O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti


Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi



Download 3,3 Mb.
bet83/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:

1. Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti.


2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
3. Gigiyena qoidalariga ko’nikish.
4. Bo’lajak ishchi-mehnatchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.
5. O’quvchilarda iroda, chidamlilik, qat’iy intizom, do’stlik hissini kamol toptirish.
6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash.
Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o’quv yurtlari rejasi bo’yicha o’tiladigan jismoniy tarbiya darslarining roli, ahamiyati beqiyos kattadir.
«Bolaning qanday shaxs sifatida kamol topishida xalq pedagogikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi, hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda , yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalq pedagogikasining o’ziga xosligi shundaki, u bugun va ertani uylab ish tutadi, ya’ni utmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik, kelajakka umid asosida tarbiya olib boradi» (Mavlonova, 2002,320).
Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, inson va Vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra va serma’noligida bo’lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilganligi, uchinchidan, umuminsoniy yo’nalishga, umumbashariy g’oya-maqsadlarga qaratilgan bo’lganligidir.
Tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Yirik allomalarimizdan biri Ibn Sino birinchi bo’lib tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’lig’ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asoslab bergan edi.

Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalarigina emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko’plab axloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog’ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi ijobiy xulq me’yorlari tarkib topadi.
Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biridir. Shuning uchun mamlakatimizda va ta’lim-tarbiya tizimimizda tarbiyaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi- o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy yetuklik masalasi bizda azal-azaldan ota-bobolarimiz ma’naviyatida ulug’lanib kelingan. Xalq og’zaki ijodidagi «Alpomish», «Go’r-o’g’li»dostonlarini misol tariqasida ko’radigan bo’lsak, ulardagi qaxramonlar jismonan baquvvat, mard yigitlar bo’lishgan. Buyuk allomalarimiz ham, jadid ma’rifatparvarlari ham tarbiyani komil inson yetishtirishdagi o’rnini alohida ta’kidlashgan.
Tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi. Shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq tarbiyaga e’tibor qaratila boshlandi. 2001 yil esa alohida «Sog’lom avlod yili» deb e’lon qilindi.
Tarbiya mazmuni kamolot, tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi.
Kamolot yosh avlod ichki a’zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatda yurak va o’pka, shuningdek nerv va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada kamolot deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.
O’quvchilarning kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish tarbiyaning vazifasidir. Tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o’rin tutadi. Kamolot tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, tarbiya samaradorligi ko’rsatkichidir.
Maxsus usul va texnika asosida o’quvchilarning sog’liklarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish: belgilangan norma va undan uzoqlashish ko’rsatkichlarini oldindan belgilash negizida tarbiya uchun doimiy ko’rsatkich aniqlanadi. Yetuklik deganda badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya, go’zallik shakli, sifatlarning yukori darajadagi kamoloti tushuniladi.
Madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismi. Madaniyat - sport ishlari yoki oddiy sport sho’’balari, klublari, guruhlar yoki ommaviy musobaqalar va hokazolarda namoyon bo’ladi.
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: « Inson uchun birinchi baxt-uning sog’lig’i, ikkinchisi-go’zallikdir» degan ekan. Chindan ham sihat-salomatlik hamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog’lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog’lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog’lom-baquvvat, iymon-e’tiqodli va sadoqatli bo’ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zo’r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt-saodati uchun sog’lom avlod kerak.
Sog’lom avlod deganda biz ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yetuk, bardam, har ishga qodir, ilg’or madaniyatli kishilarni ko’zda tutamiz. Darhaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko’z, yorug’ yuz, katta ishonch bilan qaraydi.
Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchga bo’linadi: jismoniy, aqliy va axloqiy. Shunga binoan, insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi, yuksalishini ta’min etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.
Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to’g’ri -mutanosib shakllantirish, suyak-bo’g’inlarni va muskullarni uyg’unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-qon tomir hamda nafas olish a’zolarini, asab tolalari majmuasini mustahkamlash muhim.
Tana a’zolarining mo’tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: « Badantarbiya-sog’liqni saqlashda ulug’vor usuldir», -deydiki, bu fikr: « Kimki kilsa harakat- sog’ligida bo’lar barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimdan xalqimizda badantarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino « Tibbiy doston» (« Urjuza») asarida riyozat-badan tarbiyasi to’xtalib, uning bir necha xillari bo’lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o’rtacha shug’ullanish sog’liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi:
« Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo’lar esa u o’rtacha.
To’g’ri va mo’tadil bo’lib o’sgay badan,
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.»(Ibn Sino, 1999,45)
Olim yana mashqsiz yurish badanda yomon xiltlarning yig’ilishiga sabab bo’lishini alohida uqtirib, bunday deb yozadi:
« Riyozatsiz yotishdan ko’p topma rohat,
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
Jim yotsang iflos xilt-la to’lar badan,
G’izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday ta’riflaydi: « Mutolaa aql uchun qancha zarur bo’lsa, mashqlar ham badan uchun shuncha zarur».Suqrot bu borada quyidagi fikrni bildiradi:
«Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to’g’rilab olaman».
Xalq pedagogikasida badan tarbiyasi inson hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi tarannum etiladi. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog’ -salomatlikka, kuch-quvvatga ega bo’lish ehtiyoji bor. Ikkinchidan, tan sog’ligi fikr va axloqning ham sog’ligini ta’min etadi. Fikr va axloq bilan mizoj va sog’lomlik uzviy bog’liq.
Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama yetuk: chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.
O’quvchilarni tarbiyalash jarayonida qo’yidagi asosiy vazifalar hal etiladi. Birinchi vazifa-sog’liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jihatdan to’g’ri rivojlanish hamda uning ish qobiliyatining oshishiga ta’sir etishdir.
Shuni qayd etish lozimki, o’quvchilarning sog’lig’ini faqat tarbiya darslari hamda maktab sharoitida o’tkaziladigan maxsus tadbirlar hisobigagina mustahkamlash qiyin. Chunki bu jarayon ota-ona, tarbiyachi, butun pedagoglar jamoasining ishi bo’lib, sog’lomlashtirish bilan bolalarni muntazam ravishda olib borilishi shart.
Bolalarga tarbiya berishda bolalar o’yinlari badan tarbiyadagi xalq o’yinlari ( «Soqqa», «Kes-Kes»,» Qirq tosh», «Durra soldi», «Tepish»)ning aqliy, axloqiy va estetik kamolotning mezonlari bo’lsa, xalq an’anaviy sporti - farzandlar baquvvatligi va yetukligining garovidir. Xalq pedagogikasining badan tarbiya berishdagi imkoniyati kengdir. Atrof muhit va tabiatni e’zozlash bilan birga inson o’z sog’ligini mustahkamlovchi mavjudot sifatida qaralishi katta ahamiyatni kasb etadi. turli udumlar, rasm-rusm, marosimlar, tabiat bayramlari, «Navro’z», «Mehrjon», «Hayit bayrami», « Poyga», « Ko’pkari», bolani beshikka solish, sunnat qilinishi, uylanish, payg’ambar yoshi, oltin va kumush to’ylar, turli yubileylar, odatlar, udumlar va marosimlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ham juda kattadir.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish