Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov
beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda,
keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan,
o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtab–to’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat
dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik
liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka
shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak
bo’lsin (1.2 – rasm).
1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish
va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash
Do'stlaringiz bilan baham: |