Ranglar palitrasi. Piksellar xossasi yordamida qizil va yashil
ranglarni turli ulushda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan 65536 ta rangli piksellarni ekranda tasvirlaydigan ilova yaratamiz. Ilovaga Image (256×256) va Button obyektlarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. Button tugmasini ikki marta bosib, dastur kodiga quyidagi protsedurani kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i,j,rang:integer;
begin for i:=0 to 255 do
for j:=0 to 255 do begin rang:=RGB(i,j,0); Image1.Canvas.Pixels[i,j]:=rang; end; end;
Ilovani ishga tushirib, qizil va yashil ranglarning aralashib, sariq rang
hosil bo‘lishini ko‘ramiz:
Ilovadagi rang:=RGB(i,j,0); operatorini rang:=RGB(i,0,j); ga almashtirib, qizil va ko‘k ranglarning aralashib pushti rang, rang:=RGB(0,i,j); ga almashtirib, yashil va ko‘k ranglarning aralashib havo rang hosil bo‘lishiga amin bo‘lamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |