O’zbekiston Respublikasi X T V
Xorazm viloyati X T B
Yangiariq tumani XTB ga qarashli
31-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan
maktabning boshlang’ich 3-sinf rahbari
Pinyozova Go’zal Bobonazarovna tomonidan tarbiyaviy soat
darsida“Kitobim-oftobim”mavzusidan
2017-2018 o’quv yili
Sinf: 3-sinf
Mavzu:Kitobim-oftobim.
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning kitob o`qishga,ilm olishga,kutubxonadan foydalanishga qiziqishini hosil qilsh.O`quvchilar qalbiga hamma narsadan ilm kuchli,qadrli ekanini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:AKT, tarqatma material,rasmlar.kitoblar,rag’bat kartochkalar.
Dars metodi:”Aqliy hujum” ,”So’z top o’yini”,”Tarmoqlash”metodlari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: o’quvchilarni darsga hozirlash,AKT jihozlatini darsga shay qilib qo’yish.
2.O’tgan dars bilan bog’lash.
O’quvchilarni o’tilgan mavzu yuzasidan bilimlarini “Klaster “usulidan foydalanib mustahkamlash.
O’quvchilardan mavzuga oid she’rlar so’rash
3.Yangi mavzu bayoni.O`qituvchi:Aziz o’quvchilar bugungi darsimiz nomini mana bu mashqni bajarish orqali bilib olasiz.Alifbo tartibida joylashgan so’zlarni topsangiz darsimiz mavzusiga oid so’z hosil bo’ladi. O’qituvchi ekran orqali so’z top mashqini oquvchilarga namoyish qiladi.
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.
-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o`rgatadi?
-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.
-Bugungi darsimizning mavzusi:
Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish:
1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish.
2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.
3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.
4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash.
5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish.
6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish.
7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.
O’quvchilarga “Kitobni asrang “deb nomlangan multimedia mahsuloti ekranda qo’yib beriladi.
O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?
- Nima uchun?
O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.
O`quvchi:Uy sharoitida uncha kitobni saqlash qiyin.
O`quvchi:Men o`qimoqchi bo`lgan kitob do`konda bo`lmasligi mumkin.
O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nimalar yordamga keladi?
O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.
Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.
Mustahkamlash:
Kitob haqida she’rlar yoddan aytish
Maqollar va topishmoqlar aytish
Kitobdan qanday foydalanishimiz kerakligi haqida o’quvchilarga avdio eshittirish.
Dars yakuni:
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa :Kitob haqida maqollar,she’rlar,topishmoqlardan yod olib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |