AHAMONIYLAR
miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola.
Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida
yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i, oriylarning nufuzli sardoridan biri Ahmon asos
solgan. Kir II (mil. avv. 556-530) va Doro I ( mil. avv. 522-486) lar davrida O’rta Osiyo
hududlari Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan.
To’maris
Turon elining qahramoni. Massagetlar malikasi. Mil. avv. 6-a.da yashagan. Gerodot «Tarix»
asarida mil. avv. 530 y.da massagetlar malikasi To’marisning Eron shohi Kayxusrav (Kir
II)
ni
Turonga qilgan bosqinchilik yurishiga qarshi mardonavor kurashgani haqida hikoya qiladi.
Avvaliga To’maris Kayxusravni tinch qo’shnichilikda yashashga chaqiradi. Lekin Kayxusrav
fikridan qaytmay, mil. av. 530 y.da massagetlar ustiga yurish boshlaydi. To’maris halol jang qilishni
yaxshi ko’radi. U axdiga binoan dushman O’kuz (Amudaryo)dan bemalol o’tib olishi uchun o’z
lashkari b-n chetlashib turadi. To’marisning mardligiga Kayxusrav hiyla b-n javob beradi:
To’marisning o’g’li Sparganisni qo’shini b-n mast qilib asir oladi. Dushman To’marisning o’g’lini
qaytarish va urushni to’xtatish haqidagi taklifini ham rad etadi. Sparganis asirlikda o’zini o’ldiradi.
SHundan so’ng mil. av. 530 y.ning yozida tomonlar o’rtasida qattiq jang bo’lib, Eron qo’shini tor-
mor qilinadi. Kayxusrav jangda o’ladi. To’maris uning boshini qon b-n to’lg’azilgan meshga solib:
«Sen umring bo’yi qonga to’ymading. Men o’z ontimga amal qilib, seni qon b-n sug’ordim.
Birovning yurtiga zo’ravonlik b-n bostirib kirganlarning jazosi shu!» — deydi. To’maris shu tariqa
o’z yurti mustaqilligini saklab qoladi.
Shiroq
Turon elining qahramoni. Mil. av. 6-a.da yashagan. Mil. av. 6-a. boshlarida Eroy shohi Doro I
qo’shini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» asarida ilk
marta SHiroq jasorati tilga olingan. Polienning yozishicha, sak qabilalari yo’lboshchilari Saksafar,
Omarg va Oamiris fors qo’shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) o’tkazayotganda,
oddiy otboqar SHiroq ularning huzuriga kelib, o’z rejasini bayon qiladi. Unga kura, SHiroq
harbiy hiyla ishlatib yolg’iz o’zi Doro qo’shiniga qarshi turgan.
SHiroq Doro huzuriga kelib qabiladoshlari ustidan shikoyat qiladi va unga nohaq sitam
yetkazganlari (uning quloq, burunlari kesilgan edi) uchun Eron qo’shinini saklar turgan yerga eng
qisqa yo’l b-n boshlab borishini aytgan. SHiroq Eron qo’shinini Kizilqumning ichkarisi tomon
boshlaydi, forslar o’zlari b-n atigi 7 kunlik suv, oziq-ovqat zaxirasi olgan edi. Jazirama cho’lda
dushman holdan toyib, zaxirasi tugagan. Nihoyat, muhlatning 7-kunida dushman qo’shini
aldanganini payqaydi. SHiroq atrofini kurshab olgan Doro I va uning sarkardalariga qarata
shunday deydi: «Men yolg’iz uzim Doro qo’shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho’lning qoq
o’rtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha to’rt tomoningiz
ham 7 kunlik yo’l!». SHiroqning boshini qilich b-n chopib tashlaydilar. Fors qo’shinining asosiy
qismi cho’lda qirilib ketgan. SHunday qilib, SHiroq vatan ozodligi yo’dida jonini fido qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |