O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Qo‘qon  xonligi  madaniyati.

  Qo‘qon  xonligining  XVIII-XIX  asrlar  1-yarmida  kechgan 

madaniy  hayotida  ham  sezilarli  ijobiy  o‘zgarishlar  va  siljishlar  yuz  berib  borganligi  ayondir. 

XIX asrda Qo‘qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borgan. Oldinlari yozilgan bir 

necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. 

Bu  yangi  asarlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  ham  bor  edi  –  ularning  ayrimlari  she’riy  yoki 

qisman  she’riy  yo‘lda  yozildi.  Bu  esa  qo‘qonlik  tarixchilarning  adabiyotni  yaxshi  bilibgina 

qolmay,  o‘zlari  ham  she’riyatda  qalam  tebratganliklarini  ko‘rsatadi.  Masalan,  «Tarixi 

jahonnamoyi»  (Junayd  Mullo  Avazmuhammad  Mullo  Ro‘zi  Muhammad  so‘fi  o‘g’li), 

«Shohnoma»  (Abdulkarim  Fazliy  Namangoniy),  «Shohnomayi  Umarxoniy»  (Mirzo  Qalandar 

Mushrif  Isfarangiy,  u  Fazliy  Namangoniyning  «Zafarnoma»  asarini  nasriy  qilib  yozgan). 

«Muntaxab  attavorix»  (Xo‘ja  Muhammad  Hakimxon  to‘ra  bin  Sayid  Ma’sumxon),  «Tarixi 

Shohruxiy»  («Tarixi  sayyidi  Xudoyorxon»,  Mullo  Niyoz  muhammad  Xo‘qandiy  Niyoziy  bin 

Mullo bin Ashur Muhammad Xo‘qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo‘ja ibn 

Qorixo‘ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo‘qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy 

Namangoniy) va b. 

XIX  asr  boshlarida  shakllangan  Qo‘qon  adabiy  muhiti  ham  xonlikning  madaniy  hayotida 

katta  o‘rin  tutgan.  Qo‘qon  hukmdorlarining  qator  namoyandalari  temuriylar  an’anasini  davom 

ettirib,  o‘zlari  ham  ilm-ma’rifat  bilan  shug’ullanib,  bu  sohani  ravnaq  topdirishga  katta  sa’y-



harakat  qilganlar.  Ayniqsa,  bunda  Qo‘qon  xonlaridan  Umarxon  (1810-22)  va  muhammad 

Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. 

Xususan,  Akmal  (Maxmurning  otasi),  Amiriy  (Qo‘qon  xoni  Umarxon),  Boqixonto‘ra, 

Muhammad  Sharif,  Gulxaniy,  Maxmur  (Mahmud),  Muntazir,  Nizomiy  Xo‘qandiy  (asl  nomi 

Nizomiddin  Muhammadaminxo‘ja  o‘g’li),  Nodir,  Nozil  Muhammad  Avaz,  Avazmuhammad 

Yormuhammad o‘g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur 

edilar. 

Qo‘qon adabiy muhitining  yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda o‘zbek va 

fors-tojik  tilida  bab-baravar  qalam  tebratgan  bir  qator  taniqli  va  mashhur  o‘zbek  shoiralari 

iste’dodi  keng  rivoj  topdi.  Mas, 



Dilshod  otin,  Zebuniso,

  Zinnat,  Mohzoda  Begim,  Mahzuna, 

Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, 

Uvaysiylarning

 ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. 

Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik 

Muqimiy, Furqat, 

Zavqiy

 va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o‘z xalqining erki, hurligi 

va ozodligi uchun xizmat qildilar. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish