Xiva xonligi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Qo‘qon xonligi. Xo‘jalik va madaniy hayoti.
Tayanch so‘z va iboralar.
Sohibqiron Amir Temur vafot etgach, uning saltanati asta-sekin parchalana boshlandi. Amir
Temur vorislari temuriylar 1405-yildan 1506-yilgacha Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik
qildilar. Deyarli bir asr mobaynida ulkan saltanat amalda ikki davlatga bo‘linib, o‘zaro toju-taxt
uchun kurash XV asr oxiriga kelib Samarqand temuriylarini ham, Xirot temuriylari hokimiyatini
1446-yilda Abulxayirxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar – Sig‘noq,
Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoqni bosib oladi. O‘z davlatining poytaxtini Turadan
Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining
tasdig‘i edi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand
taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami
evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said
Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi.
Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu tariqa u
Movarounnahrda borgan sari o‘z nuluzining ortishiga erisha olgan.
1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi.
Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) ko‘p yillik kurashdan so‘ng
XV asrning 80-yillariga kelib Dashti Qipchoqda hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ladi. 90-
yillardan boshlab o‘zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan
temuriylar hududi bo‘lgan Movaronnuhrda ham o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun harakat
boshlaydi. Shayboniyxon avval Sig’noq, Sabron, Yassi shaharlarini, 1500-yil Samarqandni,
1503-yil Toshkent va Farg’onani, 1504-yil Hisor, Qunduz, Badahshon, Balxni, 1505-yil
Xorazmni, 1507-yil Xuroson temuriylarining poytaxti Xirotni, keyinroq Eronning Mashhad va
Tus shaharlarini ham egallaydi.
1502-yilda Eronda shoh
Ismoil
(1502-1524) yangi bir sulola –
Safaviylar sulolasi
(1502-
1722)ga asos soladi. Xurosonga egalik qilish masalasida Shayboniyxon va Ismoil Safaviy
o‘rtasida nizo kelib chiqadi. 1510-yil Marv yaqinidagi jangda Shayboniyxon Eron qo‘shinlaridan
mag’lubiyatga uchrab jang maydonida halok bo‘ladi.
Shayboniyxon halok bo‘lgach, Bobur Mirzo shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni
shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va nihoyat, 1511-yilning kuzida
Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan
islomning shiyalik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu
esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr
aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qilganlar. Shayboniylar
ham shu yo‘nalishda edilar. 1512-yilning aprel va noyabr oylarida Shayboniyxonning ukasi
Mahmud Sultonning o‘g’li Ubaydulla Sulton boshchiligida shayboniylar qo‘shini bilan bo‘lib
o‘tgan har ikki jangda Bobur Mirzo qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Noyabr oyidagi jangda
shayboniylar shoh Ismoilning Bobur Mirzoga yordam uchun yuborgan Ahmad (“najmi soniy”)
qo‘shinini ham mag‘lub eltlllar.
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga
qadar Kobulni idora qildi. So‘ngra Kobulni ikkinchi o‘g‘li Komron Mirzoga qoldirib, o‘zi
Hindiston sari yurish boshladi va u yerda 332 yil hukmronlik qilgan
Boburiylar saltanati
(1526-
1858)ga asos soldi.