OILA
- tarixan tarkib topgan o‗ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‗lib, uning
a‘zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‗zaro
huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‗langandir. Oila nikoh zaminida
vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat
tomonidan tan olingan, ma‘qullangan ifodasi hisoblanadi. Jamiyat nikoh vositasida
erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin,
ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va
jamiyatning mavjud bo‗lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-
ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning
yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |