CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari. Delphida bayroqcha obyekti CheckBox (Tekshirish qutisi) deb ataladi. Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida to‘qqizinchi bo‘lib joylashgan. Quyidagi rasmda u qizil hoshiyaga olingan:
CheckBox obyektining asosiy xossasi Checked (o‘rnatilgan) bo‘lib, u ikkita: rost va yolg‘on qiymatlarni qabul qiladi. Uning yana bir foydali xossasi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan Caption (sarlavha)dir. Uning yordamida bayroqcha haqida uning yonida qisqa yozuvlar yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |