8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari
va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish,
noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki
kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi
va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.
9-modda.
O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika
hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali
jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda
amalga oshiriladi.
10-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho
metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga
oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta
jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.
178
11-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi – milliy valutasini joriy
etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi
hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
12-modda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga
oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston
Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda.
O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik,
savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar
ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi
mumkin.
14-modda.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini,
investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta
jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani
sotadi va sotib oladi.
15-modda.
O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik
huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida
bo‘ladilar.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham
O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.
16-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi,
o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini
belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va
ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.
17-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston
Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar
vositasida quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli
qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
179
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr
kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi
Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga
zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi.
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana
bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln.
kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |