55
kyetishdan qo‗rqmaydi. Va oxir oqibat u barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik
fazilatini yorqin ifodalay oladigan va illatlarini berkitadigan variantlaridan birida
to‗xtaydi.
Barcha holatlarda ayollik fahm-farosatining qobiliyatini o‗stirish va uni
tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas.
Buning uchun badiiy ko‗rgazmalar, teatr kabi san‘atga bog‗liq joylarda bo‗lib turish,
ko‗chadagi turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar orasida bo‗lish,
xullas, ichki didni boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish zarur.
Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik latofatini o‗zida rivojlantirmoq lozim.
Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o‗qishni, bolalarga hayrihohlik
bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u ta‘sirchan yoki qattiq
bo‗lmasin, yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos bo‗lgan nazokatni tabiatdan
olishga harakat qiling: tabiatning rang
barang bo‗yoqlariyu, tizmalari va uning
ohangini ko‗ra bilishni o‗rganing. Va albatta ayol kishini muhabbat yanada
go‗zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu qiyinchiliklariga qaramasdan
sevishni o‗rganing. Muhabbatsiz go‗zallik tez so‗nadi. Biz esa
«Go„zallik dunyoni
qutqaradi»
degan naqlni unutganimiz yo‗q.
Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go‗zal bo‗lishga intiling. Bunga esa agar
istasa, har qanday ayol tinimsiz o‗z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u
kunda o‗zining tabiatini tarbiyalab borsa. Agar u o‗ziga va qalbiga oz bo‗lsa ham
erinchoqlikka yo‗l bermasa. Agar o‗z-o‗ziga nisbatan talabchan bo‗lsa. Agar
odamlarni hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan rahm-shafqatli bo‗lishga o‗zini
o‗rgatsa. Agar o‗z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab,
ularni janjal bilan qiynamasa, o‗ziga o‗zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga
aylanmasa. Aynan mana shulardan keyingina ayol kishiga xos bo‗lgan latofat
boshlanadi. Va hech qanday bashang liboslar uning aksini berkita olmasligini
unutmang. Jizzakilik, g‗azab, surbetlik, qo‗pollik, hasad, xo‗jayinchilikka bo‗lgan
ehtiros va boshqa inson gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo‗lgan) qimmatbaho va
yaltiroq lattalar bilan berkitib bo‗lmaydi.
Uyda
ayniqsa ayol kishi uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o‗chib
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O‗zimizga mos tarzda
kiyinishimiz to‗satdan mehmonlarni kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi kayfiyat
bilan yurishga kerakdir, Ro‗zg‗or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan
liboslarni yaxshi uyda kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay,
balki zamonaviy bo‗lmog‗i ham lozimdir. Ayol kishining shalviragan kiyimlarni
kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov bergach, uni
«uy kiyimiga ko„zi
qiymay»
shkafga ilib qo‗yuvchilarni hech narsa bilan oqlab bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: