O’zbekiston qaramlik (1918-1990) yillarida.
(asosiy tushunchalar va atamalar)
RSFSR.
(Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi). 1917 yil oktyabrda
V.I.Lenin boshchiligida Bolsheviklar tomonidan davlat to’ntarishi o’tkazilgach Rossiya
Imperiyasi (1721-1917) tugatilib uning o’rnida RSFSR tashkil etildi. Rossiya davlatining bu
rasmiy nomi 1917 yildan 1991 yilgacha amalda bo’ldi. 1991 yildan Rossiya Federatsiyasi (RF)
deb yuritilmoqda.
SSSR.
(Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik). Jahon siyosiy xaritasida bu nom
1922 yil 30 dekabrda paydo bo’lib, RSFSR, UkSSR (Ukraina), BSSR (Belorussiya) va ZSFSR
(Zakavkaze Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi) larning ittifoqi sifatida tashkil etiladi.
Keyingi yillarda uning tarkibiga birin-ketin qator «ittifoqchi» sovet respublikalari karitiladi.
O’zSSR 1925 yil mayda ittifoq tarkibiga qabul qilinadi. 1940 yilga kelganda uning tarkibidagi
respublikalar soni 15 taga yetadi. Zo’ravonlikka asoslangan bu sun’iy davlat juda qisqa umir
ko’rib 1991 yilga kelib parchalanib ketdi
Sotsializm
(lot. socialis – ijtimoiy) –xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish
orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot.
Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur,
oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi.
Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U “omma”ga aylanib, o’z
“meni”ni ham yo’qotadi. Jamiyatda zo’ravonlik, tobelik kuchayadi.
XX asrning 20-30 yillarida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin SHarqiy Yevropaning
barcha mamlakatlarida, shuningdek, Osiyoning ba’zi mamlakatlarida sotsializm tuzumi
o’rnatildi. Sotsializm to’g’risidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismiga yoyildi. Sotsializm
qurilishi e’lon qilingan mamlakatlarning barchasida davlat mulkining monopoliyasi, direktivali
markazlashtirilgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlik, ma’naviy-diniy qadriyatlarning inkor
etilib, oyoq osti qilinishi, o’zgacha fikrlovchilarga toqat qila olmaydigan bir guruh shaxslarning
yakka hukmronligi va diktaturasi o’rnatildi.
Totalitar rejimlarning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronga (krizis-
inqirozga), dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolishiga olib keldi. O’zbekiston ham
shu jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham hunarmandlar, savdogarlar, tadbirkorlar va erkin
kasb egalari tugatildi. Zo’rlik asosida qurilgan bu tuzumda quloq qilish, o’zbek ayollarini
ozodlikka chiqarish, jamoalashtirish siyosati va boshqa ko’rinishdagi qatag’onlarni sotsializm
qurish yo’lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi.
XX asrning 80-90-yillari chegarasiga kelganda sotsializm jamiyatning ob’ektiv taraqqiyoti
qonuniyatlariga zid, oxiri yo’q va sarob g’oya ekanligini yuqorida keltirilgan mamlakatlar
xalqlari o’z hayotlarida sinab ko’rib, bu g’oyadan ixtiyoriy va ommaviy ravishda voz kechdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |