4. Matematika va tabiat ta’lim sohalari bo’yicha integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlari.
Ta'lim jarayonini pedagogik va modulli o'qitish texnologik tamoyillari hamda zamonaviy dars shakllari asosida tashkil qilish bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Dars - ta'limning asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi, u doimiy o'quvchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo'naltirilgan didaktik tadbir bo'lib, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, seminar, laboratoriya, mustaqil ish va mustaqil ta'lim kabilardan iborat bo'ladi.
Ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya sohasining boshlang'ich asosi dars bo'lib,hozirgi paytda pedagogikada zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda.
B.Raximov, A.Mavlyanovlar zamonaviy darsning quyidagi mezonlarini ko'rsatadi:
- dars o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan, pedagog va o'quvchining o'zaro faol munosabatlariga asoslangan bo'ladi;
- dars jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga
oshiriladi;
- dars o'quvchining yuqori darajadagi qiziqishi, xohishlari, aqliy faolligi, muvaffaqiyatga
erishuviga qaratiladi;
- dars o'quv materiali mazmuniga ko'ra turli uslublar, vositalarga suyanadi;
- o'quvchining aqliy faoliyatini faollashtirishga e'tibor qaratiladi;
- o'quvchi shaxsiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, o'quvchining o'zini-o'zi
boshqara olishiga qaratilgan mexanizm to'liq ishga solinib, shu orqali uning bilimga
bo'lgan qiziqish va xohishi ortadi;
- sifati va samaradorligini ta'minlovchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
- vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
- o'quv materialini osonlik bilan yenga olishga e'tibor qaratiladi;
- nazariya va amaliyot o'zaro bog'lanishda talqin etiladi.
Zamonaviy darsga qo'yilgan bu mezon va talablar barcha ta'lim turlarida ham
o'zining ahamiyatini yo'qotmaydi.
Matematika turkumiga kiruvchi fanlarni o'qitishda ma'ruza o'qitish shakllari orasida asosiylaridan biri hisoblanadi.Ko'p hollarda materialning zaruriy darajadagi tushunib yetilishiga to'sqinlik qiluvchi yozma ravishdagi an'anaviy ma'ruza o'qitish
metodikasida, tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, o'quvchilar tushunishning uchdan bir
qismini tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun, ma'ruza o'quvchilarning bilishfaolligining rivojlanishiga, o'rganilayotgan fanga va o'qitilayotgan o'quv predmetiga nisbatan qiziqishga ko'maklashmog'i zarur. Amaliyotda o'quvchilarning produktiv faoliyatini ham, reproduktiv faoliyatini ham ko'zda tutuvchi turli variantdagi ma'ruzalar zarur bo'ladi. Faol o'qitish usullarini qo'llashda qisman-izlash, tadqiqot va ijodiy faoliyatturlari dominantlik qiluvchi turlar sifatida maydonga chiqa di.
Bunday ma'ruzalarning muhim tomonlari quyidagilar:
- muammoning qo'yilishi;
- uning dolzarbligining asoslanishi;
- undagi yechish uchun zarur bo'lgan tayanch bilimlarni belgilash;
- o'quvchilardagi mavjud bilimlarning noto'liqligidan iborat ziddiyatni yoki qaramaqarshilikni aniqlash;
- o'quvchilarning qisman-izlanish faoliyati muhitini yaratish, o'quvchilarning tadqiqot ishlarini tashkillashtirish;
- tadqiqot natijalarini aniq natijalar bo'yicha taqqoslash;
- o'quvchilar tomonidan o'rganilgan ta'riflar, xulosa va natijalarga tuzatishlar kiritish;
- ta'riflangan tushunchalarni qat'iy shaklda umumlashtirish;
Minimum topshiriqning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- o'quvchilarning amaliy va ma'ruza mashg'ulotlarida olingan bilimlarini mustahkamlash;
- matematika fanlari kurslarini o'rganishning umumiy ko'rinishini shakllantirish;
- matematika fani kurslarini o'qitishning mazmuniga tuzatishlar kiritish uchun amaliy va nazariy materialning o'zlashtirilishini nazorat qilish.
Mustaqil ish bo'yicha me'yorlashtirilgan vazifa o'quvchiga mazkur vazifani qachon
bajarish vaqtini o'zi belgilashiga imkon beradi, bu esa o'quv mavzusiga nisbatan salbiy holatlar, ya'ni -majburiylik hissi o'z-o'zidan yo'qolishiga olib keladi. Vazifani tez bajarib bo'lish istagi o'quvchida mazkur mavzuni uning o'zi mustaqil tarzda o'rganib chiqishga rag'bat uyg'otadi va o'z navbatida nazariy materialni ma'ruza paytida tushunarliroqXulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, matematika fanlarini o'qitishning metodik tizimli tarkibiy qismi sanalgan o'qitishning zamonaviy shakllari ta'lim jarayonida to'g'ri qo'llanilsa, ta'lim sifatini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |