TAKABBUR(LIK) -
Takabbur – o‗zini katta oladigan, kibr-havoli. Takabburlik
1. Takabbur bo‗lish. 2. Takabbur odamlarga xos hatti-harakat. T.lik
salbiy
axloqiy sifat bo‗lib, boshqalarga kibr-havolik b-n munosabatda bo‗lish, ularning
tajribasi va ma‘naviy boyliklarni mensimaslik, o‗zining jamiyatda tutgan o‗rnidan,
millatidan mag‗rurlanishni anglatadi. T.lik
manmanlikning bir ko‗rinishi bo‗lib,
kishining o‗zini yaxshi ko‗rish va imkoniyatlariga ortiqcha ishonishi asosida
boshqalarga behurmatlikda bo‗lishini ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. T.lik
illat.
T.lik kamtarlik va odamlarga hurmat sifatlariga ziddir. T.lik kibr, manmanlik,
mag‗rurlik, maqtanchoqlik, kekkayish, kaltabinlik, jamoadan o‗zini yuqori qo‗yish,
boshqalardan ustunligini namoyon yetish kabi illatlar yig‗indisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |