O’zbekiston respuplikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti maktab menejmenti kafedrasi fanidan kurs ishi bajardi Rahbar jizzax – 2022 Mavzu


O’qituvchi faoliyati to’g’risida qarashlar



Download 258 Kb.
bet8/14
Sana04.07.2022
Hajmi258 Kb.
#739219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Qo’shimcha ta’lim faoliyatini ichki baholash mezonlari va ko’rsatkichlari

O’qituvchi faoliyati to’g’risida qarashlar.  Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o’rni haqida. Jamiyat tomonidan o’qituvchi shaxsiga qo’yilayotgan talablar o’z davrida SHarq mutafakirlari hamda G’arb ma`rifatparvarlarining asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o’qituvchining ma`naviy-axloqiy jihatdan etuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o’qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya`ni, u o’zi ega bo’lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o’rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo’la oladi.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o’z asarlarida o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o’rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog’lom bo’lib o’sishida ota-onalar o’ziga xos rol o’ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o’qituvchining o’rni beqiyos ekanligini ta`kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini ta`kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur», - deydi.
YAn Amos Komenskiy o’z davrida o’qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o’qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta`kidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o’z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o’z qadr-qimmatini to’la baholay bilishi zarur. YA.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqligiga urg’u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortida ergashtiruvchi va diniy e`tiqod.
K.D.Ushinskiy o’qituvchi ma`naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g’oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o’qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug’ullanish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir fazifadir...Negaki fikrning quvvati ziynati, kengligiga, muallimning tarbiyasiga bog’liqdir».
Buyuk rus pedagogi K. D. Ushinskiy ham o’qituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta`sirini yuqori baholadi. Ushinskiy Rossiyada o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi bor ishlab chiqdi.
Ushinskiy pedagogning ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo g’ayratlanish va zavqlanishni talab qiladi: bu ish tashqi tomonidan bir turda bo’lib ko’rinadi, uning tezda ko’zga ko’rinmaydi. Bu yoshda katta xavf bor, yil sayin bir xil narsadan ta`lim beraverish natijasida « o’rganib qolib, ta`limni mexanik suratda olib borishi mumkin». Ushinskiy o’qituvchini bu xavfdan ehtiyot bo’lishga va hamisha ilgariga qarab siljishga chaqirdi. Tashqaridan qaraganda maktab o’qituvchisining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. Ushinskiy jamiyatdan o’qituvchilarga zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan qarashni, hamisha e`tibor berishni talab qiladi. O’qituvchi biror fanning o’qituvchisigina bo’lmasdan, balki tarbiyachi ham bo’lishi kerak: o’z kasbini sevishi, tarbiya, ishiga zo’r ma`suliyat tuyg’usi bilan qarashi; u ma`lumotli kishi bo’lishi, pedagogika bilan psixologiyani bilishi, pedagogik mahoratga, pedagogik odobga ega bo’lishi lozim.
Rus psixologii I.V.Straxov «Pedagogik takt psixologiyasi» nomli asarida o’qituvchining odobi masalasini tadqiq qilib bergan. Rus olimasi N.V.Kuz’mina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning roli va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. A.I.SHcherbakov pedagogik faoliyatida mahorat juda muhim o’rin egallashini ta`kidlab, o’qituvchining shaxsiy fazilatlari, uning bilimlari, amaliy ko’nikma va malakalari o’zaro birlashib pedagogik mahoratini vujudga keltiradi, deydi. Pedagogik mahoratinining shakllanishi o’qituvchi shaxsini takomillashish jaroyoni bilan uzviy bog’liqdir. Yirik o’zbek olimi S.R. Rajabov butun umr va faoliyatini o’qituvchi shaxsini tadqiq qilishga, o’qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishga bo’lg’usi muallimlarni sharqona tarbiyalashga bag’ishlangan. O’zbek olimi M.O. Ochilovning ko’p yillik tadqiqoti ichida o’qituvchi shaxsini shakllantirish markaziy o’rinni egallaydi.

Download 258 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish