O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

«Adashyapsiz 
azizim!»
 deb aytgan durustroq. 
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‗tkir tushunchalardan hayiqmoq lozim. 
Bizning  so‗zlarimiz  biz  istagan  darajada  doimo  natija  bermasligi  mumkin,  o‗zimiz 
bilmagan  holda  boshqalarni  qalbini  yaralashdan  uzoqroq  bo‗lganimiz  ma‘quldir. 
Yomon ma‘noda so‗z aytgan bo‗lsangiz, unda uni ifodalashdan ne ma‘ni bor?! Gap 
bilan 
«chaqilgan»
  kishi  sizni  kechirishi  mumkin.  Ammo  qalbiga  otilgan  bu 
«nayzaning»
  izi  o‗chishi qiyin. Bundan siz  ham  foyda  ko‗rmaysiz. Va  eng  asosiysi, 
erkaklar  uchun:  rafiqasi  bilan  bo‗lgan  har  mojaroda  ayolni  o‗ziga  qaratadigan 
«Azizam»
 degan murojaati masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning 
bunday so‗zlarni ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.  
 
Uy. 
O‗zbek  xalqida  «O‗z  uyim  o‗lan  to‗shagim!»  degan  maqol  bejiz  emas 
albatta.  Butun  umrimizni  yashash  joymizni  chiroyli  va  qulay  qilishga  intilamiz. 
Shuning  uchun  ishlaymiz,  tejaymiz.  Zero,  o‗zbek  xalqi  mehmondo‗st  xalq.  Birov 
kelsa,  uyat  bo‗lmasin  qabilida  tirishib-tirmashadi.  Chunki  uyga  kelgan  mehmon 
mezbonning  uy  tutishidan  uning  kimligini  bilib  oladi.  Ammo  eng  katta  muammo 
uyga  kelin  kelganda  boshlanadi.  O‗zining  hayot  tarzi  va  tartib  qoidalari  bilan  kelar 
ekan,  bu  bilan  bevosita  paydo  bo‗lgan  mayda  ziddiyatlar,  tushunmovchiliklarni 
chetlab o‗tish juda qiyin. 
Xo‗sh qanday qilib bu masalani hal qilish mumkin? 
Buning  uchun  avvalambor  uyning  o‗zi  toza  va  batartib  bo‗lishi  lozim.  Barcha 
narsalarning o‗z joyida turishi va hamma bu tartibga amal qilishlari lozim. Ertalab har 
joyda yoyilib yotgan narsalar kayfiyatni ko‗tarmasligini o‗zingiz ham yaxshi bilasiz. 
Yaxshi  osilmagan  yoki  taxlanmagan  ko‗ylak  er-xotini  asabini  buzsa,  joyiga 
qo‗yilmagan  narsalar  qaynona-qaynotani  sizdan  norozi  bo‗lishiga  sabab  bo‗lishi 
mumkin. 
Uydagi tartib faqat ayolga bog‗liqmi? 
Ham  to‗g‗ri  ham  noto‗g‗ri.  Qadimdan  erkak  oilasini  boqish  uchun  ko‗chaga 
chiqar,  ayol  esa  –  uyga,  bolalar  tarbiyasiga  qarar  edi.  Hozirgi  davrga  kelib  esa

 
Halol  oila  ro‗zg‗orini  tebratish  uchun  bir  erkakning  ishlashi  yetarli  emas.  Talablar 


156 
 
o‗zgargan. Hozirda bir farzandning o‗zini kelajagini qurish uchun faqat to‗qqiz yillik 
o‗qishnining o‗zi yetarli emas.  
Uyimizning  ichki  ko‗rinishi,  tabiiyki  bizning  odatimiz  va  didimizga  bog‗liq. 
Asosiysi,  biz  va  oila  a‘zolarimiz  o‗zini  qulay  va  shinam  joyda  his  qilishni  ko‗zda 
tutish  lozim.  Shunga  qaramay  sizni  e‘tiborga  olinadigan  bir  qancha  masalalar  bor. 
Aytaylik,  uyni  narsalar  bilan  to‗ldirib  tashlab,  uni  magazinga  o‗xshatib  qo‗ymaslik 
lozim. 
Uyni  yasatish  va  saranjomlashda  derazalarga  alohida  e‘tibor  berish  kerak. 
Xohishga qarab ular orqali xonani kengaytirishi yoki, aksincha kichraytirish mumkin. 
Derazalarni  jonli  rasmga  aylantirish  mumkin.  Yoki  ularni  musavvirlik  bilan 
drapirovka  bilan  berkitish  mumkin...  Har  qanday  holatda  ham  derazalar  sizni  butun 
olam  bilan  bog‗lab  tursin  va  uyga  imkoni  boricha  ko‗proq  toza  havo  kiritib  turish 
kerak.  
Agar  farzandlar  bo‗lsa  (ayniqsa,  go‗daklar),  bolalar  yashayotgan  joyda  mebel 
jihozlari va uyning umumiy saranjomligi, kichik odamchalarning erkin harakatlanishi 
va tabiiy o‗sishiga halaqit bermasligi lozim. Diqqat qiling: agar siz bolalarga haddan 
ziyod tanbehlar berayotgan bo‗lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! va h.k.) aybdor 
bola  emas,  mebel  joylaShuvining  o‗quvsizligi  (yoki  sizning  qobiliyatsizligingizdir). 
Har  qanday  uyda  asosiysi  har  holda  narsa  emas  (qanday  qiymatga  ega  bo‗lishidan 
qat‘iy  nazar)  –  inson.  Shu  bilan  birga  o‗zingiz,  yaqinlaringiz,  qariyalaringiz, 
farzandlaringiz ham. Buni yoddan chiqarmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tanishlarni uydagi boylik va qimmatli jihozlar bilan to‗ldirib hayratga solishga 
intilmagan  ma‘qul.  Qimmatbaho  va  zamonaviy  jihozlar  uyda  doimo  shinamlikni 
tug‗dirmaydi. Ba‘zida buning aksi bo‗lishi ham mumkin. 
Boshqa tomondan esa, uyni eski narsalar bilan to‗ldirib tashlamaslik ham lozim. 
Ayniqsa, agar ulardan anchandan beri foydalanilmayotgan bo‗lsa. Hech bo‗lmaganda 
bir  yilda  bir  marotaba  uyni  eski  kerakmas  narsalardan  bo‗shatib  turish  maqsadga 
muvofiq. 
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim. 
Har  qanday  uyni  gullar  go‗zallashtiradi.  Ayniqsa,  yangi  uzilgan,  chiroyli 
tanlangan guldastalar, quruq o‗t va gullar majmuasi, turli xonadon gullari bo‗lsa nur 
ustiga  a‘lo  nur.  Bu  yerda  xayolotingizning  imkoniyatlari  cheksizdir.  Ammo  gullar 
boshqa  barcha  narsalar  kabi  uyda  ozodalik,  e‘tibor  va  parvarishni  talab  qiladi. 
Faqatgina  ulardan  haqiqiy  xayolot  va  san‘at  asari  darajasiga  ko‗tarila  oladiganigina 
xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz. 
Uy  hayvonlari  –  akvarium  baliqlari,  mushuk,  qushlar  va  h.k.  –  nafaqat  uyni 
o‗zgartirib  yuboradi,  iliqlik  va  jon  bag‗ishlaydi,  balki  o‗ziga  xos  tarzda  uyga  oro 
beradi  (gullar  kabi).  Ammo  jonzotlar  bo‗lgan  uyda  yoqimsiz  hidlarning  bo‗lishi 


157 
 
yomondir.  Uy  hayvonlari  va  uning  egalarining  doimiy  ifloslik  va  betartiblikda 
bo‗lishi undan ham yomonroq.  
Ko‗pchilik  erkak  ayollar  «yaxshi  pul  topa  boshlasalar»  oilani  boshqaruvining 
o‗z  qo‗llariga  oladilar  degan  hadik  mavjud.  Bo‗lmagan  gap.  Bu  erkakka  bog‗liq. 
Mamlakatimizda ayol kishining daromadi qanchaligidan qat‘i nazar uning buromadi 
bilan erkak shug‗ullanadi. Boshliq ham u. Lekin bu degan ayolning ishga «sho‗ng‗ib» 
kyetishi degani emas. Ayolning ishi oilaga xalaqit bermasligi lozim. Bolalarni ozoda 
bo‗lishga,  batartib  ish  yuritishga,  munosabatlar  –  bularni  rivojlantirishning  barchasi 
ayolning  zimmasida.  Erkaklar  esa  «ishlab  keldim»  deb,  faqat  shoir  iborasi  bilan 
aytganda  «tirik  hamyon»  vazifasini  o‗tashi  yaxshi  emas.  Bu  ayolni  ham  jismonan 
ham  ruhan  toliqtiradi.  Uydagi  og‗ir  ishlar,  bozor-o‗char  ko‗proq  erkakning 
zimmasida. Agar bunga imkon topa olmasa, ayol uchun sharoit yaratib berish lozim.  
Texnik masalalarda – issiq va sovuq suv, ayolga yordamchi mashinalar – go‗sht 
maydalagich,  kir  yuvadigan  mashina  va  h.k.  Zero,  ular  ketadigan  vaqt  hamda 
mehnatni tejaydi. Ammo ularning yo‗qligi ozodalik va tartiblilikni bo‗lmasligi degani 
emas.  Har  qanday  sharoitda  yashayotgan  ayolning  uyiga  kirib  borgan  kishi  uning 
sharoitiga emas, uy tutishiga baho beradi. Barcha narsalar va sharoit mavjud bo‗lgan 
uydan  ko‗ra,  kichkina  xonalar  bo‗lsa  ham  odmigina  sharoitsiz  uy  ham  chiroyliroq 
ko‗rinish kasb  yetishi mumkin.  Shu sababdan, ba‘zida uyingizga kirgan mehmonlar 
«uyingiz  shinamgina  ekan

a?!»  dyeyishlari  bejiz  emas.  Ammo  faqat  «odamlarning 
ko‗ziga» uyni tutish yaxshi emas. U yerda siz yashaysiz. Hurmat avvalambor o‗zdan 
boshlanadi. Avvalambor, o‗ziga va oilasiga qulaylik tug‗dirgan odamdan oqil odam 
yo‗q. 
Batartib  oilada  yashagan  bola  ham  ozoda  bo‗ladi.  U  ota-onasidan  qanday  qilib 
kelishuv asosida oila boshqarishni o‗rganadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish