O'zbekiston respubukasining demografik siyosati va sog'lom turmush tarzining aholi salomatligiga ta'siri



Download 53,5 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi53,5 Kb.
#40319
Bog'liq
Aholi turmush tarzi

O'ZBEKISTON RESPUBUKASINING DEMOGRAFIK

SIYOSATI VA SOG'LOM TURMUSH TARZINING

AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIRI
1. Dunyo aholisi baqida qisqacha ma'lumot. Demografiya (grekcha demos — xalq, grapho — yozaman) aholini ko'payishi qonuniyatlari haqidagi fan bo'lib, aholi sonining tabiiy ko'payishi, yoshlar bo'yicha jinsiy, tarkibiy qismlarini o'rganadi.

Hozirgi kunda dunyo aholisi tez ko'payib bormoqda. 2000 yilda dunyo aholisi 6 milliard kishiga yetdi. Dunyoda yiliga aholi 90-100 million kishiga ko'paymoqda. Tarixga nazar tashlasak aholining 2 haravar ko'payishi uchun 1-marta 630 yil, 2 marta 250, 3-marta 40 yil, 4-marta esa 2 harohar ko'payishi uchun 14 yil kerak bo'lgan.

Respublikamizda tabiiy o'sish Ukraina va Boltiqbo'yi respublikalariga qaraganda o'n haravar, Rossiyaga qaraganda olti haravar yuqon. Respublikamizda tug'ilish ko'pligi sababli ko'p bolalik oilalaming mutlaq soni ko'payib bormoqda.

Mintaqada demografiya va ekologik rivojlanish sur'atlari o'rtasida juda katta nomuvofiqlik saqlanib qolyapti.

Oqibatda aholi salomatligi nochorlashmoqda, onalar va bolalar o'limi ko'paymoqda. Aholi salomatligini yaxshilashda, onalar va bolalar o'limini kamaytirishga erishishda demografik holatni muvofiqlashtirish muhimdir.

Demografik holatni muvofiqlashtirish ikki maqsadni — bolalar sog'lig'ini mustahkamlash va ular o'limini kamaytirishni nazarda tutadi.

Наг bir davlat tug'ilish muammosiga befarq munosabatda bo'la olmaydi, bu muammo muayyan davlatning kelajakdagi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Har bir davlat o'z mintaqasi xususiyatlaridan kelib chiqib, o'zining demografik siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ular o'z xusuiyatlariga ko'ra oilada bolalar tug'ilishi sonini cheklaydilar yoki tug'ilishning ko'payishini qo'llab-quvvatlaydilar.

2. Demografik holatni muvofiqlashtirish. Jamiyatning mintaqaviy vaziyatidan kelib chiqib, oilada tug'iladigan bo­lalar sonini, bola tug'ish orasidagi muddatni tartibga solishni, oilada sog'lom farzandlarni tarbiyalash uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarning mavjudligini hisobga olishni ifodalaydi. Moddiy jihatdan qiyin sharoitda yashayotgan oilalarda bolalar sonini ko'paytirish ota-onalar uchun ham, farzandlar uchun ham mushkul holatni keltirib chiqaradi. Tug'ilish nihoyatda kam, aholining aksariyat qismi asta-sekin qariyotgan boshqa mamlakatlarda esa mehnat qobili-yatiga ega bo'lganlar kamayib, millat va xalqning yo'qolib ketish xavfi paydo bo'lmoqda.

Demografik holatni muvofiqlashtirishning afzalligi shundaki, u er-xotingji oilaning moddiy imkoniyatidan kelib chiqib bola tug'iladigan vaqtni aniqlashga, ayol homilador bo'lguncha zarur tanaffusni saqlashga ko'maklashadi.

Tadqiqotlar natijalariga ko'ra bolalar o'limi juda yuqon bo'lgan mamlakatlarda ayollar turmushga chiqmasdan oldin hech qanday tibbiy nazoratdan o'tmaganlar, yoshligida qanday ekstrogenital kasalliklar bilan og'rigani haqida ma'lumot ham yo'q. Rivojlangan 40 mamlakatda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 20-29 yoshida tuqqan ayollarga nisbatan 20 yoshgacha tuqqan ayollarda bolalar o'limi 30% ni 40 yoshdan so'ng tuqqan ayollarda bolalar o'limi 47% ni tashkil etgan.

Masalan, Koreyada 20 yoshgacha tuqqan ayollar 10%ni tashkil etsa,

Bangladeshda 85% ni tashkil qiladi. Shunga muvofiq ravishda Bangladeshda bolalar o'limi darajasi ham yuqondir.

Tug'ilishlar orasidagi uzoq oraliqni saqlash bolaning yashashiga, ona salomatligini asrashga imkoniyat yaratadi. Oiladagi ikkinchi farzand birinchisiga nisbatan, agar u 1,5-2 yil oraliq bilan dunyoga kelgan bo'lsa ancha zaif, kasalga chalinuvchan bo'lib, o'lim xavfi ham yuqon bo'ladi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan respublikamizda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, agar ona birinchi farzandidan keyin tezda homilador bo'lib qolsa, to'ng'ich farzandi o'limi koeffitsienti yuqon bo'ladi.

Chunki u ona diqqatidan chetda qoladi va vaqtliroq ko'krakdan ajraladi. Odatda chaqaloq ona qornida, ona organizmida o'zining rivojlanishi uchun oqsil, yog', uglevod, minerallar, vitamin-lar kabi moddalarni oladi. Ana shu moddalar onada yetarli bo'lsa, ma'lum bir miqdorda bolaga ham o'tadi. Bola nor­mal yoki kam vaznli, sog'lom yoki kasal tug'iladi. Bunda temir tanqisligi bilan bog'liq kamqonlikning ta'siri katta. Ayol kishi organizmida bor-yo'g'i 4-5 gramm temir bioelementi bo'lgani holda homiladorlik, yo'ldosh va tug'ilish chog'ida ketgan va bolani ko'krak suti bilan boqish hisobiga 1 grammdan ko'proq Fe yo'qolishi ma'lum. Uni tiklash uchun esa yaxshi turmush sharoitida ona uchun 2,5-3 yil muddat kerak.

Yosh oilalar farzandlarning soni nechta bo'lishi kerakligi masalasiga turlicha yondoshadilar. Bunday yondashuv er-xotinning ma'lumot darajasiga va ijtimoiy mavqeiga bog'liq. Agar er-xotin oliy va tugallanmagan oliy ma'lumotli bo'lsalar, 2-3 farzand bo'lishini, ularning ma'lumoti o'rta yoki to'liqsiz o'rta bo'lsa, oilada 4-5 farzand bo'lishini maqbul deb bilganlar.

Oilani rejalashtirishni targ'ib etganda, sharq mamlakatlari tajribasidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Din oilaning iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti yaxshi bo'lsagina farzandlarni ko'paytirishni tavsiya qiladi, sharoit bo'lmasa, farzand tug'ilishining oldi olinsa, gunoh hisoblan-maydi. Ammo, homilani sun'iy ravishda yo'q qilish gunoh hisoblanadi.



3. O'zbekiston Respublikasining demografik siyosati. Tug'ilishni cheklash emas, balki tug'ishdagi oraliq muddatni uzaytirish, sog'lom avlodni voyaga yetkazish, onalar sog'lig'ini yaxshilash, onalar va bolalar o'rtasidagi o'limni kamaytirishdan iboratdir. Asosiy maqsad farzandlar miqdoriga emas, sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Oilani mustahkamlash masalasini yechishda quyidagilarga e'tibor berish kerak.

- Yosh kelin-kuyovlarga kelajak avlodni voyaga yet­kazish mas'uliyatini anglatmoq, ularga iqtisodiy mustaqilikka erishgandan keyingina oila qurishni targ'ib etish lozim.

— Oilalarga tug'ish oralig'idagi muddat 3-4 yil bo'lishi ayol va farzand salomatligini saqlash ahamiyatini tushuntirish lozim.

— Oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldida emas, kelajak avlod oldida ham javobgar ekanligini anglashi va balog'atga yetmasdan oila qurish zararini anglashlari lozim.

4. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.

1. Oila byudjetini lo'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.

Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir.



2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 harohar yuqondir.

Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshi sharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.



3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan.

Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.

Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan.

Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni muntazam iste'mol qilishdir.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.


  1. Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash.

Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.

5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar.

6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ay­niqsa yosh avlodni sog'lom, harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.

7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak.

8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga erishishi lozim bo'ladi.

9. Kishining o'z salomatligini. Atrofdagi yaqinlarining salomatligini muhofaza qilib borishi xususidagi vazifalarni, radio-televidenieda, matbuotda targ'ib qilishni yo'lga qo'yish.

Nazorat uchun savollar:

1. Demografiya fani nimani o'rganadi?

2. Dunyo aholisi haqida ma'lumot.

3. Demografik holatni muvofiqlashtirish deganda ni­mani tushunasiz?

4. Respublikamizda oilani rejalashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar.

5. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov. "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida", Toshkent. "O'zbekiston", 1997 y.

2. I.A.Karimov. "Ma'naviy yuksalish yo'lida". Tosh­kent. "O'zbekiston", 1998 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. "O'zbekiston", 2003 y.

4. "O'zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar". Toshkent "Adolat", 1998 y.

5. I.A. Karimov. "Barkamol avlod orzusi". Toshkent. "Sharq", 1999 y.

6. O.Musurmonova. "Oila ma'naviyati milliy g'urur" Toshkent. "O'qituvchi", 2001 y.

7. R.Usmonov. "Saodatnoma". "O'qituvchi", 1995 y.

8. G'.B.Shoumarov. "1001 savolga psixologning 1001 javobi" Toshkent. "Mehnat", 2001 y.

9. M.Xolmatova. "Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog'lom avlod tarbiyasi"

10. X.Sodiqov, H.Boboev, X.Odilqonev. "Xotin-qizlarning huquqlariga oid qonun kafolatlari". Toshkent. "O'zbekiston", 2000 y.

11. T.Qurbonov. "Odobnoma". Toshkent. "O'zbekis­ton", 1991 y.

12. M.Sattor. "O'zbek udumlari". Toshkent. "Ado­lat", 2004 y.

13. V.P.Bisyarina. "Bolalar kasaliklari". Toshkent. "Medisina", 1988 y.

14. B.Qoraxo'jaev. "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" I.T.Salomov. "Ibn Sino", 1997 y.

15. Xotin-qizlar ensiklopediyasi. Toshkent. 2002 yil.

16. A.A.Qodirova va boshq. "Bolalar ginekologiyasi". Toshkent. "Ibn Sino", 1998 y.

17. A.A.Qodirova, Z.Abdullaeva. "Ayollarga o'gitlar". Toshkent. "Ibn Sino" 1999 y.

18. D.Sidiqov. "Lazzatli taomlar". Toshkent. "O'zbe­kiston", 1981 y.

19. K.Mahmudov. "Mehmonnoma". Toshkent. "Yosh gvardiya",

1989 y.


20. A.Fitrat. "Oila". Toshkent. "Ma'naviyat", 2000 y.

21. K.Munavvarov. "Oila pedagogikasi". Toshkent. "O'qituvchi", 1994 y.

22. U.Mahkamov. "Axloq odob saboqlari". Toshkent. "Fan", 1994 y.

23. S.Mahkamov. "Islom dini va oila tarbiyasi". Toshkent. "G'.G'ulom", 2000 y.

24. "Odob-axloqqa oid hadislar". Toshkent "Fan". 1990 yil.

25. R.Shomansurova. "Er eplamoq oson, lekin. ......".

"O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi", Toshkent. 1998 y.

26. Kaykovus. "Qobusnoma". Toshkent. "Istiqlol", 1994 y.



27. "Sog'lom avlod uchun " oynomasi 1997-98 yillar. (7-11-sonlar).
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish