O‘zbekiston respublikasixalq ta’lim vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi


Harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’zirlar



Download 403,28 Kb.
bet34/52
Sana31.12.2021
Hajmi403,28 Kb.
#274646
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
Чёт 2.2. мутахасис

3.Harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’zirlar

Askarlar va matroslarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’zir ham, shuningdek, rag‘batlantirish singari harbiy xizmatchilarni tarbiyalash, harbiy intizomni mustahkamlashdagi asosiy turlaridan rag‘batlantirish bilan birga intizomiy ta’zirlar ham qo‘llaniladi. Intizomiy ta’zirni qo‘llashdan asosiy maqsad boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan bunday kamchilik-nuqsonlarga yo‘l qo‘ymashk.

Harbiy intizomni bo‘zgan va ma’muriy qonunbo‘zarlik uchun harbiy xizmatchi shaxsan javobgardir.

Askar, matros, serjant va starshinalarga beriladigan intizomiy ta’zirlar; hayfsan; qattiq hayfsan; askar va matrosni navbatdagi javob berishdan yoki kemadan sohilga chiqarishdan mahrum qilish; muddatli xizmatdagi askar va matroslami besh naryadgacha navbatdan tashqari naryadga tayinlash; 10 sutkagacha gauptvaxtaga band qilish, harbiy xizmatni o‘tayotgan serjant va starshinalarga ulardan tashqari lavozimidan pasaytirish; harbiy unvonidan bir pog‘ona pasaytirish; harbiy unvonidan bir pog‘ona pasaytirib, past lavozimga o‘tkazish; quyi lavozimga o‘tkazib, serjant (starshina) unvonidan mahrum qilishlar qo‘llaniladi. Harbiy xizmatni shart­noma asosida o‘tayotgan askar, matros, serjant va starshinalarga, ulardan tashqari, zaxiraga muddatidan oldin bo‘shatish, mudda- tidan oldin zaxiraga bo‘shatib, serjant (starshina) unvonidan mahrum qilish belgilangan.

Intizomiy ta’zir chorasi va aybi aniqlanganda, quyidagilar e’tiborga olinadi: xatti-harakatlarining tavsifi, u sodir etilgan holat, uning aybdorlari, aybdoming oldingi xulqi, shuningdek, tartibini bilish darajasi. Intizomiy ta’zirning qattiqligi, agar voqea jangovar navbatchilik (jangovar xizmat) va boshqa xizmat vazifalarini bajarishda, mast holatda yoki tartibni jiddiy bo‘zishga olib kelsa kuchayadi.

Intizomiy ta’zirlar qoidaga ko‘ra, zudlik bilan ijro etiladi va favqulodda holatlarda bir oy ichida ijro etiladi. Bir oylik muddat tugagach, ta’zir ijro etilmaydi, lekin u haqdagi qayd xizmat varaqasida saqlanadi. Rag‘batlantirish va intizomiy ta’zir choralari to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar, ayrim hollarda garnizon boshliqlari, dengiz kattalari va garnizon harbiy komendantlari tomonidan belgilanishi mumkin.

Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi

O‘ziga ishonib topshirilgan qurollarni va harbiy texnikalarni saqlash tartibini bo‘zgan, belgilangan vazifa hamda majburiyatlarni bajarmagan harbiy xizmatchilar intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Intizomiy javobgarlik askarga jamoat tartibini va harbiy intizomni bo‘zgan holatlarda qo‘llaniladi. Jinoiy javobgarlik bo‘yicha qonunbo‘zarliklar quyidagilar:

bo‘ysunmashk, boshliqqa qarshilik ko‘rsatib yoki uning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida bo‘zilishga olib kelish; boshliqqa nisbatan kuch ishlatib qo‘rqitish; harbiy xizmatchini haqorat qilish; harbiy xizmatdan bosh tortish; harbiy sirlarni oshkor qilish; topshirilgan qurol va harbiy texnikalarni bo‘zish va yo‘qotish; mashinalarni haydash qoidasini bo‘zish; jangovar navbatchilik, qorovul va ichki xizmat tartibini bo‘zish holatlaridir.

Harbiy xizmatchining xatti-harakatida jinoyat tarkibi borligi aniqlansa, komandir (boshliq) harbiy prokurorni xabardor qiladi, zarurat taqozosidan jinoiy ish qo‘zg‘ab, tergov boshlaydi. Xizmat majburiyatlarini bajarish paytida noto‘g‘ri harakat tufayli keltirilgan zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi va intizomiy tartibda jazolanish moddiy javobgarlikdan saqlab qolmaydi. Muddatli harbiy xizmatchilar shaxsiy foydalanishida bo‘lgan kiyim-kechaklarni sovurib yuborsa, hisobsiz badalidan tashqari bahosini to‘liq to‘laydilar.


Download 403,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish