75
avtoklarda (140-160
0
C tempraturada 0,3-0,4 Mpа bosimida) yoki gidravlik presslarda qaynoq qoliplarda
amalgam oshiriladi. Sovuqlayin vulkanizatsiya qilish rezinaga oltin gurgut yarim xlorli eritmasini
kiritishda iborat. Vulkanizatsiyalashda plastik kauchik mustahkam va elastik material bo‟lmish rezinaga
aylanadi. Jarayonni intensifikatsyalash uchun aralashmaga 0,1dan 2,5% gacha miqdorda vulkanizatsiyani
tezlatkichlar (koptaks, tiuram va boshqalar) kiritiladi. Rezina mustaxkamligini oshirish va uning
tannarxini kamaytirish maqsadida to‟ldirgichlar qo‟shiladi.To‟ldirgichlar noaktiv (talk,bo‟r) va aktiv
(qurum, kremniy, titan va magniy oksidlari, kaolin) xillarga bo‟linadi. Aktiv to‟ldirgichlar kauchuk
molekulalari bilan reaksiyaga kirishadi.
Rezinaning mustahkamigini ancha oshirish uchun undan yasalgan buyumlar armirlanadi, ya‟ni
mustahkamligini oshirish maqsadida devorlari metall-kord, po‟lat sim yoki to‟r, shisha yoki kapron
iplari qo‟shib to‟qiladi. G‟ovak, yacheykali rezina olish uchun xom rezina tarkibiga maxsus materiallar
kiritiladi. Bu materiallar qizdirilganda parchalanadi va rezinaning xajmini kattalashtiradi, unda
g‟ovaklilar, bo‟shliqlar paydo qiladi.
Tayyorlanish usuliga ko‟ra shtamplangan, qoliplangan va yelimlangan rezinalar bo‟ladi gazlamaga
maxsus rolikli yelim shimdirish mashinalarida rezina singdiriladi; bunda gazlama roliklar tizimi orqali
uzliksiz harakatlanib turadi. Ishlatilishiga ko‟ra issiqbardosh, sovuqbardosh, moy va benzin ta‟siriga
chidamli, kislota va ishqorbardosh, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan rezinalar bo‟ladi. Xossalariga
ko‟ra tarkibida 1-3% oltingugrt bo‟lgan yumshoq (elastik), tarkibida 27-35% oltingugurt bo‟lgan,
ebonit
deb ataladigan qattiq rezina xillari bo‟ladi. Rezina listlardan zichlamalar, amortizatorlar, qistirmalar
yasaladi. Sanoatda rezinadan va uning boshqa materiallar bilan birlashmasidan tayyorlangan har xil
tasmalar va boshqa buyumlar ko‟p ishlatiladi.
Rezinlar ichida poliuretanlar alohida o‟rin egallaydi. Rezinalarga qaraganda ularning fizik-mexanik
xossalari yuqori, agressiv muhitlarga, yog‟, suyiltirilgan kislota va ishqorlarga chidamlik, mustahkamligi
katta, yeyilishga chidamli, yirtilishga qarshiligi katta. Uning ish harorati
30
o
S dan +80
o
C gacha. CKУ-
ПФЛ markali poliuretan (uretanli plastifikatsiyanlangan qo‟yma sintetik kauchuk) mamlakatimizda
chiqariladigan eng yaxshi poliuretan mashinalarning so‟rish vallalarini qoplashda ishlatiladi, rezinalarga
qaraganda xizmat muddati 3 marta ko‟proq. Poliuretan poyavzal sanoatida tagcharm tayyorlashda keng
qo‟laniladi.
Abraziv materiallar
Abrazivlar xarakterisktikasi. Abrazivlar deb, metal bo‟lmagan, konstruksion materiallarga ishlov
berishda qo‟llanadigan moddalarga aytiladi. Ular o‟ziga yarasha qattiqlikka, o‟tkir kesuvchi qirralarga
ega. Texnikada ishlatiladigan abraziv materiallar tabiiy (olmos, korund, kvars) va su‟niy (sintetik
olmoslar,
elektr-korund, kremniy karbidi) xillarga bo‟linadi.
Abraziv materiallar uchun ularning donliligi,
qattiqligi, mexanik mustahkamligi,
abraziv xususiyatlari
xosdir. ГОСТ 3647-80 ga ko‟ra abraziv materiallar to‟rt guruhga, ya‟ni silliqlovchi zarralarga,
silliqlovchi kukunlarga, mikrokukunlarga va mayin mikrokukunlarga bo‟linadi. Har bir guruhdagi
materiallar zarralarining nomerlari bilan bir-biridan farq qiladi. Silliqlovchi zarralar va silliqlovchi
kukunlarning donadorligi millimetrning yuzdan bir ulushi bilan, mikrokukunlar mikrometr bilan
aniqlanadi. Abraziv materiallar zarralarining o‟lchamiga ko‟ra 28 ta nomerga bo‟linadi: silliqlovchi
zarralar
200, 160, 126, 100, 80, 63, 50, 40, 32, 25, 20, 16; silliqlovchi kukunlar
12, 10, 8, 6, 5, 4, 3;
mikrokukunlar
M63, M50, M40, M28, M20, M14; mayin mikrokukunlar
M10, M7, M5.
Abrazivlarning mineral qattiqligi maxsus shkala bo‟yicha nomerlanadi, unda olmosning qattiqligi 10 deb,
qumtoshning qattiqligi
__
7, korundniki
9,
kremniy karbidniki
9,5 deb qabul qilingan.
Elektr-korund alyuminiyning kristal oksidi bo‟lib (99%Al
2
O
3
), yuqori qattiqlikka ega.
Kremniy
karbidi (karbarund SiC) 2000
0
S haroratda kvars qumini ko‟mir kukuni bilan suyultirib aralashtirish yo‟li
bilan olinadi, uning kesish xossalari juda yaxshi, lekin mo‟rt.
Bor kabidi B
4
C qora rangli bo‟lib, kristall
ko‟rinishidagi bor kislotasini uglerod bilan suyultirib aralashtirish yo‟li bilan olinadi, uning qattiqligi
nihoyatda yuqori.
Keyingi vaqtlarda kubonit, elbor va slavutich kabi o‟ta qattiq materiallar keng ishlatila boshlandi.
Kubonit va elbor bor bilan azotning kimyoviy birikmasi bo‟lib, qattiqligi olmosnikiga o‟xshash,
76
otashbardoshligi jihatidan undan ustun turadi. Slavutich o‟ta qattiq, yeyilishiga chidamliligi va
mustahkamligi yuqori materialdir.
Savol va topshiriqlar:
1. Kukun metallurgiyasi deb nimaga aytiladi?
2. Kukunlardan detallar tayyorlashning qanday usullarini bilasiz?
3. Qanday qotishmalar metall-keramik qattiq qotishmalar deyiladi?
4. Mineral-keramik qattiq qotishmalarga nimalar kiradi?
5. Plastmassalar tarkibi nimalardan iborat?
6. Rezina deb nimaga aytiladi?
7. Abrazivlar deb qanday moddalarga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: