O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Diplomatiya
 — bu o‗zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish san‘atidir. 
Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi. 
Diplomatik  uchrashuvlar  o‗zining  belgilangan  reglamenti,  etiketi  va  ko‗pincha 
o‗z protokoli bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi  shundan iboratki, diplomatik 
uchrashuvlarning  qatnashchilari  diplomatiya  kabi  nozik  faoliyatning  asosini  tashkil 
etuvchi subordinatsiya qoidalari va professional cheklanishlarga qat‘iy rioya qiladilar. 
Uchrashuvlar o‗zaro salom almashish bilan boshlanadi. Salomlashish turlari har 
xil bo‗ladi. Xorijiy mamlakatlarda uzoq safarda bo‗lgan kishi bu mamlakatning milliy 
udum  va  qonun-qoidalarini  o‗z  mamlakati  urf-odatlari  bilan  taqqoslaydi.  Misol 
uchun, shuni ta‘kidlash lozimki, musulmonlar uchun shariat qonunlariga binoan ayol 
va  erkak  kishining  qo‗llari,  agar  ular  qarindosh  bo‗lmasa,  hatto  bir-biriga  tegib 
kyetishi ham qat‘iyan man etiladi. 
Biror-bir  kishi  sharafiga  qabul  marosimini  tashkil  etayotgan  paytda  yoki  uni 
mehmonga  taklif  etayotgan  hollarda,  mehmon  qaysi  dinga  e‘tiqod  qilishini  bilish 
zarurdir. Islom dini qoidalariga ko‗ra spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iyan man 
etiladi. Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlar vegetarian turida bo‗lib, zinxor 
mol go‗shtidan tayyorlanmagan bo‗lishi lozim. 
Diplomatik  salom  almashish  qoidalari  umumqabul  qilingan  salom  almashish 
qoidalaridan deyarli farq qilmaydi. 


112 
 
Avval tanishtirilishi kerak bo‗lgan kishining ismi-sharifi aytiladi, so‗ngra kimga 
tanishtirilayotgan  bo‗lsa,  uning  ismi-sharifi.  Kichik  yoshli  kishini  katta  yoshli 
kishiga, erkak  kishini  ayol  kishiga, lavozim  jihatidan past kishini  lavozimi  jihatidan 
baland kishiga tanishtiriladi. 
Tanishtirilayotgan  kishi,  agar  erkak  kishi  bo‗lsa,  boshini  biroz  egib  ta‘zim 
qiladi, ayol kishi esa boshini biroz egib qo‗yish bilan kifoyalanadi. 
Agar  ayol  kishi  uni  qiziqtirayotgan  kishi  bilan  tanishish  niyatida  bo‗lsa,  u 
ikkalasiga  tanish  bo‗lgan  kishini  tanishtirish  haqida  iltimos  qilishi  mumkin. 
Ikkalasiga  tanish  bo‗lgan  kishi,  ularning  qiziqish  doirasidan  kelib  chiqqan  holda, 
suhbat qurishga yordam beradi. 
O‗tirgan holda boshni egib ta‘zim qilish deyarli noqulay bo‗lgani uchun erkak 
kishi  tanishayotgan  paytda  o‗rnidan  turishi  lozim.  Ayol  kishi  esa  aksincha,  o‗z 
o‗rnidan  turmasligi  lozim.  Ayol  kishiga  yoshi  undan  katta  ayol  tanishtirilayotgan 
bo‗lsa yoki u tanishtirilayotgan kishi haqida o‗zining alohida fikrini izhor qilmoqchi 
bo‗lgan  hollar  istisnoni  tashkil  etadi.  Ushbu  hollarda  u  o‗rnidan  turib  salomlashish 
uchun qo‗l uzatishi mumkin. 
Erkak  kishi  bilan  tanishayotgan  hollarda  ayol  kishi  agar  o‗zi  uchun  bu  narsani 
o‗rinli  deb  topsa,  salomlashish  uchun  qo‗l  uzatadi,  aks  hollarda  boshini  biroz  egib 
salomlashish  bilan  kifoyalanadi.  Qolgan  hollarda  yoshi  kattaroq  bo‗lgan  kishi 
salomlashish uchun qo‗lini birinchi uzatadi. 
Xonaga  kirib  kelayotgan  kishi  birinchi  bo‗lib  yig‗ilganlar  bilan  salomlashadi. 
Birinchi bo‗lib ketayotgan kishi yig‗ilganlar bilan hayrlashadi. 
Biror-bir kishini  boshqalarga  tanishtirayotgan paytda nafaqat uning to‗liq  ismi-
sharifini  aytish  bilan  cheklanish  kerak,  balki  bu  shaxsga  xos  fazilatlar  haqida 
qisqacha gapirib o‗tilsa, suhbat davom  yetishi uchun zamin ham yaratiladi va yangi 
tanishganlarning fikr almashishi biroz osonlashadi. 
Agar diplomatik qabul marosimida yoshi va lavozimi teng bo‗lgan ikki kishini 
tanishtirish kerak bo‗lsa, yaqinroq turgan yoki nisbatan tanish bo‗lgan kishini birinchi 
tanishtirish  lozim.  Agar  tanishtirilayotganlar  ichida  biri  mashhur  kishi  bo‗lsa,  unga 
ikkinchisini tanishtirish bilan chegaralanib qolish mumkin. 
Amaliy  yoki  protokol  uchrashuvlari  (ehtirom  yuzasidan  tanishuv  yoki 
hayrlaShuv uchrashuvlari) davomida suhbat olib boriladi. Suhbat ko‗p vaziyatlardan 
kelib  chiqib,  reglamentga  buysunmaydi.  Ammo  uchrashuvga  tashrif  buyuruvchilar 
ham, ularni qabul qiluvchilar ham o‗zlari uchun taalluqli bo‗lgan ba‘zi bir qoidalarni 
e‘tiborga  olishlari  darkor.  Chunonchi,  ehtirom  yoki  protokol  tashrifi  uncha  uzoq 
emas, ya‘ni 20, ko‗pi bilan 30 daqiqadan oshmasligi zarur. 
Diplomatik  seremonial  (tantana  marosimlari)  xilma-xil,  murakkab,  nozik 
tomonlari mavjud bo‗lgan seremonial hisoblanadi. 


113 
 
Diplomatik  protokol  talablarining  rivojlanishi  urf-odatlar,  davlatchilik  va 
umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‗zida aks ettiradi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish