2.Mummоlаr. Tаlim tizimini tubdаn islох qilish. Uning mutaxassisliki, urni, bоshkа fаnlаr bilаn munоsаbаti.
Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu - nazariy jihatdan qo’yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o’rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.
O’qitish metodikasi tushunchasi:
pedagogning o’qitish usullari va o’quvchining o’qish usullari hamda o’quvchining o’qituvchi bilan o’zaro bog’langanligini;
v) o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishish bo’yicha hamkorlikda ishlashning o’ziga xosligi, ya’ni o’qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike) bo ‘lib, insonni shakllantirishda inuayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta’lim-tarbiya be- rishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Metodologiya esa (yunoncha metod va logiya so’zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limotdir.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o’z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, awalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasida metodologiyaga quyida gicha ta’rif berilgan: «Metodlar haqidagi ta’limot fanda metodologiya deyiladi».
«Metodologiya-tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot».
«Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi umumiy bilish metodi» deb ham ta’riflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yo’lini o’rgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biron jihatini o’rgatuvchi metodologiyaga metalizikani, voqelikni chiziqli rivojlanishi, o’zgarish jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda ro’y beruvchi, keskin halokatli o’zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o’rganishda qo’llanilayotgan metodologiyaga sinergetikani misol sifatida kiritish mumkin» deyiladi, mazkur ensiklopediyada.
Insonning boshqa maxluqotlardan farqi uning ma’lum bir maqsad sari harakat qilishidir. Maqsadga yetishda turli-tuman to’siqlarga duch kelinadi. Muayyan to’siqni yechish uchun qo’llaniladigan chora yoki tadbirni usul deyiladi. Maqsadga yetishda qo’llaniladigan chora-tadbirlar ma’lum bir ketma-ketlikda qo’llaniladi. Bu- qonuniyat. Ana shu turli-tuman chora- tadbirlarni ma’lum bir ketma-ketdikda qo’llash usullar tizimi bo’ladi.
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o’rganish, o’qitish metodlari to’g’risidagi ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |