu muhitga 2
soatgacha botirib turilsa, 0,50 mm gacha qatlam uglerodga tо‟yinadi. Aralashmada SiC va Na
2
CO
3
bо‟lganligidan vannada qu‟yidagicha reaksiya boradi:
2Na
2
CO
3
+ SiC = Na
2
SiC +Na
2
O+2СO+С
Bu usulda ishlatiladigan tuzlar zaharli emas, jarayon tez о‟tadi, detallarning sirti toza chiqadi.
Sementitlangan detallar toblanib, bо‟shatiladi.
Kam ma„suliyatli detallar bevosita pechdan chiqarilgandan sо‟ng toblanib, past haroratda
(150…170
0
C) bо‟shatiladi.
Muhimroq detallar sementitlangan keyin havoda sovitiladi va 850…900
0
C gacha qizdirilib,
toblanadi. Shunday qilinganda detall о‟zagining donalari maydalanadi. Toblangan detalning sirtqi
qatlamining strukturasi mayda ninasimon martensit, ozroq qoldiq austenit va sementitdan, о‟zagining
strukturasi esa mayda donalardan iborat bо‟ladi. Sо‟ngra pо‟lat bо‟shatiladi.
Juda muhim detallar 2 marta toblanadi. Birinchi, 850…900
0
C dan moyda yoki havoda toblanib,
buyumning о‟zagining donalari maydalashtiriladi, sо‟ngra esa 760…800
0
C da toblanib yuza qismida
qattiqligi yuqori bо‟lgan, mayda donali martensit, о‟zak qismi esa chala toblanib, sorbit bilan ferrit
strukturalari aralashmasi hosil qilinadi. Sementitlanib, toblangan uglerodli pо‟latlarning yuza qatlamining
qattiqligi 60…64 НRC ga, legirlangan pо‟latlarniki esa 58…61 НRC ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: