Borland Delphi 7
35-DARS. ILOVALAR YARATISHNING ZAMONAVIY
USULLARI
1. Zamonaviy ilovalar. Ma’lumki, kompyuterlarzamonaviyoperatsion tizimga ega. Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalari: MicroSoft
Word (qisqacha –MS Word), –MS Excel, –MS Access, –
MS Power Pointlarni keltirish mumkin.
Bu ilovalarning o‘ziga xos jihati ularning interfaolligi bo‘lib, ular yordamida yuzlab va minglab amallarni bajarish mumkin. Bunday murakkab ilovalarning o‘ziqanday yaratiladi?
Ilovalarni yaratishning dasturiy vositalari bugungi kunga kelib juda katta imkoniyatlarga ega. Ular bilan tanishishni dasturlash tarixiga nazar tashlashdan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |