ILOVALAR
Namunaviy o‘quv dasturi
Ishchi o‘quv dasturi
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)
Qo‘shimcha didaktik vositalar (testlar)
KIRISH
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrda Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni, “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ–3931-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobmutolaasivakitobxonlikmadaniyatinioshirishhamdatarg‘ibotqilishbo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” 2017-yilning 13-sentabrdagi qarori, “Pedagog kadrlarnitayyorlash,xalqta’limixodimlariniqaytatayyorlashvaularningmalakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26- sentabrdagi PQ–3289-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF–5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirishto‘g‘risida”2019-yil7-iyundagiPQ–4354-sonqaroridabelgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida Maktab kutubxonalari rahbar va xodimlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazardatutadi.
DasturmazmuniO‘zbekistonRespublikasiningta’lim-tarbiyasohasidagidavlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, kutubxona faoliyatida muloqot madaniyati, kutubxona ish jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, davlat tilida ish yuritish hujjatlari, umumta’lim maktab kutubxonalari ishini samaralitashkiletish va boshqarishni o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarinio‘zichigaoladivaularbo‘yichategishliyangibilim,ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishgayo‘naltirilgan.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladiganmalakatalablarivao‘quvrejasiasosidashakllantirilganbo‘lib,maktab kutubxonalari rahbar va xodimlari faoliyatiga oidzamonaviyta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etishdarajasini
oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |