Valyuta kurslari o‘rtasida salbiy farq vujudga kelsa:
Debet
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar
o‘rtasidagi farq”
Kredit
4610 “Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi”
schyotida aks ettiriladi.
Kurslar o‘rtasidagi vujudga kelgan salbiy farq korxonaning zarariga
olib boriladi va uning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan qoplanadi.
Bunda:
Debet
9620 “Valyo’ta kurslari farqida ko‘rilgan zararlar” aks ettiriladi.
Kredit
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar
o‘rtasidagi farq”
Qo‘shilgan kapitalning analitik hisobi ta’sischilar va aksiyalarning turlari
bo‘yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |