SALAVKIYLAR DAVLATI
- YAqin va O‘rta SHarqdagi yirik davlat. Aleksandr
Makedonskiy tuzgan imperiyasi (mil.avv.334-323 y.) tanazzulga uchragach, miloddan avvalgi
312 yilda uning lashkarboshilaridan biri Salavk I Nikator tomonidan asos solinadi. Salavk
Midiya, Suza, Fors, keyinchalik Baqtriya va Sug‘diyonani qayta bo‘ysundirib Aleksandr
Makedonskiy saltanatining Misr va Makedoniyadan tashqari asosiy hududlarini birlashtirishga
erishadi. Mil.avv. 293 yilda Salavk sharqiy viloyatlarga o‘g‘li Antioxni noib qilib tayinlaydi.
Antiox mashhur so‘g‘d vatanparvar qo‘zg‘olonchisi Spitamenning qizi Apama bilan Salavk
nikohidan tug‘ilgan farzand edi. Mil.avv. 280 yilda Selevk vafot etgach Spitamenning nevarasi
Antiox butun saltanatning oliy hukmdoriga aylanadi. Mil. avv. III. asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo va
Eronda Salavkiylardan mustaqil YUnon-Baqtriya va Parfiya davlatlari tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |