O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Istiqlolchilik  harakatining  mag’lubiyatga  uchrash  sabablari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Istiqlolchilik  harakatining  mag’lubiyatga  uchrash  sabablari. 

Turkistonda  sovet 

hokimiyatiga  qarshi  ko’tarilgan  qurolli  harakat  mag’lubiyatining  ko’plab  asosli  sabablari  bor, 

albatta. 

Eng  asosiy  sabablardan  biri  -  bu  Vatan  kurashchilarining  ulug’vor  maqsadlar  sari  aholi 

barcha  tabaqalarini  jipslashtirishga  qodir  bo’lgan  yagona  milliy  g’oyaga  tayanmaganligida  edi. 

Harakat yagona dastur asosida tashkil etilmadi. 

Qo’rboshilar  siyosiy  kurashda  toblangan  ilg’or  jadid  namoyandalarini  harakatga  faol  jalb 

qila olmadilar. 

Harakatning  bir  markazdan  turib  boshqarilmaganligi,  joylarda  harakat  qilgan  kuchlar 

o’zlarining  tor  hududiy  chegaralari  bilan  o’ralashib  qolganligi,  mahalliy  qo’rboshilarning  o’z 

manfaatlariga  berilishi,  dunyoqarashi  torligi,  cheklanganligi,  manmanlik  kasaliga  chalinganligi, 

bir-birlari  bilan  kelisholmasligi,  o’zboshimcha  xatti-harakatlarga  intilishi  kabi  hollar  oxir-

oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy salbiy ta’sir qildi. 

Qurolli  harakatga  qalqigan  kuchlarning  yetarli  moddiy-ta’minot  bazasiga,  qurol-aslaha 

zahirasiga ega bo’lmaganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 

Tashqi dunyo bilan aloqa qilish, chetdan yordam, harbiy madad olish imkoniyati bo’lmadi. 

O’lka zo’ravoni  bo’lib olgan sovetlar esa o’z qo’shinini  yetarli darajada zamonaviy qurol-

yarog’lar va harbiy kuchlar bilan ta’minlay olgan edi. 

1920-yilda  uning  tasarrufida  115376  nafar  jangchi,  shuningdek  11112  ta  pulemyot,  yuzlab 

to’plar,  bronopoyezdlar,  o’nlab  samolyotlar  va  boshqa  zamonaviy  qurollar  mavjud  edi.  Harbiy 

kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash taqdirini qizillar foydasiga hal etilishiga olib keldi. 

Bu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida o’chmas fojiali iz qoldirdi. 

Ba’zi  aniqlangan  rasmiy  ma’lumotlarga  qaraganda,  u  milliondan  ziyod  mahalliy  millat 

kishilarining aziz umrlariga zomin bo’ldi. Minglab oilalarning o’z ona zaminini tark etib, begona 

yurtlarga  bosh olib ketishlariga sabab bo’ldi. Kolaversa, qanchalab son-sanoqsiz odamlar mana 

shu milliy fojia bois mamlakatning boshqa, uzoq hududlariga surgun va badarga qilindi. 

Biroq  bu  xalq  harakati  bejiz  ketmadi.  U  yurtdoshlarimizga  katta,  ibratli  saboqlar  berdi, 




ularning  kurash  tajribasining  boyishiga  muhim  ta’sir  ko’rsatdi.  Zero,  ona  O’zbekistonimizning 

istiqlolga  yuz  tutib,  dorilamon  zamonlarga  musharraf  bo’lishida,  bugungi  baxtiyor  avlod 

kishilarining  mustaqillik  oliy  ne’matidan  to’la  bahra  topishida  o’sha  20-30-yillarda 

bobokalonlarimiz  qilgan  ulkan  sa’y-harakatlar,  to’kkan  qutlug’  qonlar,  bergan  bemisl 

qurbonlarning ibrati oz muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod 

kishilarining yodida, shuurida hamisha saqlanadi, faxr-iftixor tuyg’usi bilan eslanadi. 

Nazorat savollari

 

1.

 



1917-yilgi  fevral  inqilobi  Turkistonning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  qanday  o‘zgarishlarni 

yuzaga keltirdi? 

2.

 

«Sho‘royi Islomiya» tashkiloti qanday maqsadlar yo‘lida tashkil etilgandi? Uning faoliyati 



haqida nimalarni bilasiz? 

3.

 



Qanday kuchlar «Sho‘royi Ulamo» tashkilotini tuzdilar? 

4.

 



Nima sababdan «Sho‘royi Islomiya» va «Sho‘royi Ulamo» o‘rtasida bo‘linish yuz berdi? 

5.

 



Umumturkiston musulmonlari I qurultoyida qanday masalalar hal qilindi? 

6.

 



Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi haqida nimalarni bilasiz? 

7.

 



Turkistonda Sovet hokimiyati qay tarzda yuzaga keldi? 

8.

 



Turkistonda  tuzilgan  birinchi  Sovet  hukumati  —  Xalq  Komissarlari  Soveti  tarkibini  siz 

qanday baholaysiz? 

9.

 

Turkiston Muxtoriyati tuzilishini taqozo qilgan asosiy omillar deb nimalarni bilasiz? 



10.

 

Turkiston Muxtoriyati zimmasiga qanday tarixiy vazifalar yuklangan edi? 



11.

 

Turkiston Muxtoriyatini halokatga olib kelgan asosiy sabablar nimalardan iborat? 



12.

 

Turkiston  Avtonom  (Muxtor)  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  tuzilishi  qanday 



maqsadlarni ko‘zda tutardi? 

13.


 

Nima  uchun  Farg‘ona  vodiysi  sovetlar  zo‘ravonligiga  qarshi  qurolli  harakatning  asosiy 

markazlaridan biriga aylangan? 

14.


 

Qarshilik harakatining taniqli namoyandalari kimlar? 

15.

 

1917-yilgi  fevral  va  oktabr  o‘zgarishlari  ta’sirida  Xiva  va  Buxoroda  ijtimoiy-siyosiy 



vaziyat qay tarzda rivojlanib bordi? 

16.


 

«Yosh xivaliklar»ning maqsadi nimalardan iborat edi? 

17.

 

Xiva xonligi qanday yo‘sinda tugatildi? 



18.

 

«Yosh buxoroliklar» kimlar? Ularning rahnamolaridan kimlarni bilasiz? 



19.

 

Buxoro amirligi qanday ag‘darildi? 



20.

 

Xiva xonligi va Buxoro amirligi o‘rnida qanday respublika tashkil etildi? 



 

 



 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish