233
boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan
jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan
o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-
tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y
beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi
katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti
markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi.
Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-
qon
tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya
bezlarini ishlatish va
boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti
markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib
ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his-tuyg'ularning kechirilishi
nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi
chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura
boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon
kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi),
sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga
sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida
badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz
beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan
kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi
zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi
deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib
turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir.
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli,
ёqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil
shaklni kasb etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar
(hissiy bo'ronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress)
holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor ma'nodagi so'z bilan
aytganda)ni hosil qiladi.
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha
sinonimlar sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu
qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha
boshdan kechirilishidan iboratdir. «Emosiya» so'zini o'zbek tiliga aniq
tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan
ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga
nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining
o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib,
boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.