«Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bor»
deb yozgan.
Davan podsholigida sug’orma dexqonchilik, chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan.
Ipak yo’li ta’sirida shaharsozlik madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va
sayyohlarning sharqiy Sug’diyona chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo’lgan yo’li
xavfsizligini ta’minlab turgan. Mil. avv. II asrda Davan davlatida 300 ming kishi yashagan.
Poytaxti Ershi shahri (hazirgi Marhamat) bo’lgan.
Farg’onaning «Samoviy» deb nom olgan nasldor otlari ko’pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv.
104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo’shni Davanga bostirib kirganda davanliklar
qang’liklar yordamida xitoyliklarni xaydab, yuborib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda
Davan davlati barham topadi. Uning yerlari Kushon podsholigiga qo’shib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |