5. Matematika va tabiat ta’lim sohalari mazmun va mohiyati orasidagi aloqadorlik.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojlangan davrda bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishda, dastlabki bilimlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishda, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashda axborotning elektron shaklining ahamiyati beqiyos, albatta.Umumiy o`rta ta`limning birinchi bosqichi-boshlang`ich sinflarda matematika ta`limni o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o`z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarida qo`llashga hamda ta`limning ikkinchi bosqichlarida o`qishlari uning matematik tayyorgarlikni va ko`nikmaning shakllanishiga xizmat qiladi. Matematika fanini o`qitish 1-sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo`lib, u o'qitishda bo'lajak pedagoglar zamon talablari asosidagi innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz dars davomida multimedia vositalaridan ko'rgazmali qurollardan va metodlarni qo'llab dars tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. O`quvchilarning matematik qobiliyati esa darsda, matematika to`garaklarda, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda, olimpiadalarda namoyon bo`ladi.
Boshlang`ich matematik ta'lim oddiy sanash, hisoblash, sodda arifmetik masalalar yechishga o`rgatish bilan chegaralangan. Boshlang'ich matematik ta'lim jarayonida fanga oid kompetensiyalar doirasida fan dasturida ko'zda tutilgan mavzular bo'yicha matematik ma'lumotlarni o'rgatish, ularni eslab qolish va qayta tushuntirib berish orqali shakllantirilgan bilimlar asosida ularni tanish vaziyatlarda qo'llashga oid ko'nikmalar, egallangan bilim va shakllangan ko'nikmalarni notanish vaziyatlarda qo'llash va yangi bilimlar hosil qilishga oid malakalarni shakllantirish bilan bir qatorda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo'llash qobiliyatiga oid kompetensiyalarni shakllantirishni ham nazarda tutadi. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosining rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Kompyuterlarning o'quv jarayoniga jadal kirib kelishi pedagoglar hayotida misli ko'rilmagan darajada o'qitishning yangi turlarini, shakllarini keltiribchiqardi. Boshlang'ich ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish ikkita asosiy masalani yechish bilan bog'liq: bolalarni yangi texnikaviy vositalardan foydalanishga o'rgatish va o'quvchilarning o'qish va o'qishdan tashqari faoliyatida yangi imkoniyatlarini ochish va takomillashtirish maqsadida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanish pedagoglar oldiga quyidagi talablarni qo'yadi:
- zamonaviy pedagog kompyuterdan foydalanishni bilish;
- kompyuter yordamida o'qitish vositalaridan foydalana olish va uni o'quv jarayoniga tadbiq qilish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- o'z bilimini kompyuterli o'qitish bo'yicha doimo takomillashtirib borishi va h.k. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi ta'lim-tarbiya ishlarini yuqori saviyada tashkil qilish:
- mashg'ulotlarni davlat ta'lim standartlariga muvofiq holda tashkil qilish va olib borish;
- darslarni zamonaviy pedagogik usullar va AKT vositalari asosida tashkil qilish;
- ta'limni tarbiya bilan uzviy holda olib borish, o'quvchilarning ma'naviy-ma'rifiy ongini shakllantirish va h.k. kabi vazifalarni oqilona hal etish lozim.Multimedia texnologiyalari grafika va grafikaviy ta'lim jarayonlarini modellashtirish va ularni tasavvur qilish,murakkab vazifalarni yengillashtirish,mantiqiy fikrlashga undovchi materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda o’quvchilarning fanga qiziqtira olishi va yangi mavzularni o?zlashtirishga zamin yaratadi. Har bir o`qituvchi o`quvchilarning yoshini hisobga olgan holda, o`quvchilarning fikr mulohazalarini kengaytirish, ko`zlangan maqsadga tezroq erishish niyatida dars jarayonida ta`lim tizimiga yangi usullarni joriy etishi, so`ngi pedagogik texnologiyalardan foydalanib doimiy o`z ustida ishlashiga to`g`ri keladi. O`qituvchining asl maqsadi o`quvchilarning o`quv istagi va mahoratini shakllantirib, ularni barcha darslarda faol ishlashga jalb qilish, ta`limga bo`lgan qiziqishlarini hamda mustaqillik tuyg`usini shakllantirishdir. Bugungi kunda ta`lim jarayonida bir necha xil pedagogik texnologiyalar faol tarzda qo`llanib kelinmoqda. Bunday pedagogi texnologiyalarga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: muammoli o`qitish texnologiyalari, integratsiyalashgan o`qitish texnologiyalari; Axborot texnologiyalari; Modulli o`qitish texnologiyalari;Rivojlantiruvchi o`qitish texnologiyalari;tabaqalashgan o`qitish texnologiyalari; faol (majmuaviy) o`qitish texnologiyalari;o`yinli o`qitish texnologiyalari;hamkorlikka asoslanga o`qitish texnologiyalari; mediata`lim texnologiyalari va boshqalar.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida o’z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O’quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog’liq ekanini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
-jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish;
-odam organizmi va salomatligini saqlash to’g’risida ma’lumot berish;
-tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quvi va ko’nikmalari bilan qurollanish;
-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyatini o’rgatish;
-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash;
Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni va har bir o’quvchi gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish jarayonida dunyoni milliy materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushuntirishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta’lim deb atalishi yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchilarga o’quvchilar tafakkurini , ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.
Shu munosabat bilan ham matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish o’qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Ma’lumki, boshlang’ich maktablarda «Atrofimizdagi olam» (1-2-sinflarda) va «Tabiatshunoslik» (3-4 sinflarda) fanlari o’qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
O’qituvchisi ekologik ta`lim-tarbiya haqidagi bilimlarni jamiyatimizdagi har bir insonning hayot va mehnatidagi ulug’vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim. Shunday ishonchni o’quvchilarda tarbiyalashi zarurdir.
To’g’ri yo’lga qo’yilgan tabiat haqidagi bilimlarni ola turib, tabiat faktlari va hodisalarni o’zaro bog’lanishda, harakat, o’zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o’rganadilar.
Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan uni qo’riqlash, asrash, tabiat inomlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga o’rganadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish o’qitishning maqsadi – botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, jug’rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslari – bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati
– uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari mehnatiga hurmat», «Maktaboldi uchastkasidagi ishlarga qatnashish», «Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning turlari», «Maktab mulkiga ehtiyotkorlik munosabati», «xona o’simliklarini parvarish qilish», «Qurilishlarda, zavod va fabrikada ishlovchi odamlarning kasblari», «Mavsumlar bo’yicha maktaboldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati», «Maktaboldi uchastkasida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4-sinfda «Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslaridagi ta’lim va tarbiya jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilar tomonidan dasturlarda mo’ljallangan bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham qaratmoq lozim. O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo’yicha ish programma belgilagan doirada, programma materialida, maktabning barcha ta’lim-tarbiya ishlari bilan bog’liq holda olib borilishi kerak.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish – bu ularni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operasiyalarni uquv bilan bajarishga o’ rgatish, oddiy tushunchalarni o’zlashtirishda, o’z mulohazalarini bayon qilishda va xulosalar chiqarishda ularga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli bo’lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. Butun o’qitish jarayoni, agar u to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, shu paytning o’zida o’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog’i zarur.
Mantiqiy uslublar (taqqoslash, tahlil qilish va sintezlash,
mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan tabiatshunoslikni o’qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar, muhokamalar ustida ishlash – bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmunliroq qiladi, o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga uning ta’sir darajasini kuchaytiradi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ustida olib boriladigan ishni maktab ta’limining birinchi qadamlaridan (1-2-sinflarda) atrofimizdagi olam bilan tanishtirish bo’yicha darslarda boshlang’ich tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish bilan boshlamoq va o’quvchilarning yosh xususiyatiga va shuningdek, o’qitishning mazmuni va metodlariga qarab, asta-sekin murakkablashtirib borish bilan butun ta’lim davomida olib bormoq kerak. Tabiatshunoslik darslarining har bir mavzusi o’ziga xosdir, lekin o’qitishda qo’llaniladigan mantiqiy fikrlash uslublari o’shanday qolaveradi, faqat ularning uyg’unlashishlari almashinadi, qo’llanish shakllari har xillashadi, mazmuni murakkablashadi yoki soddalashadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslari o’quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan, tafakkurning rivojlanish uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z fikrlarini, mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ularga o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarning nutqi ustida ish olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslarida ma’lum miqdordagi tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirish jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |