O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan 
viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan. Xonlikda oliy davlat idorasi 
dargoh
deb atalgan. 
Uning tepasida xon turgan. Ijro etuvchi hokimiyat 
devon
(vazirlik) deb atalgan. Unga 
devonbegi
(bosh vazir) rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo‘lgan devonbegi ayni 
paytda davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqargan.
Yana bir katta davlat mansabi – 
otaliq
edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri 
otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni 
shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan 
kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs 
otaliq
deb atalgan. 
Balog‘atga yetmagan shahzodalar ulg‘ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar 
viloyatlardagi davlat ishlarini uning nomidan otaliqlar boshqargan. 
Yana bir davlat mansabi – 
parvonachi
deb atalgan. Uning vazifasi xon 
farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat 
bo‘lgan. 
Dodxoh
mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va 
ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodhoh mamlakatda adolat mezonlariga amal 
qilinishini ham nazorat qilgan. 
Muhim davlat mansablaridan yana biri 
– ko‘kaldosh
mansabi edi. Bu mansabga 
xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga 
fuqarolarning munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan. 
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan 
xon yasovuli
mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan. 
Shayboniylar davlatida 
eshikog‘aboshi
lavozimi ham muhim sanalgan. U dargoh 
xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo‘lib turish 
masalalari bilan shug‘ullangan. 
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan yana 
biri 
shayxulislom
hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan 


100 
nazoratni amalga oshirgan. 
Qozikalon
bo‘lgan amaldor esa sud ishlariga yetakchilik qilgan. 
Yana bir muhim davlat lavozimi 
muhtasib
(rais) deb atalgan. Bu lavozimni 
egallagan amaldor mamlakatda jamoat tartibining saqlanishini, diniy marosim va 
amallarga rioya qilinishini kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning 
to‘g‘riligini nazorat qilish bilan shug‘ullangan. 
Mehtar
lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa tushumlardan 
tushgan mablag‘larni zarur o‘rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor 
hisoblangan. 
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, 
naqib 
unvoniga sazovor 
bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan. Chunonchi, u xonning yaqin 
va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati 
masalalarida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik 
vazifasini ham bajargan.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish