Diplomatiya
— bu o‗zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish san‘atidir.
Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi.
Diplomatik uchrashuvlar o‗zining belgilangan reglamenti, etiketi va ko‗pincha
o‗z protokoli bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, diplomatik
uchrashuvlarning qatnashchilari diplomatiya kabi nozik faoliyatning asosini tashkil
etuvchi subordinatsiya qoidalari va professional cheklanishlarga qat‘iy rioya qiladilar.
Uchrashuvlar o‗zaro salom almashish bilan boshlanadi. Salomlashish turlari har
xil bo‗ladi. Xorijiy mamlakatlarda uzoq safarda bo‗lgan kishi bu mamlakatning milliy
udum va qonun-qoidalarini o‗z mamlakati urf-odatlari bilan taqqoslaydi. Misol
uchun, shuni ta‘kidlash lozimki, musulmonlar uchun shariat qonunlariga binoan ayol
va erkak kishining qo‗llari, agar ular qarindosh bo‗lmasa, hatto bir-biriga tegib
kyetishi ham qat‘iyan man etiladi.
Biror-bir kishi sharafiga qabul marosimini tashkil etayotgan paytda yoki uni
mehmonga taklif etayotgan hollarda, mehmon qaysi dinga e‘tiqod qilishini bilish
zarurdir. Islom dini qoidalariga ko‗ra spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iyan man
etiladi. Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlar vegetarian turida bo‗lib, zinxor
mol go‗shtidan tayyorlanmagan bo‗lishi lozim.
Diplomatik salom almashish qoidalari umumqabul qilingan salom almashish
qoidalaridan deyarli farq qilmaydi.
112
Avval tanishtirilishi kerak bo‗lgan kishining ismi-sharifi aytiladi, so‗ngra kimga
tanishtirilayotgan bo‗lsa, uning ismi-sharifi. Kichik yoshli kishini katta yoshli
kishiga, erkak kishini ayol kishiga, lavozim jihatidan past kishini lavozimi jihatidan
baland kishiga tanishtiriladi.
Tanishtirilayotgan kishi, agar erkak kishi bo‗lsa, boshini biroz egib ta‘zim
qiladi, ayol kishi esa boshini biroz egib qo‗yish bilan kifoyalanadi.
Agar ayol kishi uni qiziqtirayotgan kishi bilan tanishish niyatida bo‗lsa, u
ikkalasiga tanish bo‗lgan kishini tanishtirish haqida iltimos qilishi mumkin.
Ikkalasiga tanish bo‗lgan kishi, ularning qiziqish doirasidan kelib chiqqan holda,
suhbat qurishga yordam beradi.
O‗tirgan holda boshni egib ta‘zim qilish deyarli noqulay bo‗lgani uchun erkak
kishi tanishayotgan paytda o‗rnidan turishi lozim. Ayol kishi esa aksincha, o‗z
o‗rnidan turmasligi lozim. Ayol kishiga yoshi undan katta ayol tanishtirilayotgan
bo‗lsa yoki u tanishtirilayotgan kishi haqida o‗zining alohida fikrini izhor qilmoqchi
bo‗lgan hollar istisnoni tashkil etadi. Ushbu hollarda u o‗rnidan turib salomlashish
uchun qo‗l uzatishi mumkin.
Erkak kishi bilan tanishayotgan hollarda ayol kishi agar o‗zi uchun bu narsani
o‗rinli deb topsa, salomlashish uchun qo‗l uzatadi, aks hollarda boshini biroz egib
salomlashish bilan kifoyalanadi. Qolgan hollarda yoshi kattaroq bo‗lgan kishi
salomlashish uchun qo‗lini birinchi uzatadi.
Xonaga kirib kelayotgan kishi birinchi bo‗lib yig‗ilganlar bilan salomlashadi.
Birinchi bo‗lib ketayotgan kishi yig‗ilganlar bilan hayrlashadi.
Biror-bir kishini boshqalarga tanishtirayotgan paytda nafaqat uning to‗liq ismi-
sharifini aytish bilan cheklanish kerak, balki bu shaxsga xos fazilatlar haqida
qisqacha gapirib o‗tilsa, suhbat davom yetishi uchun zamin ham yaratiladi va yangi
tanishganlarning fikr almashishi biroz osonlashadi.
Agar diplomatik qabul marosimida yoshi va lavozimi teng bo‗lgan ikki kishini
tanishtirish kerak bo‗lsa, yaqinroq turgan yoki nisbatan tanish bo‗lgan kishini birinchi
tanishtirish lozim. Agar tanishtirilayotganlar ichida biri mashhur kishi bo‗lsa, unga
ikkinchisini tanishtirish bilan chegaralanib qolish mumkin.
Amaliy yoki protokol uchrashuvlari (ehtirom yuzasidan tanishuv yoki
hayrlaShuv uchrashuvlari) davomida suhbat olib boriladi. Suhbat ko‗p vaziyatlardan
kelib chiqib, reglamentga buysunmaydi. Ammo uchrashuvga tashrif buyuruvchilar
ham, ularni qabul qiluvchilar ham o‗zlari uchun taalluqli bo‗lgan ba‘zi bir qoidalarni
e‘tiborga olishlari darkor. Chunonchi, ehtirom yoki protokol tashrifi uncha uzoq
emas, ya‘ni 20, ko‗pi bilan 30 daqiqadan oshmasligi zarur.
Diplomatik seremonial (tantana marosimlari) xilma-xil, murakkab, nozik
tomonlari mavjud bo‗lgan seremonial hisoblanadi.
113
Diplomatik protokol talablarining rivojlanishi urf-odatlar, davlatchilik va
umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‗zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |