Ikkinchi ilovaning kamchiliklari. Ikkinchi ilovani ishga tushirib,
undagi “++” tugmasini ming marta bossak, ilova ekranining eni 16000 pikseldan oshib ketadi. Bu esa dasturchi uchun kechirib bo‘lmas xato. Uni bartaraf qilish uchun ilova oynasi eni ming pikseldan oshsa, boshqa kattalashtirmaslikka kelishib olamiz. Lekin foydalanuvchi tugmani bossada, unda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasa, dasturning to‘g‘ri ishlayotgani unda shubha tug‘dirishi mumkin.
ShowMessage protsedurasi. Buning oldini olish uchun ilova o‘z oynasi eni 600 dan oshib ketganligi haqida ekranga alohida oynada xabar chiqarsin.
Bu ishni ShowMessage orqali amalga oshiramiz. Ikkinchi ilovadagi Button1 tugmasini ikki marta bosib, paydo bo‘lgan protseduradagi avvalgi ikki operatorni quyidagicha qayta yozib chiqamiz:
If Form1.Width<600 then begin Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; End else ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bir necha marta bossak, ekranga quyidagi yozuv chiqadi. Undagi OK tugmasini chertmagunimizcha, ilova o‘z ishini to‘xtatib turadi.
600>
Do'stlaringiz bilan baham: |