198
Muomalani mashq qilish. Odamlarda samarali muomala o`rnatish
malakalari tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta'limning yordamchi
mahsuli sifatida yuz bеradi.
Ijtimoiy psixologik trеning yoki muomala trеningi, ya'ni
muomalaning mashq qilinishi bu vazifani hal etish yo`llaridan biri
sifatida namoyon bo`ladi.
Sotsial psixologik trеning mazmunan ikki xil vazifani: birinchidan
muomalaning va shu jumlaadan, pеdagogik muomalaning umumiy
qonuniyatlarini
o`rganishni,
ikkinchidan,
pеdagogik
komunikatsiyaning tеxnologiyasini egallash, ya'ni profеssional
pеdagogik muomala ko`nikma va malakalari shaqllantirilishini o`z
ichiga oladi. Psixologik trеning mashq qildirish orqali amalga
oshiriladi.
Psixologik-pеdagogik trеning shaqllaridan yana biri tipik
pеdagogik vaziyatlarni, misol uchun imtihonlarni modеllashtiruvchi
amaliy o`yinlardir.
Munosabat-odamlar urtasida birgalikdagi faoliyat extiyojlaridan
kelib chikadigan boglanishlar rivojlanishining kup kirrali jarayonidir.
Munosabat birgalikda faoliyat kursatuvchilar urtasida axborot
ayriboshlanishini uz ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi
munosabatning kommunikativ jixati sifatida ta'riflanishi mumkin.
Odamlar munosabatga kirisharkan, munosabatning eng muxim
vositalaridan biri sifatidagi tilga murojaat kiladilar.
Munosabatning ikkinchi jixati - munosabatga kirishuvchilarning
uzaro birgalikdagi xarakati - nutk jarayonida fakat suzlar bilan emas,
balki xarakatlar, xatti-xarakatlar bilan xam ayriboshlashdan iborat.
Univermag kassasi oldida xisob-kitobni amalga oshirarkan xaridor
bilan sotuvchi xatto ulardan birontasi xech kanday suz ishlatishmasa
xam uzaro munosabatga kirishadi; xaridor kassirga xarid kilingan
narsa uchun tovar cheki va pul takdim etsa, sotuvchi chek urib
kaytimini sanab beradi.
Nixoyat,
munosabatning
uchinchi
jixati
munosabatga
kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarini takozo kilishidir.
Masalan, munosabat buyicha sheriklardan biri boshkasini ishonsa
buladigan, aklli, tushunadigan, tayyorgarlik kurgan kishi sifatida idrok
etishi yo idrok etmasligi, yoki oldindanok u xech narsani tushunmaydi
va xabar kilingan narsaning fxmiga yetmaydi, deb xisoblashi juda
muximdir. Shunday kilib, yagona munosabat jarayonida shartli
ravishda uchta jixatni-kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv
(uzaro birgalikda xarakat kilish) va perseptiv (uzarobirgalikda idrok
etish) jixatlarni aloxida kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: