Transport
Ayol kishiga joy berayotgan erkak o‗rnidan turib, uzoqroq joyga borib turadi.
Ishdan charchab kelayotgan erkak ayolga joy bo‗shatish kerak, deb hech kim
majburlamaydi. O‗z vijdoniga havola. Ammo odob bolali ayollarga, yoshi katta yoki
nogironga joy berishni talab qiladi. Ba‘zida qariyalar turib, erkaklarimiz yoshgina
chiroylik qizlarga, garchi ular o‗tirmasa ham bo‗lsa-da, sakrab turib joy beradilar.
Ba‘zida esa kuchli jins vakillaridan deb, ayollarni noziklikda ayblashni yaxshi
ko‗radigan o‗sha erkaklarimiz qizlarga tugul yoshi katta ayollarga ham joy
bermaydilar yoki yonida o‗tirgan yosh qizni turib joy berishini kutib o‗tiradilar.
137
Mardlik ham nomardlik ham, haqiqiy erkaklik g‗ururi ham mayda narsalardan
boshlanadi. O‗zini jonini shuнerda ayagan erkakdan boshqa narsani kutmasa ham
bo‗ladi.
Qizlarimiz esa o‗zlarini dugonalari bilan gaplashib ketayotgan va kattalarni yoki
homilador ayollarni «sezmay» qolganlarini ko‗rsatishga intilsalar-da, bu juda xunuk
ko‗rinish kasb etadi. Garchi yo‗lovchilar sizlarga hech narsa qila olmasalar-da, siz
ham kelajagingiz uchun kichiklar oldida shunday «ibrat» tayyorlaysiz. Keyin xafa
bo‗lmang. Joy berilgan odam tashakkur aytadi, ammo uni gapga tutmaydi. Agar
erkak bilan ketayotgan ayolga boshqa erkak joy bersa, tashakkurni yonidagi erkak
kishi bildiradi. Transportdan chiqishda avval erkak tushib, ayolga chiqishga yordam
beradi. Notanish erkakka bu gap taalluqli emas. Biron qiyinchilik tug‗ilmasa, ayol
kishini o‗tkazib yuboraveradi. Bolali yoki yuki bor ayolga chiptachi yoki haydovchi
yordam bermagan taqdirda notanish erkak buni o‗z bo‗yniga oladi, ammo buni
ortiqcha so‗zlarsiz, tanishuvga intilishsiz jiddiy tarzda bajaradi.
Poyezd, tramvay yoki avtobusda yonimizda turgan kattalarni, erkaklar –
ayollarni o‗tkazib navbat bilan shoshmasdan chiqiladi. Agar ayol erkak kishi bilan
bo‗lsa, navbatga qarab joy olishadi. Ayollar o‗z «imkoniyatlaridan» foydalanib
tramvay vagoni yoki avtobusga hammadan oldin, yonidagi yo‗ldoshini tashlab chiqib
olmaydi. Ammo bu ro‗y bersa, erkak unga yetib olishga harakat qilib oldinga boshqa
ayollarni turtib jon-jahdi bilan intilmaydi. Olomon bir pasga sizni ayirsa, buni
qo‗rqinchli joyi yo‗q. Ayolga joy berilgach, u o‗zining sog‗lom maktab yoshidagi
farzandini u joyga o‗tkazishi yaxshi emas. Yoshi o‗tgan ayolni yetaklab ketayotgan
ayol o‗tirishga joy topolmasa, yoshroq odamdan iltimos qilishi mumkin, albatta, odob
bilan. Ayollar o‗zidan katta yoshdagi erkaklarga joy bermaydilar. Bir tarafdan bu
ko‗rinishning qari yekanligini ko‗rsatib, xafa qilib qo‗yishi mumkin. Yosh qiz yoshi
katta odamga joy bersa bo‗ladi. Transportda odamlarni oyog‗ini bosmaslikka, birovga
suyanib olmaslikka, elkasidan turtmaslikka harakat qilish lozim. Yo‗lovchilarni
zimdan kuzatish ham yaxshi emas.
Poyezdda atrofdagilarga nisbatan e‘tibor va mulozamat ancha qiyinchilik talab
qiladi. Tiqilinch, issiq va yuklar – bularning barchasi bosiq odamni turtinishni va
achchiq so‗zini «ayamaydigan» temiryo‗lchiga aylantirib qo‗yadi.
Samolyotdagi yo‗lovchilardan odatiy yo‗l qoidalarini talab qiladi. Bu yerda
yuqoridagi muammolar yo‗q. Ammo yo‗lovchilar orasida vahima qilish ham
yaramaydi: «Menimcha bitta motor ishlamayapti
», yoki sizga ma‘lum bo‗lgan
havo yo‗llardagi falokatlarni eslab o‗tirish: «O‗shanda ob-havo xuddi Shunday ochiq
edi
» qabilidagi voqealarni aytish yaramaydi.
Avtomashinada kezish – bu ham o‗ziga yarasha qoidalarga amal qilishni talab
qiladi. Eng yaxshi joy – haydovchining yonida. To‗g‗ri, bu sal xavfliroq, ammo
qiziqarli. Bu joy ikki kishiga mo‗ljallangan. Birinchisi – mashina egasining rafiqasi,
138
qolganlar esa orqa o‗rindiqda o‗tiradi. Ammo mehmonga ixtiyor berganingiz ham
ma‘qul, unga orqa o‗rindiq yoqishi mumkin. Demak, ikkita «mezbonlar» – oldinda va
ikkita mehmonlar – orqa o‗rindiqda. Ba‘zida esa mashina egasining yonida erkak
mehmon o‗tiradi, ayollar esa – orqa o‗rindiqda. Ikkala variantni mehmonlarga tanlash
orqali tavsiya etgan ma‘qul.
Bir paytlar ayol kishini olib ketayotgan haydovchining vazifasiga eshikni ochib
berish qo‗yilar edi. Buning uchun u rulni tashlab, mashinaning boshqa tarafiga
aylanib o‗tib, ayolga chiqishga yordam berar edi. Hozir bunday emas. Ammo u
chiroyli ko‗rinishga ega. Ko‗p hollarda esa haydovchi bir oz cho‗zilib eshikni ayol
uchun ochib yuboradi. Bugun esa bunday harakat faqat yaqin qarindosh yoki yoqqan
ayolga nisbatan ishlatiladi. Doimo erkak-haydovchi ayol kishini yukini olib berishi
shart.
Haydovchining yonida o‗tiradigan yo‗lovchi o‗ziga bir qancha majburiyatlarni
oladi. Haydovchi tormoz berib mashina silkinganida, qo‗rqib ketgan bo‗lsangiz ham
«Esing joyidami?!» qabilidagi hayqiriqlarga o‗xshash tanqidiy gaplardan o‗zini
tiygan ma‘qul. Yo‗lovchilar haydovchiga to‗liq ishonch bildirmoqlari lozim.
Zaruratsiz to‗xtatishni so‗ramagan yaxshi. Bunday masalalarni haydovchining o‗zi
hal qiladi. Tanishingizdan sizni ishxonangizga «tashlab» o‗tishni yoki dam olish
kunlari siz bilan aylangani chiqishni iltimos qilmaslik kerak. Bunday takliflar faqat
haydovchi tarafidan bo‗lishi lozim. Garchi shoshilinch bo‗lsa ham, mozor va turli
ziyoratgohlar yonidan past tezlikda o‗tayotgan haydovchidan «tezlatishni»
so‗ramaslik joiz.
Milliy odatlarimizga binoan bunday joylardan o‗tayotgan otliq, otdan, umuman,
egardan tushib sekin o‗tgan. Agar sizni yo‗lakay yetkazib qo‗yishgan bo‗lsa-yu, kira
haqini kelishmagan bo‗lsangiz, taxminiy ketadigan qiymatni berish mumkin. Ba‘zilar
buni rad etadilar – bu ularning ishi. Shaxsiy mashinani qoidaga binoan, berib
turilmaydi. Zarurat yuzasidan maxsus vaziyatlarda tanishingizdan kasalxona yoki
vokzalga olib borib qo‗yishni so‗rash mumkin. Tanishingiz uyidan mehmonlar bilan
chiqar ekansiz, mashina egasi ularga olib borib qo‗yishni taklif etadi. Agar, masalan,
besh kishi bo‗lsa, mashinaga faqat uchta kishi sig‗adi, kim kyetishni esa o‗zlari hal
qiladi.
Davlat haydovchisi haydaydigan xizmat mashinasining orqa o‗rindig‗i eng
nufuzli joy hisoblanadi. Agar rahbar haydovchining yoniga o‗tirsa, tavozelik qilgan
bo‗lardi. Rahbar xodimini haydovchining yoniga o‗tkazib, o‗zi orqaga o‗tirib olsa,
g‗alati ko‗rinadi. Uning orqa o‗rindiqda xodimasi bilan yoki haydovchining yonida
o‗tirish bilan obro‗si tushmaydi.
Agar taksida «Chekilmasin» degan e‘lon yopishtirilib qo‗yilgan bo‗lsa,
yo‗lovchi bunga bo‗ysunishi lozim, o‗z o‗rnida esa haydovchi ham yo‗lovchining
oynani yopib qo‗yish iltimosini bajarishi lozim. Taksiga o‗tirayotgan yo‗lovchi
139
haydovchi bilan ko‗rishadi. U ham alik oladi. Ikkita yo‗lovchidan ayol kishi birinchi
bo‗lib taksiga o‗tiradi. Uni kuzatib ketayotgan erkak haydovchining emas, ayolning
yoniga o‗tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |