Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida UNESCO qaroriga binoan
Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. UNESCO Bosh
mazkur institut ochildi. UNESCO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro
miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir
haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCO
1997-yilda jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining
2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar
o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
1997-yil 19-20-oktabr kunlari Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002-yilda Termiz
shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan
ulkan tantanalarda BMT, UNESCO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy
mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intel- lektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar
jamg‘armasi (VNlSEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon
meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va
boshqa tashkilotlarning a’zosi sifatida ular bilan hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan
integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valuta fondi, Jahon
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham
ko‘maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT)
bilan hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - YXHTga a’zo bo‘lib kirdi. I.Karimovning 1992-
yil 9-10-iyulda bo‘lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok
etishi, unda nutq so‘zlashi va Kengashning 10-iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganligining dalilidir. I. Karimov o‘z
nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo‘lgan mojarolar yaqin-
lashuvining oldini olish, mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik muammolari bilan shug‘ullanuvchi
mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish,
hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo‘l qo‘ymaslik ruhida bo‘lishini ta’minlash takliflarini ilgari
surdi. 1999-yil noyabr oyida bo‘lgan YXHTning Istanbul sammitida Islom Karimovning xalqaro
terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi.
1996-yil fevral oyida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish
bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Shu yil iyul oyida
Do'stlaringiz bilan baham: