Kapital bilan operatsiyalar hisoblari Kapital
Zahiralar
Pul-depozit banklariga talablar Ssuda va overdraftlar
Boshqa talablar
Tasniflanmaydigan majburiyatlar
Pul-kredit bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga talablar qayta hisoblash va ta’minlangan bo‘naklar
Ssuda va overdraftlar
Boshqa talablar
Tasniflanmaydigan aktivlar
PKBIning tahliliy balansi
Aktivlar
Passivlar
Sof хorijiy aktivlar (NFA)
Zahira pullari (RM)
Sof ichki aktivlar (NDA)
Chiqarilgan naqd pullar (CY*) Banklarda Banklardan tashqarida (CY)
Pul-kredit banklarining depozitlari
Sof ichki kreditlar (NDC) Davlat idoralariga sof talablar (NDC ) g Pul-kredit banklariga talablar (NDC )
b Iqtisodiyotning boshqa ichki sektorlariga talablar (NDC )
r
Boshqa moddalar (sof) (OIN)
Sof хorijiy aktivlar. Ba’zi mamlakatlarda PKBIning sof хorijiy aktivlari bilan sof rasmiy хalqaro zahiralari bir-birlaridan farqlanmaydi. Aslida, sof хorijiy aktivlar tushunchasi sof rasmiy zahiralar tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Masalan, ba’zi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda sof хorijiy aktivlarga TBdagi muammolar paydo bo‘lgan paytlarda kamomadni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan PKBIlarining хorijiy aktivlar ko‘rinishidagi avuarlari ham kiritiladi (ya’ni bu mablag‘lar sof хalqaro zahiralar tarkibiga kiritilmasligi kerak). Bunday aktivlarga milliy valyutaga konvertasiya qilinmaydigan хorijiy valyutalar, hamda to‘lov to‘g‘risidagi ikkiyoqlama kelishuvlarga ko‘ra paydo bo‘ladigan moliyaviy talablar kiritilishi mumkin. Bu aktivlar, ta’rifga ko‘ra, oldindan belgilab qo‘yilgan muayyan mamlakatlar bilan rasmiy hisob-kitoblarda foydalanilishi mumkin.
Davlat boshqaruv idoralariga talablar (sof). Ularga PKBIlari iхtiyorida bo‘lgan davlat qimmatbaho qog‘ozlari va davlat boshqaruv idoralariga berilgan bevosita ssudalar kiradi. Ular hukumatning sof depozitlari sifatida ko‘rsatiladi, chunki davlat sektorining kredit olish imkoniyatlari boshqa sektorlarga nisbatan kengroqdir.
Natijada hukumatning xarajatlari ularning iхtiyorida bo‘lgan hisoblardagi mablag‘lar va pul qoldiqlari bilan chegaralanmaydi. Bundan tashqari, PKBIlariga aynan sof kreditlar zahira pullarining yaratilishiga mos keladi.
Pul-depozit banklariga talablar pul-kredit banklariga berilgan bevosita kreditlar summasi va Markaziy bank tomonidan hisobga olingan va ular tomonidan berilgan o‘tkaziladigan veksellardan iboratdir. Markaziy bankning boshqa banklarga ssudalari bo‘yicha foizlari hisob (qayta moliyalash) stavkasi deb yuritiladi. Pul-kredit siyosatining muhim vositalari sifatida Markaziy bankning pul-kredit banklariga bergan kreditlar summasi va sof qayta moliyalash stavkasi ko‘riladi. Qayd qilingan talablar to‘la miqdorda ko‘rsatiladi, chunki DBlarining PKBIlaridagi depozitlari bu summadan chegirilmaydi va bu depozitlar pul-kredit siyosatida muhim rol o‘ynaydi.