6-MAVZU. BIZNESMEN ETIKETI
Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbirbiznesida
etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‗rtasidagi
hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi.
Hamkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi
qaltislik qonunni hatlab o‗tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‗q.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan
daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega bo‗lish,
firma yoki tashkilotning mustahkamlash uchun pul jamg‗armasini yaratish.
Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish
ilinjida
savodsiz
intilishlar,
pullarga
noto‗g‗ri
munosabat,
firmaning
raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan
foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‗lishi mumkin. Bular
marketing ma‘lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning,
sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‗qligi; muvaffaqiyatsiz
reklama; iste‘molchi va xaridor talablari borasidagi ma‘lumotlar to‗plamiga ega
bo‗lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi,
savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy
ruhiyatining xususiyati borasida mo‗rt nishonga ega bo‗lish; atamalar va til
masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menejment, marketing,
kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‗lmaslik;
hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar
qo‗llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir.
Hayot fazosi bo‗lmish bozor taraqqiyotini o‗zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir
narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‗lgan tadbirkorlardan faqat
10-15 foizigina muvaffaqiyatga erishadilar. Muvafaqqiyatga faqat o‗zining ijodiy
jihatdan iste‘dodini ifodalash hissi kuchli bo‗lgan, doimo odamlarni, ularning
ehtiyojlari va qiziqishlarini o‗rganadigan, odamlarning ishonchini qozonishga
intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma‘naviy hamda kasbiy komillikni o‗zida
namuna sifatida ko‗rsatadigan, va oxir-oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori
ko‗rsatkichi bo‗lmish – odamlardagi intellektual faoliyatni ocha biladigan
odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir.
Oxirgi yillarda ko‗pgina tashkilot va muassasalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri tashqi
bozorga chiqish huquqiga ega bo‗ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli
mamlakatlarning firma va tashkilotlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa qilishga yangi
imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va
texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar yaratildi.
Mamlakatlarning ba‘zi miliy va ruhiy xususiyatlarini bilish tadbirkorlarga har bir
77
yerda uning qonunlariga mos tarzda o‗zini tutishiga yordam beradi va eng asosiysi –
nazarda tutilgan tashkilotda muvaffaqiyat qozonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |