O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

 
Xushomad
  –  insonning  tashqi  qiyofasi,  chiroyli  so‗zlari,  hatti-harakatidan 
ta‘sirlanib,  ma‘qullashni  ifodalash,  maqtovning  maxsus  shaklidir.  Nafis  shaklga 
o‗rangan  bu  ifodadan  hammamiz  zavqlanamiz  –  har  birimizda  ozgina  miqdorda 
bo‗lsa  ham  o‗zimizga  nisbatan  muhabbat  hamda  g‗urur  mavjud.  Xushomadlar 
jamoatda  yoqimli  kayfiyat  uyg‗otadigan  hissiyotda  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi. 
Xushomad  yengil,  sho‗x,  oddiy,  tabiiy  va  asosiysi,  haqqoniy  bo‗lishi  lozim.  Agar 
xushomadlarni kam,  ammo o‗tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib 
bir tarovat qo‗shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta‘ma, 
oshirib yuborishlik bo‗lsa, ular kulgilik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. 
 Qo‗pol  xushomad  doimo  o‗rinsizdir  va  uni  ifodalovchi  odam  yaxshi 
ko‗rsatmasligi aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‗z vaqtida 
va joyida qo‗llanishi nur ustiga a‘lo nurdir. Bunday nazokatga ko‗milgan xushomad 
hamisha odamga lazzat bag‗ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq 


72 
 
bo‗lishiga,  xomush  odamni  kayfiyatini  ko‗tarishiga  sabab  bo‗ladi.  Ko‗pchilik 
xushomadlarni qanchalik joyida va mos kelishi haqida o‗ylamay mulozamat qilishga 
odatlanib qolishgan.  
Ayol  kishiga  nisbatan  tez-tez: 
«Bugun  juda  chiroylisiz?»
  yoki 
“Bugun  juda 
ochilib  ketibsiz?”
degan  xushomadni  eshitamiz.  Endi  tasavvur  qiling,  xushomadga 
javoban takalluf qilishni o‗rniga ayol kishi: 
«Kecha mening ko„rinishim yomonmidi?»
 
degan tabiiy savolni javob bersa

chi?! 
«Bugun juda chiroylisiz?»
 degan xushomadni 
aslida xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‗ladi. Chunki u yuqorida aytganimizdek, 
ikki  xil  ma‘noga  egadir.  Ammo 
«Bugun  juda  yasanibsiz!»
  degan  so‗zlar  ikki  xil 
ma‘noga  ega  emas.  Xushomadda  yorqin  ko‗rinuvchi  maqtov  bo‗lmasligi  lozim. 
Xushomad  qilayotganingizda  oshirib  yuborishlar  hamda  ortiqcha  hayratdan 
o‗zingizni  tiying.  Xushomadda  aql  o‗rgatadigan  so‗zlardan  saqlaning: 
«Bu  ko„ylak 
sizga yarashibdi, ko„proq shuni kiying». 
 Qanday  qilib  xushomadni  ifodalash  mumkin?  Ishonchli  ohangda,  jilmayib, 
ko‗ngilochiqlik  bilan  izhor  qiling.  Imo  va  ishoralar  so‗zlarga  mutanosib  bo‗lmog‗i 
kerak. Xushomadda kinoyaga hatto ishora ham bo‗lmasligi lozim. Yo‗l–yo‗lakay va 
ish  orasida  xushomadni  aytib  ketmang.  Xushomadga  tayyorlanar  ekansiz,  unga 
bo‗lgan ta‘sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‗lgan narsada aksil ta‘sir 
holati bo‗lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‗ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga 
xushomad  qilar  ekansiz,  ikkinchisining  eshitish  imkoni  borligini  bilsangiz,  ehtiyot 
bo‗lgan  ma‘qul.  Ba‘zi  vaziyatlarda  bu  oxirgi  ayolni,  ayniqsa  u  agar  yolg‗iz  yoki 
notanish  davrada  bo‗lsa  kayfiyatini  buzib  qo‗yishi  mumkin.  Erkaklarga  qilinadigan 
o‗zaro  xushomad  nafaqat  qabul  qilinmagan,  hatto  odobsizlik  ham  sanaladi,  bunday 
xushomadgo‗y  kulgiga  uchraydi.  Ayollar,  shu  bilan  bir  qatorda  yosh  qizlar  ham 
erkaklarga  xushomad  qilishdan  tiyilganlari  ma‘qul.  Aks  holda  ular  noqulay  va 
kulgilik  vaziyatga  tushib  qolishlari  mumkin  va  o‗zlari,  hamda  maqtov  egasini  ham 
obro‗sini tushirib qo‗yishlari mumkin.  
Erkak kishidan latif xushomadni eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda 
sho‗ng‗ib  ketmaganlari  ma‘qul.  Barcha  turdagi  xushomadlarni  yaxshi  qabul 
qilaverishda  ehtiyot  bo‗lmoq  lozim,  chunki  ba‘zi  mulozamatlarda  ikkiyuzlamachilik 
va  soxta  muhabbat  berkingan  bo‗lishi  mumkin.  Tanimagan-bilmagan  odamning 
xushomadiga  qilingan  juda  «quyuq»  javob,  nafaqat  noo‗rin  baho,  tasavvurni  paydo 
qilish  mumkin,  balki  g‗aliz  niyatli  kishilarning  o‗yini  qurboniga  ham  aylantirib 
ko‗yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi, 
izzat-nafsi  hamda  qadr-qimmati  birinchi  navbatda  turmog‗i  lozimligini  kishi 
unutmasligi joiz. 
“Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo„linglar, shunda sizlarning 
xotinlaringizga  nisbatan  ham  iffatli  bo„lurlar”,  -
  deyiladi  sahih  hadislarda.  Iloji 
boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma‘qul.  


73 
 
Qanday  qilib  samimiy  maqtovga  javob  berish  lozim?  Tashakkurni  odatiy 
«rahmat»
  so‗zi  bilan  kifoyalanmay  chin  dildan  bildirmoq  darkor.  Sizni  maqtagan 
odamga 
«teginish»
dan  o‗zini  tiygan  ma‘qul.  Muloyim  minnatdorchilik  bilan 
cheklanib, izoh va savollarni o‗zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni eshitib, 
qarshilik  bildirish  qadr-qimmatni  tushirishi  yoki  riyokorlikni  ko‗rsatib  qo‗yishi 
mumkin.  Agar  sizning  tashqi  ko‗rinishingiz  yaxshi  ekanligidan  shavq  bilan 
gapirsalar, o‗zingizni noqulay his qilishingiz haqida aytish lozim.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish