39-DARS. BOSHQARISH TUGMASI
1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz.
Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz.
Uskunalar panelining standart jildida joylashgan boshqarish tugmasini sichqoncha bilan tanlaymiz, keyin
sichqonchani ilova oynasi Form1 ning boshqarish tugmasi turishi kerak bo‘lgan joyiga olib kelib yana bir marta bosamiz. Agar uning joyini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uni sichqoncha bilan surib boshqa joyga o‘tkazamiz.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |