O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Boshqaruv  sohasidagi  islohotlar



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Boshqaruv  sohasidagi  islohotlar.

  O’zbekistonda  boshqaruv  tizimi  tubdan  isloh  qilindi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishni  ta’minlovchi,  bozor  munosabatlarining  faoliyati  uchun  imkon 

beruvchi  yangi  boshqaruv  strukturasi  yaratildi.  Markazlashtirilgan  tartibda  qayta  taqsimlash 

mexanizmidan  bozor  mexanizmiga,  qattiq  mahkamachilik  va  ma’muriy-buyruqbozlikdan 

huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. 

Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja qo’mitasi, 

Davlat  ta’minot  qo’mitasi,  Davlat  narxlar  qo’mitasi,  Davlat  agro-sanoat  qo’mitasi  va  boshqa 

qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. 



Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini 

shakllatirish  bilan  bir  qatorda,  davlat  soliq  siyosatini,  moliya  siyosatini  belgilamokda,  valyuta 

ishlarini  boshqarmoqda.  Bank  tizimi  isloh  etildi.  Davlat  banki  va  uning  bo’linmalari  tugatildi, 

Markaziy  bank,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  ixtisoslashtirilgan  aktsiyadorlik-tijorat 

banklari-"O’zsanoatqurilishbank", 

"Paxtabank", 

"O’zjamg’armabank", 

"G’allabank", 

"Tadbirkorbank",  "Savdogarbank",  xususiy  va  boshqa  banklar  tuzildi.  Banklarning  mustaqilligi 

va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi. 

Davlat  nazorati  tizimi  tartibga  solindi.  Davlat  soliq  qo’mitasi,  Bojxona  qo’mitasi  tuzildi. 

Davlat  nazorati  qo’mitasi,  uning  joylardagi  organlari  tugatildi.  Prezident  devonida  nazorat 

inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi. 

Davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo’llab-quvvatlash  davlat  qo’mitasi  tashkil 

etildi.  Bu  qo’mita  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  dasturlarini  ishlab 

chiqishda,  ko’p  ukladli  iqtisodiyotni  shakllantirishda  muhim  tadbirlarni  amalga  oshiradi. 

Qo’mita  investitsiya  fondlari,  fond  birjalari,  ko’chmas  mulk  birjalari,  auditorlik  xizmatlari  va 

boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. 

O’zbekistonning ishlab chiqarish,  transport bo’yicha tarmoq  vazirliklari tugatilib, ular o’z-

o’zini  mablag’  bilan  ta’milaydigan  uyushmalarga,  kontsernlarga,  korporatsiyalarga  va  boshqa 

xo’jalik  birlashmalariga  aylantirildi.  Avtomobil  transportida,  qurilishda  boshqaruv  tizimi  qayta 

tuzildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi, 

Sog’liqni  saqlash  vazirligi,  Madaniyat  ishlari  vazirligining  strukturasi,  faoliyat  va  ish  yuritish 

usullari tubdan o’zgardi. 

Umummilliy  ahamiyatga  molik  bo’lgan  tarmoqlarda,  masalan,  sayohatchilik,  transport, 

madaniyat,  kino,  televidenie  va  radio  tizimi  va  boshqalarda  iqtisodiy  jihatdan  mustaqil  bo’lgan 

milliy kompaniyalar tashkil etildi. 

Shunday  qilib,  mustaqillik  qo’lga  kiritilgandan  beri  o’tgan  qisqa  tarixiy  davrda  huquqiy 

davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga 

ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv 

idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 

organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish